October 14, 2020

Biologiya yo'nalishida o'qiydigan talabalar uchun stipendiya tanlovi shartlari

Tanlov maqsadi
hujayra.uz sayti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlov biologiya yo'nalishi bakalavr bosqichida o'qiydigan iqtidorli, kelajakda biologiya fani uchun o'z hissasini qo'shuvchi, o'zbek biologiya fanining umidli istiqbollari bo'lgan talabalarni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Kimlar ishtirok eta oladi: O'zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy o'quv yurtlarining Biologiya yo'nalishi bakalavr bosqichining 2-, 3- va 4-kurslarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Kimlar ishtirok eta olmaydi:
- Joriy yilda o'qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari. - Sirtqi ta'limda tahsil oluvchi talabalar - magistrantlar - doktorantlar

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kerak bo'ladi: 1. Anketa (Tanlov anketasi, Fayl ichida barcha ko'rsatmalar batafsil yozilgan) 2. Passport nusxasi (rasm yoki PDF shaklida passportning rasmli qismi yuboriladi) 3. Reyting daftarchasi nusxasi (reyting daftarchasining barcha sahifalari skaner qilingan holatda PDF shaklida yuboriladi) 4. Esse

Esseda nimalarni yozish, qanday yozish batafsil tushuntirilgan rasm

Ushbu barcha hujjatlar birgalikda 👉 [email protected] 👈 elektron pochtasiga yuboriladi.
❗️ Hujjatlar boshqa joyda qabul qilinmaydi, boshqa joydan yuborilgan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.

❗️ Tanlovga hujjatlar 31.10.2020 sanagacha qabul qilinadi. Hujjatlar hakamlar hay'ati tomonidan saralanadi. Saralangan hujjatlar ichidan 10 ta nomzod ajratib olinadi. Ular bilan tanlovning ikkinchi turida suhbat o'tkaziladi. Suhbat qanday shaklda o'tkazilishi, suhbatda nimalar so'ralishi haqida ushbu tanlangan 10 ta nomzodning elektron pochtasiga 01.11.2020 yil kuni xat boradi. Saralashdan o'tmagan ishtirokchilarga xat yuborilmaydi. Saralashdan o'tgan 10 ta nomzodning ro'yxati ushbu kanalda 01.11.2020 yil kuni e'lon qilinadi.

Ikkinchi bosqich 02.11.2020 yildan to 15.11.2020 yilgacha o'tkaziladi. G'olib hakamlar hay'ati tomonidan kelishilgan holda tanlanadi va kanalda 16.11.2020 yil kuni e'lon qilinadi. G'olibga 2020 yilning dekabr oyidan boshlab olti oy davomida (2021 yilning may oyigacha) bakalavrlar uchun eng yuqori stipendiya miqdoridagi pul mukofoti to'lab beriladi.

Tanlovda ishtirok eting! O'z omadingizni sinab ko'ring! Tanlov yuzasidan savollaringizni @hujayrauz_bot orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Kichik eslatma! Tanlovga hujjat taqdim qilayotgan hurmatli talabalar! Tanlovga hujjatlarni elektron pochta orqali taqdim qilganingizdan so'ng 24 soat ichida sizga hujjatlaringiz qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani haqida xat yuboriladi.
Iltimos, hujjatlarni taqdim etgandan so'ng pochtangizni tekshirib turing. Agar 24 soat ichida xat bormasa demak hujjatlaringiz bizga yetib kelmagan bo'ladi. Shunday holatda vaziyatni aniqlashtirish uchun @hujayrauz_bot ga murojaat qiling.

🎓 @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi 👉O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanish👈