🌟YIL OLIYGOHI - 2020🌟 umumiy yakuniy turnir jadvali va jamoalar ishtiroki haqida fikrlar, loyiha tashkilotchilari
💠 Yakunda TDYU va SamDTI ballari teng bo'lib qolgan edi va ular qo'shimcha hal qiluvchi turda ishtirok etishdi. Unda SamDTI jamoasiga biroz omad yetishmadi va ular 2-o'rinni egallashdi.
✔️ Turnir davomida faqatgina 2ta OTM Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoalari barcha turlarda ball jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Shuni e'tirof etish kerakki, TDYU jamoasi turnir uchun jamoa shakllantirayotganda barcha turlar bo'yicha eng zo'rlarni tanlab olishgani turnir davomida ancha foyda berdi. Jamoada o'zaro munosabat juda yaxshi shakllangan.
⚜️ Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasi so'nggi tur oldidan 4-o'rinda borishayotgan edi, ammo 7-turda juda katta sakrash (futbol tili bilan aytganda "come back") amalga oshirdilar va yakunda munosib tarzda 2-o'rinni egallashdi. Jamoa a'zolarining do'stona munosati, har qanday holatda ham o'zaro hurmatni saqlab muomila qilishiga shunchaki gap yo'q, ular haqiqiy Samarqand yoshlari ekanliklari isbotlay olishdi!
🏆 Sport sohasida ko'plab chempionlar maktabi a'zolari bilim borasida ham bemalol bellasha olishlarini yana bir bor isbotlashdi, hattoki 6-tur Huquqiy savodxonlik bo'yicha tengsiz bo'lishdi va yakunda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari 3-o'rinni egallashdi. Musobaqalarda esa doimo birinchi bo'lishlarini tilab qolamiz!
☝️ Alohida ta'kidlash kerakki Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi ham g'oliblik uchun bor imkoniyatlari bilan kurashishdi, g'oliblikka bilim darajalari yetishini ham isbotlashdi, barcha turlarda ball jamg'arishni uddalashdi va yakunda ularga 4-o'rin nasib etdi. To'g'risi shu jamoani 0,2 ball farq bilan 4-o'rinni olishi mengayam alam qildi, ammo bu turnir va unda g'oliblar va omadsizlar bo'ladi. Keyingi turnirlarda va asosiysi hayotda doimo g'alaba qozonishlarini tilab qolamiz!
💪 Nafaqat universiteti balki Qoraqalpog'iston Respublikasi sharafini himoya qilgan Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi ham ajoyib ishtirok bilan turnirni 5-o'rinda yakunladi! Qoraqalpoq tilidagi muhokama jarayoni tashkilotchilarga biroz qiyinchilik tug'dirdi, ammo baxtimizga tashkilotchilar ichida qoraqalpoqchadan xabari borlar ham bor. Umuman qardosh xalq farzandlariga ajoyib ishtirok uchun minnatdorchilik izhor qilamiz, do'stligimiz abadiy bo'lsin.
💫 Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi turnirda ajoyib tarzda ishtirok etishdi, ammo birinchi va uchinchi turlardagi biroz omadsiz ishtirok yakunda yuqoqiroq o'rinni egallashlariga halaqit berdi, yakunda 6-o'rin. Shuncha OTMlar ichida bu yaxshi natija!
💠 Namangan muhandislik-qurilish instituti turnir davomida yaxshi o'rinlarni egallashga bor salohiyatlari bilan harakat qilishdi va yakunda ko'pchilikning sevimli raqami bo'lgan 7-o'rin bilan turnirni yakunlashdi! Vodiy yoshlari doimo olg'a intilishdan charchamang!
🩺 5-turdagi natijani ko'rib Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasini 8-o'rinda turgani ko'pchilik uchun biroz kutilmagan bo'lishi mumkin. Diniy savollar bo'yicha tengsiz deb topilgan jamoa 7-turni inobatga olmasak, boshqa barcha turlarda biroz omadsiz ishtirok etishdi, ammo biz jamoaning haqiqiy kuchini yaxshi bilamiz. Bo'lajak shifokorlarga hamisha omad tilab qolamiz!
⚡️ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi 4-tur, ya'ni Mashhur insonlarni topish bo'yicha 100%lik natija bilan tengsiz bo'lishdi, ammo bu jamoaga ham boshqa turlardagi omadsiz ishtirok yuqori o'rinlar uchun yo'l bermadi va yakunda ular 9-o'rinni egallashdi. Turnirda ishtirok uchun universitetda yig'ilish g'oyasi bizni quvontirdi. Qashqadaryo yoshlariga ajoyib ishtirok uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.
✍️ O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universiteti jamoasi, bo'lajak jurnalistlar turnirni kuchli 10talikda yakunlashdi. Turnirni ancha ko'tarinki kayfiyatda boshlagan jamoa natijalari turnir oxiriga kelib biroz pasayib ketdi, ammo bu jamoani kuchli 10talikdan mahrum qilmadi. Hurmatli 4-hokimiyatning bo'lajak vakillari, hamkasblar desam ham mubolag'a bo'lmaydi, sizlarga hayotingizda, ijodingizda muvaffaqqiyat tilab qolamiz!
📚 Termiz davlat universiteti jamoasi haqiqiy kitobxon jamoa, buni 3-turdagi g'oliblikdan ham bilsa bo'ladi! Ammo boshqa turlarda bu jamoa natijalari biroz pastroq bo'ldi va shu sababli yakunda jamoa 11-o'rinda qayd etildi. Bu jamoa kitobxonlik bo'yicha yaxshigina master-klass namoyish etishdi va kitob o'qish doimo foyda berishini ko'rsatib berishdi.
🔥 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali jamoasi, eng quvnoq jamoa. Bu filial tashkil etilganiga ko'p bo'lmadi, jamoa tarkibi ham juda yosh edi. Ammo shunga qaramay ular turnirda munosib ishtirok etishdi. Har bir turda nimadir o'rganishdi, doimo pozitiv kayfiyatda ishtirok etishdi, asosiysi g'alaba emas ishtirok, bilmaganni o'rganish ekanligini mana shu jamoa ko'rsatib berdi. Yakunda TerDU bilan teng ball jamg'arib, 11-o'rinni egallashdi. Universitet rahbariyati ham yosh jamoani munosib qo'llab-quvvatlab turdi. Ajoyib ishtirok uchun tashakkur. Doimo ilm o'rganishdan charchamang!
🔅 O'zbekiston Milliy universiteti jamoasi tunir davomida yaxshi ishtirok etdi, ammo balki yangi yosh tarkib sabablimi kutilmaganda kuchli 10talikka kira olmadi. Bu universitet zakovat borasida ancha kuchli ekanligini bilamiz, keyingi loyihalarimizda ular munosib ishtirok etishadi degan umiddaman, bu safar esa ularga mad yetishmadi xalos.
🌐 I.M.Gubkina nomli Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali jamoasi turnirda eng kreativ muhokama qilgan jamoalardan biri bo'ldi, barcha turlarda ajoyib ishtirok etishdi, faqat savollar o'zbek tilida berilgani ularga qiyinchilik tug'dirdi shekili natijalari biroz 10talikka kirishga yetmadi, ammo turnir davomidagi ishtirok uchun "respect".
Turnir davomida quyidagi jamoalar ham faol ishtirok etishdi, ammo natijalar borasida boshqa jamoalardan ortda qolishdi, asosiysi ishtirok! Turnir davomida bilim, fikrlash doiralari o'sib, vaqtlari mazmunli o'tgan bo'lsa biz bundan xursandmiz:
🔸 Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti;🔸 Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali;🔸 Federal davlat avtonom ta'lim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti" "MISiS"Ning Olmaliq shahri filiali;🔸 Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti;🔸 Toshkent davlat texnika universiteti
Barcha turnirda ishtirok etgan ishtirokchilarga oilaviy tinch-totuvlik, baxt, omad o'qish va ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz. Keyingi loyihalarimizda ham faol ishtirok etasiz degan umiddamiz, ko'rishguncha!!!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
SHU O'RINDA LOYIHANI TASHKILOTCHILARI BILAN HAM TANISHTIRIB O'TISHNI LOZIM DEB BILDIM:
O'lmasoy Tojiyeva Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi, 4-tur Kitobxonlik bo'yicha savollar muallifi, turnir tashkilotchisi, nazoratchi, Ona tili va adabiyot o'qituvchisi
Muhayyo Sulaymonova Andijon davlat universiteti talabasi, 5-tur Diniy savollar muallifi, turnir tashkilotchisi, nazoratchi, "Nigohlarda" telegram kanali muallifi
Islomjon Vohobjonov O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, 5-tur Diniy savollar muallifi, turnir tashkilotchisi, nazoratchi
Munira Mirboqiyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi, 1-tur Besh tashabbusning 1-yo'nalishi bo'yicha savollar muallifi, turnir tashkilotchisi, nazoratchi
Ozodov Mirafzal Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekpluatatsiyasi instituti (hozirgi Toshkent davlat transport universiteti) talabasi, video operator, montajchi, grafik dizayner, "Mir" studiyasi asoschisi
Instagram
Izzatxo'ja Asomiddinov Talaba Yoshlar kanali asoschisi, "Yil Oliygohi 2020" loyihasi muallifi va bosh tashkilotchisi
🎓 @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi
👉O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanish👈