Xalqaro press-klub: “Qabul-2020: shaffof, adolatli va xavfsiz”; AOKA shtabidagi brifing
Ishtirokchi ekspertlar:
🔹 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov
🔹 Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov
🔹 Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov
🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Raxim Xakimov
🔹 Davlat test markazi direktori Majid Karimov
🔹 Test sinovlarini tashkil etishda ishtirok etuvchi bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda abituriyentlar;
Sessiya davomida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini tashkil etish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi:
▪️Test sinovlari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etiladi.
▪️Pandemiya sharoitida ochiq maydonlarda test topshirish epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.
▪️Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan yurtimizda mavjud 150 dan ortiq stadionlar o‘rganib chiqilmoqda va test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Masalan, Toshkent shahrida bir kunda, ikki smenada 20 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazish uchun 6 ta maydon o‘rganildi.
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta stadionda bir smenada 3000 (bir kunda 6000) abituriyentni test sinovida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
▪️Respublika bo‘yicha esa bir kunda 100 mingdan ortiq abituriyentni test sinovida ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
▪️Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazilib, 14 kunda yakunlanadi.
▪️ Test sinovlari birinchi smena 08:00 da boshlansa, 10:00 gacha davom etadi, ikkinchi smena esa 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi. Kunning bu paytida havo salqin bo‘ladi.
▪️Test sinovlari oldingi yillardagi kabi shaffoflik va xolislik ta’minlangan holda tashkil qilinadi. Abituriyentlarni kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri)dan foydalaniladi.
▪️Jarayonlar videokuzatuv ostida onlayn translatsiya qilingan holda o‘tkaziladi.
▪️Abituriyentlar va ularning ota-onalari test sinovlarini televideniya va test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.
▪️Har bir hudud navbatchi tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlanadi. Binoga kirishdan oldin abituriyentlar dezinfeksiya yo‘lagidan o‘tkaziladi. Ularning tana harorati o‘lchanib, har bir abituriyent alohida yangi tibbiy qo‘lqop va niqob bilan ta’minlanadi.
▪️Har bir abituriyentga alohida suv va ruchka beriladi. Bundan tashqari abituriyentlarga bosh kiyim (kepka) ham tarqatish rejalashtirilgan.
▪️Test sinovlari boshlanishidan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.
▪️Abiturientning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
❗️2020/2021-oʼquv yili qabuli boʼyicha test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʼtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga oʼqishga kirish uchun roʼyxatdan oʼtgan abiturientlar diqqatiga: ✔️Pandemiya sharoitini inobatga olib, Respublika Taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʼtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan boʼyicha TEST SINOVLАRI BILАN АLMАSHTIRILDI. ✔️Mazkur munosabat bilan “Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari”ga tegishli qoʼshimchalar kiritildi ⬆️
⚡️Uzoqda yashaydigan abiturientlarni stadionlarga eltib qoʼyish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin.
Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboev:
〰️〰️〰️〰️
❓Kirish imtihonlari barvaqt boʼlsa, kamiga biz viloyat markaziga uzoqdan boramiz. Аbiturientlarni olib borib-olib kelish uchun avtobuslar yoʼlga qoʼyilsa boʼlmaydimi? Taksilar ham qimmatlaydi oʼsha kuni...
🚌 Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi oʼtkaziladigan obʼektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abiturientlarni olib kelish va joyiga yetkazish boʼyicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yoʼlga qoʼyish ustida ish olib borilmoqda.
〰️〰️〰️〰️
❓Karantin hududida saqlanayotgan abiturientalar qanday imtihon topshiradi?
🚫 Test sinovlari faqat belgilangan ochiq maydonlarda oʼtkaziladi. Аgar abiturient karantinda boʼlsa, test sinovlarida ishitirok eta olmaydi.
〰️〰️〰️〰️
❓Bu yil 2020/2021 oliy oʼquv yurtiga kirishda kasb-hunar kollej va litsey kitoblaridan testlar boʼladimi? Bu yil kollej darsliklaridan savol tushmaydi degan gaplar yuribdi?
📖 Test topshiriqlari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tavsiya etilgan darsliklar roʼyxatida mavjud kitoblardan tuziladi. Bunda har bir fan boʼyicha darsliklar turlicha. Test topshiriqlari qaysi darsliklardan tuzilishini rasmiy saytimizdan koʼrishingiz mumkin.
🔰 Qayd etish kerakki, hukumat koʼrsatmasiga muvofiq 2017 yildan oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va 11 sinf darsliklari negizida umumiy oʼquv dasturi shakllantirilgan. Hozir unda boshqa kitob, unisida boshqa darslik, deb boʼlmaydi. Soddalashtirish maqsadida ularning barchasi umumiy dastur asosida tuzilgan.
〰️〰️〰️〰️
❓Imtihonlar 2 sentyabrdan boshlanishi va 14 kun davom etishi aytildi. Kasbim hamshira va men 1 sentyabr kuni karantinda ishlash uchun shifoxonaga kiraman, 14 kun oʼsha joyda boʼlaman. Imtihonda qatnasha olmaymanku, bunda qanaqa chora koʼrish mumkin?
✅ Аgar abiturient karantin zonada ishlayotgan boʼlsa, test sinovlarida ishitirok eta olmaydi. U agar kasallanmagan boʼlsa, yo ishni, yo test topshirishni tanlashi kerak boʼladi.
🎓 @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi
👉O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanish👈