πYIL OLIYGOHI - 2020π mega loyihasi o'z yakuniga yetdi!!!
2020-yilning 22-may kuni @TalabaYoshlar telegram kanalida πYIL OLIYGOHI - 2020π loyihasiga start berilgan edi.
Loyihaning 1-bosqichida respublikadagi barcha OTMlar ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi va har bir nominatsiya bo'yicha 1-2-3-o'rin sohiblari va 3ta eng ko'p ko'rilgan OTMlar 2-final bosqichiga yo'llanma olishdi!
π 2-final bosqichida ishtirok etadigan OTMlar ro'yhati
Ikkinchi final bosqichida ishtirok etish uchun jami finalga yo'llanma olgan 33 OTMdan 21tasi ariza topshirdi va amalda 19 jamoa ishtirok etdi. Qoidalarni chetlab o'tganligi uchun bir OTM final bosqichidan chetlatildi (OTM nomini sir saqlashni lozim deb bildik).
π 2-bosqich nizomi: https://teletype.in/@talabayoshlar/6WjyRTNLR
Final bosqichi 2020-yilning 1-7-iyul kunlari bo'lib o'tdi va unda OTM terma jamoalari 7ta shart bo'yicha o'zaro bilimlar bellashuvida ishtirok etdilar. Quyida har bir bosqich shartlari va OTM jamoalari erishgan natijalarini keltirib o'tamiz:
π 1-turda Prezidentimiz ilgari surgan "Besh tashabbus"ning 1-yo'nalishi (Musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'at) bo'yicha jami 20ta savol berildi.
1-tur bo'yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi terma jamoasi eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan holda g'olib bo'ldi.
π 2-turda Prezidentimiz ilgari surgan "Besh tashabbus"ning 2-yo'nalishi (Sport) bo'yicha jami 16ta (apelyatsiyadan so'ng qo'shimcha savol berildi) savol berildi. 2-tur bo'yicha Qoraqalpoq davlat universiteti terma jamoasi eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan holda g'olib bo'ldi.
π 3-turda Prezidentimiz ilgari surgan "Besh tashabbus"ning 4-yo'nalishi (Kitobxonlik) bo'yicha oldindan vazifa qilib berilgan 15ta badiiy asarlardan tuzilgan 24ta savollar berildi. 3-tur bo'yicha Termiz davlat universiteti terma jamoasi eng ko'p savollarga to'g'ri javob bergan holda g'olib bo'ldi.
π 4-tur "Mashhur insonni toping" deb nomlanib, bunda har bir jamoadan bittadan vakil ishtirok etdi va rasmlari berilgan dunyoga mashhur siyosatshunoslar, prezidentlar, sportchilar, milliarder, olim, kashfiyotchi, davlat arbobi, yozuvchi, shoir, sayohatchi va hokazolarning kimligini topish talab qilindi.
4-turda jami 20ta testdan barchasiga to'g'ri javob bergan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti g'olib bo'ldi.
Siz ham o'zingizni sinab ko'ring 4-tur testi: http://t.me/QuizBot?start=eJa09lSI
π 5-turda oldindan vazifa qilib berilgan 4ta diniy adabiyot asosida muqaddas dinimizga oid 24 ta savollar berildi. 5-turda diniy bilimlar borasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti g'olib bo'ldi.
π 6-turda har bir jamoadan bittadan vakil "Huquqiy savodxonlik" bo'yicha 30ta test sinovida ishtirok etdi. 6-turda huquqiy bilimlar borasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoa sardori tengsiz bo'ldi va g'oliblikni qo'lga kiritdi.
π 7-turda barcha jamoalar mantiqiy, o'ylantiradigan 24ta savollardan iborat Zakovat turnirida ishtirok etishdi. Juda ham qizg'in kechgan 7-turda birvarakayiga 3ta TTA, TPTI, SamDTI terma jamoalari eng ko'p savollarga javob berib g'olib bo'lishdi.
Baholash me'zoniga ko'ra har bir turda umumiy natijalarga ko'ra 55 ball kuchli 10talik jamoalarga taqsimlab berilishi belgilangan edi. Jamoalar natijalari teng kelib qolganda o'rinlarga mos holatda beriladigan ballar jamoalar soniga mos holda teng bo'lib berildi.
Baholash tartibi batafsil 2-bosqich nizomida ko'rsatilgan: https://teletype.in/@talabayoshlar/6WjyRTNLR
Yakuniy natijalar juda qiziqarli bo'ldi, buni turnirdagi intrigadan ham bilish qiyin emas, aslida turnirda to'liq ishtirok etgan barcha jamoalar g'olib bo'lish uchun arzir edi, ammo bu o'z nomi bilan turnir va unda g'oliblar va mag'lublar bo'ladi.
Umumiy natijalar keyingi postimizda e'lon qilinadi!
Β©οΈ Izzatxo'ja Asomiddinov
π @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi
πOβzbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanishπ