"Xatosiz yozamiz" tanlovi 3-bosqich (final) savollari
Final bosqichida jami 50 ta savol beriladi, umumiy vaqt 60 daqiqa! 22:00 dan kechikib yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi, javoblarni A4 list yoki daftar varag'iga 1 dan 50 gacha raqamni qo'ygan holda qo'lda yoziladi. Kompyuter yoki telegram orqali yozib yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi! Testlarni tugatib, javoblar listini rasmga olib @TilBilimdoni telegram profiliga yuborish kerak!
Vazifa sifatida quyidagi 3ta kitob berilgan va testlar ham shu asarlardan tuzilgan:
▪️ O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi";
▪️ Tohir Malik "Alvido bolalik";
▪️ Amina Shanliko'g'li "Imomning maneken qizi".
👉 Yakunda kim eng ko'p to'g'ri javob topgan bo'lsa, o'sha ishtirokchi g'olib deb topiladi (natijalar teng bo'lib qolgan taqdirda, kim oldinroq testni tugatib, rasmga olib yuborgan bo'lsa, yuqori o'rinda hisoblanadi)
1. "O'zingiz qilayotgan ishga to'g'ri baho bera olgan kuningizdan boshlab ,bolalik bilan xayrlashasiz...Ha, aynan xayrlashasiz..." ushbu so'zlar "Alvido bolalik" asarining qaysi qahramoni nutqidan olingan?
A) adabiyot o'qituvchisi Samad aka
B) muallif
C) geografiya o'qituvchisi
D) A'zamxonova
2. "Alvido bolalik" asaridagi qaysi pivoxonadan yuz metrcha narida 5-6 bezori bir odamni kaltaklab, keyin suvga tashlab yuborgan?
A) "Buloqboshi"
B) "Tongotar"
C) "Chehra"
D) "Sayozsoy"
3. Asrorning o'ttiz besh yoshlarga borib qolgan, serjahl ayol A'zamxonova haqidagi fikri qanday edi?
A) haddan tashqari laganbardor
B) bu xotinning sochidan to oyog'ining tirnog'igacha zahar
C) uning dars o'tishi "eskirib qolgan"
D) Direktorning malayi
4. " Bir dona qum zarrasining sirini topganimizda edi, butun yer yuzining sirini topgan bo'lar edik " asardan olingan ushbu fikr kim tomonidan aytilgan?
A) Yoqub imom
B) Fotima
C) Salim
D) Eynshteyn
5. "...koʻngli juda ogʻrigan, gaplarini ichiga yutardi. U koʻp oʻylab, kam gapiradiganlardan edi, lekin "manaman" degan oʻqiganlarni hayratda qoldirardi" ushbu taʼrif "Imomning maniken qizi" asaridagi qaysi obraz haqida?
A) Fotima xonim
B) Gul xonim
C) Laylo
D) Bonu
6. Manekenlarning qay biri bolalikdan qo'shnisining tazyiqlaridan qiynalib katta bo'lgan, onasiga yordam berish uchun va oson pul yopish ilinjida o'z jinsini o'zgartirgan edi?
A) Nejla
B) Figo
C) Laylo
D) Bonu
7. "Ikki eshik orasi" asarida rost bilan yolg‘onning orasi to‘rt enlik deganda muallif nimani nazarda tutadi?
A) Ikkala ko‘z orasi
B) quloq va ko‘z orasi
C) burun va og‘iz orasi
D) burun va quloqlar orasi
8. Kichkina Muzaffar "Qora amma"sining mushugini nima bilan olishishga majburlaydi?
A) qo‘shnisini iti bilan
B) Ilon bilan
C) boshqa mushuk bilan
D) kalamush bilan
9. Kimsan qaysi kasbni egallashni istardi va bu haqida kimga aytadi?
A) Uchuvchi bo‘lishni, Robiyaga
B) Quruvchi bo‘lishni, Oqsoqolga
C) Muallim bo‘lishni, Samadovga
D) Dehqon bo‘lishni, dadasiga
10. Olim bo'lib, oq "Volga"da kerilib yurgisi kelgan qahramon kim edi?
A) Asror
B) Zoir
C) Salim
D) Qamariddin
11. Shubha ostidagi Keldiyorovning uyidagi qaysi apparati yaponlarniki edi?
A) fotoapparat
B) videomagnitafon
C) qo'l soat
D) telefon
12. O'ldirib suvga tashlab ketilgan murda kimniki edi?
A) Nozim amakiniki
B) Keldiyorovniki
C) Mirqosim akaniki
D) Tal'at akaniki
13. Asror dadasining radioga yangi she'r yozdirmoqchi bo'lganini Zoirga aytganida, Zoir qaysi shoirning she'rini tavsiya qiladi?
A) Akmal Po'lat
B) Abdulla Oripov
C) Fozil Yo'ldosh
D) Erkin Vohidov
14. Asarda manekenlar musobaqasida qatnashish uchun Avstraliyadan Turkiyaga kelgan, keyinchalik Fotima sababli islom diniga o'tgan va musulmon kishiga turmushga chiqqan qahramon kim edi?
A) Laylo
B) Nejla
C) Narimon
D) O'zlem
15. Kim Fotima bilan din va falsafa haqida bahslashar, Fotimaga falsafaning dindan ustunligini uqtirishga harakat qilardi?
A) Nedem bey
B) Salim
C) Gungir bey
D) O'zlem
16. Samadov No‘g‘ayqo‘rg‘onga nima maqsad bilan keladi?
A) dalada mehnat qilish uchun
B) maktab qurish uchun
C) qizini No‘g‘ayqo‘rg‘onga tashlab ketish uchun
D) Ota-onasini ziyorat qilish maqsadida
17. “Ikki eshik orasi” asari qahramonlaridan kimlar «Medinsk» da bo‘lgan jangda halok bo‘ladilar?
A) Zokir va Shokir
B) Kimsan va Ochil
C) Odil va Olim
D) Samadov va Safar
18. Kimsan tomonidan urushga ta‘rif berilganda nimani orasini bir qadam deb ta‘riflaydi?
A) Hayot va o‘limni
B) Mehr bilan qahrni
C) Dard va davoni
D) to‘qlik va ochlikni
19. Urush paytidagi sahna tepasiga yozilgan "Hamma narsa front uchun!" shiori o‘rniga oldinlari qaysi shior osig‘liq turgan?
A) Mehnatning tagi rohat
B) Erta tursang rizqing oshar
C)Mehnat bilan yer ko‘karar, odam bilan el
D) Mehnatdan kelsa boylik-turmushing ham chiroylik
20. Yoqub imom nima sababdan onasini koʻrishga borolmayotgan edi?
A) Vaqti boʻlmaganligi sababli
B) Mablagʻi boʻlmaganligi sababli
C) Borishni xohlamayotganligi sababli
D) Betobligi sababli
21. Moda uyining xoʻjayini Gungoʻr beyga "Zamonaviy boʻlamiz deb, hamma yogʻimizni koʻrsatib yurishimiz kerakmi?" deb norozilik bildirgan kim edi?
A) Barno
B) Fotima
C) Rayhon
D) Salim
22. Ochil Komilov qaysi ishi sababli Oliy Bosh qo‘mondonning buyrug‘i bilan Jangovar Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlanadi?
A) o‘n bitta nemis tankisini yo‘q qilgani uchun
B) Yaradorlarga yordam bergani uchun
C) nemis jangovor samolyotlarini yo‘q qilgani uchun
D) Asir tushgan askarlarni qutqargani uchun
23. Rais Umar zakonchi tomonidan xalq nimaga qiyoslanadi?
A) katta kuchga
B) kuchsiz qatlamga
C) eshshaklardan iborat guruhga
D) podaga
24. Robiya: “…dan ajralsang tirik murdaga aylanasan” - deganda nimani nazarda tutadi?
A) umiddan
B) tinchlikdan
C) sevgidan
D) ota-onadan
25. "Alvido bolalik" asari xotimasida Asror qaysi yaqinini yo'qotishi haqida bayon etilgan?
A) Dilfuzaning dadasi
B) dadasi
C) buvisi
D) do'sti Salim
26. Soliyev va Dilfuzaning suhbatida o'ninchi kuni Dilfuza o'zining qayerda bo'lganligini ta'kidlaydi?
A) maktab kutubxonasida dars qilganligini
B) "Vatan"da kinoda bo'lganini
C) Dadasiga aravacha olish uchun bozorga tushganligini
D) Dadasi va singillari bilan uyda bo'lganligini
27. Qaldirgʻoch moʼylovini qoʻyib, sochni qiridrib, doʼppini qoʼndirib, yuradigan bu odamning mehnatga tobu toqati yoʻq. Shamollasa aksirishga ham erinadigan ota bolasi nechtaligini ham bilmasa kerak, Oʻn bir bola nima yeb nima ichyapti, ikkita qiz nega erga chiqmay turib tugʼib oldi, endi ularni turish-turmushi nima boʼladi ishi yoʼq. Gap kim haqida bormoqda?
A) Salim
B) Salimning otasi
C) Mirqosim Mirtillayev
D) Samad aka
28. Fotima qanday ism bilan Nedem beyning ishxonasiga ishga kiradi?
A) Damla
B) Deniz
C) Demet
D) o'z ismi bilan
29. "Imomning maniken qizi" asarida aytilishicha farzandi dinsiz boʻlgan paygʻambar?
A) Nuh alayhissalom
B) Iso alayhissalom
C) Muso alayhissalom
D) Dovud alayhissalom
30. Ikki eshik orasi romanida kim "O'zi yaxshi juvon-u, jahli chiqsa tezroq. Achchig'i chiqsa, eriniyam nari oborib, beri opkeladi", - deya tariflanadi?
A) Gulsin
B) Bashorat
C) Ra'no
D) Robiya
31. "O'g'ri qarisa so'fi bo'ladi" ushbu jumla kimning hikoyasida aytilgan?
A) Ra'no hikoyasi
B) Shomurod aka hikoyasi
C) Qora amma hikoyasi
D) Robiya hikoyasi
32. "Ikki eshik orasi" romanida qaysi obraz odamlarning ruhiy butunligi, jo'mardligini va odamiyligini sadoqat, va'daga vafo, ezgu amallar bilan o'lchaydi;bazan ayollarga ham shu o'lchov bilan yodashadi?
A) Husan duma
B) Komil tabib
C) Umar zakunchi
D) Orif oqsoqol
33. Qamariddin qamoqdan chiqqach qayerda ishlar edi?
A) Kafeda
B) Maktabda
C) Orom restoranida
D) Hech qayerda ishlamagan
34. Akasining jasadini Afgʻonistondan olib kelishdi, onasi bunga chidolmay jinni boʻlib qoldi. Hozir jinnixonada. Yetti bola otasining oʻziga qolgan men baxtliman deb boshlaydimi inshosini. Ushbu taʼrif kimning oilasiga tegishli?
A) Turob
B) Zoirali
C) Salim
D) Otaullo
34. Qamariddin uchun eng katta nohaqlik bu nima edi?
A) Koʻzi gʻilayligi
B) Yaxshi oʻqimasligi
C) Buvisi qoʻlida qolishi
D) Tirik yetimligi
35. Fotimaning goʻyo butun boshli dunyo boshiga qulab tushganday boʻlib, soatlab hushiga kelolmasligiga sabab boʻlgan voqea nima edi?
A) Otasining uni qidirib kelganligi haqidagi xabarni eshitgan vaqt
B) Otasining vafotini eshitgan vaqti
C) Otasi ishlashiga qarshilik qilgan vaqt
D) Toʻgʻri javob yoʻq
36. Imomning hamma dardini aytadigan, sirdosh, yaqin do'sti kim edi?
A) Ali
B) Ahmad
C) Usomo
D) Dovud
37. "Ikki eshik orasi" romanida qaysi obraz temir yo'lda katta o'g'irlik ochilishiga yordam berib, tergovchi ishni yopti-yopti qilib yubormoqchi bo'lganida, stansiyada ishlaydigan qo'shnisining iltimosi bilan avval gazetaga, keyin obkomga xat yozadi va tergovchining ishdan bo'shashiga sababchi bo'lib qoladi?
A) Olimxon
B) Orif oqsoqol
C) Husan Duma
D) Samadov
38. "Ikki eshik orasi"romanida qaysi obraz donishmand, tajribali, hayotning achchiq-chuchugini ta'tib ko'rgan o'zbek qariyalariga o'xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o'z qo'liga oladi?
A) Husan duma
B) Orif oqsoqol
C) Shomurod
D) Komil tabib
39. "Ikki eshik orasi" romanining ikkinchi bobida kimning hikoyasiga "Bechora chora istar" jumlasi ilova qilinadi?
A) Qora amma hikoyasi
B) Robiya hikoyasi
C) Kimsan hikoyasi
D) Orif oqsoqol hikoyasi
40. ......shu shaharlik boʼlishiga qaramay ukalari, uylanadigan boʻlib, uy torlik qilib qolgach, ijara joy topib chiqib ketgan 11 yil ijarama-ijara darbadar kezgan edi. Mana shu keng, moʻl uyni olishgach, qanchalar xursand boʼlishgan edi. Gap kimning taqdiri haqida bormoqda?
A) Zoirali
B) Samad aka
C) Maqsud Soliyev
D) Talʼat Shoumarov
41. Qamariddining eng katta yetisholmagan orzusi nima edi?
A) Ota-onasini koʻrish
B) Buvisi bilan yashash
C) Ilm olish
D) Asrorni ilmli qilish
42. "Ikki eshik orasi" romanida qaysi obraz orqali bu dunyoning kayf-u safosiga uchmasdan, har kim o'z qalbiga nazar solib, insof bilan yashamog'i kerak degan ta'lim-tarbiyani berayotgandek tuyuladi?
A) Shomurod
B) Ra'no
C) Bashorat
D) Komil
43. "Ikki eshik orasi romanida qaysi obrazning urushga ketgan sevgilisi qaytmaydu, biroq qiz uni yillar davomida kutadi, urush tugaganiga bir necha yil bo'lsa-da, uni sadoqat bilan kutishdan charchamaydi?
A) Robiya
B) Ra'no
C) Zuhra
D) Bashorat
44. Yoqub imom nima uchun o'z xotiniga gapirmay qo'yadi? "Gapirganimda ham, ko'nglim sendan qoldi" deb aytadi?
A) qiziga yaxshi tarbiya berolmagani uchun
B) Fotimani Betush xolasinikiga borishga ruxsat bergani uchun
C) Fotima qayerda ishlayotganini yashirganligi uchun
D) Fotimani ko'ngliga qaramagani uchun
45. Oʻzini begonalar tugul, oʻzi ham taniy olmayotgan qahramon obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) Imomning maniken qizi
B) Alvido bolalik
C) Ikki eshik orasi
D) Alvido qurol
46. "Men baxtliman, chunki otamning puli ko‘p". Aslida-ku, ular pulning ko‘pligini baxt deb bilishadi. Lekin ochiq ayta olishmaydi. Pul dengiz bo‘lib mavjlanadi ularning uyida. Ushbu taʼrif qaysi qahramon haqida?
A) Zoirali
B) Otaullo
C) Turob
D) Salim
47. "Bir umr azobga mahkum etilganlargina olim boʻlishadi. Olim dam olish nima, dabdabali hayot nima – bilmaydi. Bir umr ishlaydi, kecha-yu kunduz tinim bilmaydi". Ushbu fikrlar muallifi kim?
A) Samad aka
B) Aʼzamxonova
C) Mahmud aka
D) Asrorning onasi
48. Fotimaning nomus hissidan ancha yiroq boʻlgan, ayniqsa, axloqsizlikdan dars bergan dugonalari kimlar edi?
A) Jamila va Narimon
B) Laylo va Bonu
C) Demet va Laylo
D) Betush va Laylo
49. "Ikki eshik orasi"romanida Qora amma nechta farzandini yerga bergan edi?
A) sakkiz farzandi
B) olti farzandi
C) to'rt farzandi
D) besh farzandi
50. "Alvido bolalik" asarida Asrorning elikdan oshgan behad semiz ustoz kim edi?
A) aljabr ustozi
B) geografiya ustozi
C) adabiyot ustozi
D) tarix ustozi