🌟YIL OLIYGOHI - 2020🌟 loyihasini tashkil qilish tartibi

🎓 TalabaYoshlar sahifasida tashkil qilingan "YIL OLIYGOHI - 2020" loyihasining 1-bosqichida OTMlar 10ta nominatsiyalar bo'yicha ovozga qo'yiladi. Ovoz berish 19-iyun kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

💠 Har bir nominatsiya bo'yicha eng ko'p ovoz yig'gan 1-2-3-o'rinlar va eng ko'p ko'rilgan (просмотр) 3ta OTM (jami 33ta OTM) 2-bosqichga yo'llanma oladi.
🔸
2-bosqichda har bir OTM o'z talabalaridan iborat 15 kishilik jamoa shakllantiradilar.
🔸 Jamoa a'zolari ro'yhati faqatgina OTM rahbariyat vakillari (prorektor, yoshlar yetakchisi, matbuot kotibi) tomonidan qabul qilinadi.

💠 OTM terma jamoalari 7ta tur bo'yicha, bir necha sohalarni qamrab olgan savol-javoblar orqali bellashadilar:

🌟 1-tur: Prezidentimiz ilgari surgan "Besh tashabbus"ning 1-yo'nalishi (Musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'at) bo'yicha:
▪️ Jami 20ta savol beriladi.
▪️ Har bir savolga o'ylash va jamoa sardori javob yo'llashi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
▪️ Har bir to'g'ri javobga 1balldan beriladi.

🌟 2-tur: Prezidentimiz ilgari surgan "Besh tashabbus"ning 2-yo'nalishi (Sport) bo'yicha:
▪️ Sportga oid yopiq va ochiq test shaklida savollar beriladi. ▪️ 4tadan rasm beriladi va shu rasmlarni umumlashtiruvchi so'zni topish talab qilinadi:
Masalan: Quyidagi rasmlarni birlashtiruvchi 7ta harfdan iborat so'zni toping

✔️ To'g'ri javob - "Ermatov" so'zi edi. Yuqoridagi barcha futbolchilar turli darajadagi musobaqalarda 🇺🇿 o'zbekistonlik referi Ravshan Ermatov tomonidan sariq kartochka bilan jazolangan.
Neymar (Konfederatsiyalar Kubogi-2013: 🆚 Italiya 🇮🇹)
Hakimi (JCH-2018: 🆚 Ispaniya 🇪🇸)
Pike (Klublar o'rtasidagi JCH-2011: 🆚 Santos 🇧🇷)
Otamendi (JCH-2018: 🆚 Xorvatiya 🇭🇷)

Savol manbasi
▪️ Jami 20ta rasmlar kolleksiyasi yoki savol taqdim etiladi.
▪️ Har bir savolga o'ylash va jamoa sardori javob yo'llashi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
▪️ Har bir to'g'ri javobga 1balldan beriladi.

🌟 3-tur: Prezidentimiz ilgari surgan "Besh tashabbus"ning 4-yo'nalishi (Kitobxonlik) bo'yicha:
▪️ Bunda 5ta jahon adabiyoti va 10ta o'zbek adabiyotidan (jami 15ta asar) asarlar oldindan beriladi va o'sha asarlar bo'yicha jami 24 ta savol tuziladi.
▪️ Har bir savolga o'ylash va jamoa sardori javob yo'llashi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
▪️ Har bir to'g'ri javobga 1balldan beriladi.

👉 Savol tuziladigan adabiyotlar ro'yhatiJahon adabiyotidan:
▪️ Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi"
▪️ Jorj Oruell "1984"
▪️ Nodar Dumbadze "Abadiyat qonuni"
▪️ Alber Kamyu "Begona"
▪️ Paulo Koelo "Alkimyogar"
O'zbek adabiyotidan
▪️ O'. Hoshimov "Tushda kechgan umrlar"
▪️ Asqad Muxtor "Chinor"
▪️ Iqbol Mirzo "Bonu"
▪️ Shukrullo "Kafansiz ko'milganlar"
▪️ O'lmas Umarbekov "Odam bo'lish qiyin"
▪️ Said Ahmad "Ufq"
▪️ O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
▪️ Tohir Malik "Alvido Bolalik"
▪️ Odil Yoqubov "Billur qandillar"
▪️ O'. Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

🌟 4-tur: "Mashhur insonni toping" deb nomlanadi.
▪️ Bunda dunyoga mashhur siyosatshunoslar, prezidentlar, sportchilar, milliarder, olim, kashfiyotchi, davlat arbobi, yozuvchi, shoir, sayohatchi ... kabilarning su'ratlari beriladi va su'ratdagi shaxsning ism-familiyasini yozib berish talab qilinadi.
Masalan:

Rasmdagi insonning ism-familiyasini 1 daqiqa ichida yozib bering.

To'g'ri javob: Hamid Olimjon

▪️ Jami 30ta rasm beriladi.
▪️ Har bir rasmga o'ylash va jamoa sardori javob yo'llashi uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
▪️ Har bir to'g'ri javobga 1balldan beriladi.

🌟 5-tur: Muqaddas dinimizga oid savollar.
▪️ Bunda oldindan 4ta adabiyot taqdim qilinadi va shu manbalar asosida Islom diniga oid savollar tuziladi.
▪️ Har bir savolga o'ylash va jamoa sardori javob yo'llashi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
▪️ Har bir to'g'ri javobga 1balldan beriladi.

👉 Savollar tuziladigan manbalar ro'yhati:▪️ "Tarixi Muhammadiy" Alixonto'ra Sog'uniy
▪️ "Payg'ambarlar tarixi" Muhammad Sayyid Tantoviy
▪️ "Ijtimoiy odoblar" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
▪️ "Islom va aqidaparast oqimlar" Aydarbek Tulepov

🌟 6-tur: "Huquqiy savodxonlik"▪️ Bu turda har bir jamoadan bir kishi, yakka tartibda ishtirok etadi.
▪️ Huquq, siyosat, konstitutsiyaga oid 30ta test beriladi.
▪️ Har bir testga 30 sekundda javob belgilash talab etiladi.

🌟 7-tur: Zakovat▪️ Bu turda jami 24ta savol beriladi.
▪️ Har bir savolga o'ylash va jamoa sardori javob yo'llashi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
▪️ Har bir to'g'ri javobga 1balldan beriladi.

💠 Har bir tur yakunida umumiy natijalar e'lon qilinadi va jamoalarga quyidagicha ballar taqsimlanadi:
1-o'ringa 10 ochko; 2-o'ringa 9 ochko;
3-o'ringa 8 ochko; 4-o'ringa 7 ochko;
5-o'ringa 6 ochko; 6-o'ringa 5 ochko;
7-o'ringa 4 ochko; 8-o'ringa 3 ochko;
9-o'ringa 2 ochko; 10-o'ringa 1 ochko;

▪️ Tur oxirida natijalar teng bo'lib qolsa, barcha jamoalarga ballar teng taqsimlab beriladi:
Masalan: 1-o'rin 15 ball, 2-o'rin 15 ball 3-o'rin 14 ball, 4-o'rin 13 ball .....
Bunda 1-2-o'rinlar uchun beriladigan umumiy ochkolar qo'shiladi va ballari teng bo'lib qolgan jamoalar soniga bo'linadi. Yuqoridagi holatda 1-2-o'rinlarga mos ravishda (10+9)/2=9,5 ochkodan beriladi, 3-o'rindagi jamoaga 9 ochko beriladi.

▪️ Yakunda barcha turlarda jamg'arilgan ochkolar yig'indisi hisoblanadi va eng ko'p ochko to'plagan OTM terma jamoasi g'olib deb topiladi.
▪️ Umumiy ochkolar teng bo'lib qolgan taqdirda qo'shimcha 8-tur tashkil qilinadi.
▪️ Qo'shimcha turda faqatgina ochkolari teng bo'lib qolgan jamoalar ishtirok etadi.
▪️ Qo'shimcha turda ham tenglik davom etsa, bitta savol beriladi va qaysi jamoa sardori birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'llasa o'sha jamoa g'olib deb e'lon qilinadi!

👉 Javoblarni faqatgina jamoa sardorlari oldindan belgilangan telegram profiliga yuboradilar.
👉 Belgilangan vaqtdan keyin yuborilgan va o'zgartirilgan (edited) javoblar qabul qilinmaydi.
👉 Savollarga e'tirozlar bo'lsa, har bir tur oxirida faqatgina jamoa sardori tomonidan bildirilishi mumkin.

💠 G'oliblar OTMlar 1-2-3-o'rin ko'rinishida aniqlanadi va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining Axborot texnologiyalari va yoshlar bo'yicha o'rinbosari Yusuf Absoatov va TalabaYoshlar jamoasi nomidan QR kodli 1-2-3-darajali diplom hamda statuetkalar bilan taqdirlanadi.

Haqiqiy statuetka rasmdagidan farq qiladi

👉 Har bir sovrindor jamoa a'zosiga sertifikat taqdim etiladi.👉 "YIL OLIYGOHI - 2020" tanlovining mutloq g'olibi bo'lgan OTMga tashkiliy guruh a'zolari karantin yakunlangandan so'ng tashrif buyurib taqdirlashni amalga oshiradilar va internet OAVlarida yoritadilar.
👉 2-bosqichda faol qatnashib kuchli 10talikka kirgan OTMlar ham Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining Axborot texnologiyalari va yoshlar bo'yicha o'rinbosari Yusuf Absoatov va TalabaYoshlar jamoasi nomidan tashakkurnomalar bilan taqdirlanadilar.

🎓 @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi
👉O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanish👈