๐ "Birga kitob o'qiymiz" ๐ TalabaYoshlar jamoasidan yangi loyiha
Karantin vaqtida yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, yoshlar orasida kitob mutolaasiga mehr uyg'otish maqsadida TalabaYoshlar jamoasi yangi loyihaga start beradi!
๐ Tanlovda ishtirok etish uchun Malkolm Gladuellning "Zukkolar va landovurlar" jahon miqyosidagi bestseller asarini o'qish talab etiladi.
๐ Bu asarni asaxiy.uz internet-do'konidan sotib olishingiz mumkin.
๐ธ Elektron kitobni o'qish uchun quyidagi sahifaga kirib "Asaxiy-Books" ilovasini yuklab olasiz;
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.asaxiy.asaxiybooks
๐ธKitobni elektron varianti 9990 so'm.
๐บ Kitobga quyidagi sahifa orqali buyurtma berishingiz mumkin:
https://asaxiy.uz/product/knigi/biznes-va-psihologiya/dfamalkolm-gladuell-zukkolar-va-landovurlar
๐บ Kitob narxi 24000 so'm;
O'zbekiston bo'ylab istalgan manzilga yetkazib beriladi, yetkazib berish xizmati 7000 so'm.
๐ Tanlov shartlari quyidagicha:
๐ "Zukkolar va landovurlar" asarini o'qib, asardan olingan taassurotlarni taqriz ko'rinishda 2020-yilning 10-avgustiga qadar @TanlovAdminBot telegram manziliga yuboriladi.
๐ Yuborilgan taqrizlardagi so'zlar miqdori 300-500 so'z oralig'ida bo'lishi kerak.
๐ Taqrizlar 2020-yilning 10-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.
๐ Taqrizlarni yuborayotganda quyidagi ma'lumotlar yozilishi shart:
1) Muallif familiya, ism-sharifi;
2) O'qish yoki ish joyi;
3) Telefon raqami;
4) Telegram username;
5) 300-500 so'z oralig'ida taqriz;
6) Nechta so'zdan iboratligi.
๐ 2-bosqichda taqriz yuborgan ishtirokchilar maxsus guruhga qo'shilgan holda mazkur asar bo'yicha tuzilgan 50ta test yechadilar. Har bir test savoli uchun ajratilgan vaqt va test bo'lib o'tish vaqti oldindan e'lon qilinadi.
๐ 3-bosqichda avvalgi bosqichlarda yaxshi natijaga erishgan 100 nafar ishtirokchi qatnashadi va Malkolm Gladuellning "Zukkolar va landovurlar" jahon miqyosidagi bestseller asari bo'yicha savollarga belgilangan vaqt ichida javob berishlari kerak bo'ladi.
๐ G'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o'rin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan I darajali diplom va masofaviy ta'limda aynan kerakli bo'lgan, internet kabelsiz sim karta yordamida ishlaydigan 4G WiFi Router bilan taqdirlanadi.
2-o'rin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan II darajali diplom va Mi Band 4 Smartwatch bilan taqdirlanadi.
3-o'rin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan III darajali diplom va Mi Band 3 Smartwatch bilan taqdirlanadi.
4-5-o'rinlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan sertifikat va 10 tadan kitob to'plami bilan taqdirlanadi.
6-10-o'rinlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan sertifikat va 5 tadan kitob to'plami bilan taqdirlanadi.
๐ค Loyiha tashkilotchilari:
๐น Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi;
๐น asaxiy.uz onlayn internet do'koni;
๐น TalabaYoshlar sahifasi
๐ Tanlovda qatnashish uchun quyidagi telegram sahifaga a'zo bo'ling:๐
https://t.me/joinchat/AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ
Tanlov bo'yicha savollar tug'ilsa, @TalabaAdminBot telegram manziliga yo'llashingiz mumkin.
๐ @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi
๐Oโzbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanish๐