October 25, 2023

Dunyoning top 10 talik universitetlariga kiruvchi ETH Zurich universitetida magistratura bosqichida o‘qish uchun to'liq moliyalashtiruvchi Excellence Scholarship & Opportunity Programme grant dasturi

Umumiy maʻlumotlar

Shveysariyadagi dunyoning top 10 talik universitetlariga kiruvchi ETH Zurich bakalavr bosqich baholari yuqori bo'lgan talabalarga magistratura bosqichida o‘qish uchun Excellence Scholarship & Opportunity Programme dasturini taqdim qiladi.

Ishtirokchilar magistratura bosqichida o‘zi tanlagan akademik dastur bo‘yicha chuqur bilimga va uning bir yoki bir nechta jihatlariga ega bo‘lishadi. Dastur davomida talabalar kontrakt to'lovidan ozod qilinadi hamda yashash va o‘qish xarajatlari qoplanadi.

Maqbullik shartlari

  • Bakalavr baholari a’lo darajada bo‘lishi (o'z bakalavr dasturida top 10% ichida);
  • ETH Zurich Universiteti magistratura talablariga javob berishi va unga qabul qilinishi (grant uchun alohida hujjat topshiriladi);
  • Agar nomzod allaqachon Shveysariya ETH magistrlik dasturiga qabul qilingan yoki magistr darajasiga ega bo‘lsa, ushbu dasturga hujjat topshira olmaydi.

Ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Foydali tomonlari

  • O‘quv to‘lovidan ozod qilinadi;
  • Yashash va o‘qish xarajatlari uchun har bir semestrda 12,000 CHF ($13,000) ajratiladi.

Hujjat topshirish

Arizalar onlayn topshiriladi

Hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar so‘raladi:

  • Magistraturaga kirish uchun kerak bo'lgan hujjatlar bilan bir qatorda, magistrlik dissertatsiyasi uchun oldindan ilmiy loyiha taklifini. Bu haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Rezyumeda nomzod bilan doimiy bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqam berilishi kerak, chunki tanlov jarayoni fevral oyida telefon / VC orqali intervyu o‘tkaziladi
  • Agar nomzod tanlagan o‘quv dasturi tavsiyanoma so‘ramasa, ESOP arizasida tavsiyanoma beruvchi ikkita shaxsning ismi keltirilishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Natijalar mart oyining oxirigacha e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tel: 41 (0) 44 632 2040/2088

E-mail: mailto:studienfinanzierung@sts.ethz.ch

https://t.me/grantgouz - Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.

https://t.me/Talabalar_uchun_ish - Ishchi va ish beruvchini uchrashtiruvchi platforma