OGOH BO'LING! OTM rektorlari nohaq baholanmoqda!
Bir necha kundan buyon Yoshlarni qo'llab-quvvatlash kanalida "Yilning eng yaxshi rektori 2020" so'rovnomasi o'tkazilinmoqda. Afsuski barcha talabalar, hattoki OTM mutasaddilari ham bu so'rovnomada ovoz to'plash bilan mashg'ul...
Shu so'rovnoma yuzasidan faktlar:
π Birinchidan, so'rovnomada Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi logotipi rasmlarda aks ettirilgan, ammo bu so'rovnoma vazirlik bilan hamkorlikda tashkil qilinmagan. Bu haqida surishtirib, aniqlik kiritdik.
OTM yoshlar bilan ishlash prorektorlari guruhidagi ma'lumot ham yuqoridagi faktni tasdiqlaydi.
π Ikkinchidan, so'rovnomada rektorlar ovozga qo'yilgan va ularga "like" va "dislike" bosish so'ralgan, aslidachi ilm-fan sohasida anchagina yutuqlarga erishgan, fan doktori, professor unvonini olgan insonlarga baho berish to'g'rimikin? Ayniqsa "dislike" bosish...
π Uchinchidan, so'rovnomaga qo'yilgan rektorlar ichida marhum rektor ham joylangan, bu qanchalik to'g'ri? Vafot etgan tibbiyot fanlari doktori, professor darajasigacha chiqqan insonga baho berish?
π To'rtinchidan, so'rovnoma davomida kanal a'zolari soni va ko'rishlar soni sun'iy tarzda (nakrutka qilish orqali) oshirib kelinmoqda, bu esa reklama beruvchilarni aldashdir. Ular ko'rishlar soniga (prasmotr) ishonib, reklama sotib olishadi. Ammo bu yerdagi raqam haqiqiy emas, sun'iy tarzda oshirilgan. Buni qanday qilinishini yaxshi bilaman, shuning uchun ham shu jihatlarga e'tibor berdim. Rasmiy https://uz.tgstat.com saytidan olingan ma'lumot ham bizga buni isbotlab beradi:
π Beshinchidan, amalda bu so'rovnoma hech narsani hal qilmaydi, shunchaki kanalda odamni ko'paytirish uchun qilingan foydasiz ish.
Bu ma'lumotlar bilan kanal qilgan ishini tanqid qilishdan yiroqman, shunchaki boshidan yolg'on bilan boshlangan kanalni obunachisi bo'lib, uni kuzatib borish qanchalik to'g'ri? Ertaga yana xuddi shunday yolg'on ma'lumot tarqatmasligiga kim kafolat beradi? Xulosa o'zingizdan...
Β©οΈ Izzatxo'ja Asomiddinov
π @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi