August 6, 2020

Saudiya Arabistonida o'qiydigan do'stimiz o'z universitetiga taklif qilmoqda!

Men Saudiya Arabistonining Jidda shahri hududida joylashgan KAUST (King Abdullah University of Science and Technology) universitetida Computer Science yo'nalishida PhD da o'qiyman. Siz bilan bog'lanishimdan maqsad, sizni telegram kanallaringizga o'zim o'qiydigan Universitet haqida qisqa ma'lumot bermoqchiman.
Men bu Universitetdagi o'qishimni 2019-yili bahorgi boshlaganman. Bu Universitetda talabalar Magistraturadan boshlab o'qishga qabul qilinadi. Universitet QS reytingida Citation Per Faculty me'zoni bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Universitetdagi ko'pgina professorlar yetakchi g'arb Universitetlaridan jalb qilingan, o'qish sifati juda yaxshi. Moliyaviy tomonidan hech qanday qiyinchilik yo'q, masalan PhD talabalari uchun stipendiya 2500$ har oy shuningdek yotoqxona tekin, yiliga bir marta kelib-ketish Universitet tarafdan qoplanadi. O'qish ingliz tilida olib boriladi, minimal IELTS 6.0 talab qilinadi. Qabul jarayonida yo'nalish bo'yicha savol-javob o'tkaziladi, skype intervyu shaklida. O'qish sifati g'arb davlatlaridagi yetakchi Universitetlardan hech ham qolishmaydi. Odatda Saudiyani Universitetlariga bizni talabalar juda qiziqish bildirishmaydi, men o'zim ham hujjat topshirish jarayonida juda ikkilanganman. Lekin hozir mukammal ishonch bilan ayta olamanki bu to'g'ri tanlov bo'lgan. Bu davlat yuqori sifatli kadrlarga juda muhtoj, bu yerda to'lanadigan mablag' esa g'arbdan yuqori. Bu yerdagi Universitetlarni bitirib siz Saudiyada yoki BAA da bemalol qiyinchiliksiz ishlab ketishingiz mumkin. Shoshiling bu Universitetga tezroq hujjat topshiring.

Bu ro'yxatda Saudiyadagi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi top Universitetlarni saytlari addresslarini keltiraman:
πŸ‘‰ https://www.kaust.edu.sa/en/study/applying-to-kaust
πŸ‘‰ http://www.kfupm.edu.sa/default.aspx
πŸ‘‰ https://www.kau.edu.sa/home_english.aspx
πŸ‘‰
https://ksu.edu.sa/en/
πŸ‘‰ https://www.alfaisal.edu/en/
πŸ‘‰ https://www.uaeu.ac.ae/en/
πŸ‘‰
https://www.aus.edu/
πŸ‘‰ https://www.ku.ac.ae/

πŸŽ“ O'zbekiston talabalari sahifasiπŸ‘‡
https://t.me/joinchat/AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ