October 29, 2020

Kelgusi yilgi kirish imtihonlari qanday boʼlishi to’g’risida

❗️ Barcha abituriyentlarga yetkazilsin!
Kelgusi yilda 5 ta fandan test boʼlishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. (Bu yilgi pandemiya istisnosi sabab bekor qilindi degani, har yili shunday boʼladi degani emas.)

Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi): 👉 Ona tili (oʼzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan; 👉 Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan; 👉 Oʼzbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan. 💠 Jami toʼplash mumkin boʼlgan ball – 94.5 ball. Ona tili va Oʼzbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Taʼlim yoʼnalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yoʼnalishiga qarab oʼzgaradi): ➡️1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
➡️2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.
💠 Jami toʼplash mumkin boʼlgan ball – 186 ball. Аsosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Ballarni hisoblash tizimida oʼzgarish boʼlmaydi, avval qanday boʼlsa, shundayligicha qoladi. Yaʼni har bir blokdan toʼplangan ballar qoʼshilib, umumiy ballni tashkil etadi va abituriyentlar mana shu 5 ta blokdan toʼplagan bali boʼyicha oʼzaro kurashadi.
Eng maksimal ball 280,5 ball boʼladi;

❗️ Diqqat qiling!
Ayrim yoʼnalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil boʼlib qolishi mumkin. Masalan, matematika yoʼnalishiga hujjat topshirgan abiturient majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada boʼladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, oʼrtacha, qiyin) boʼladi;

⚜️ 5 ta fandan test boʼlishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha boʼlgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;
⚜️ 3 ta majburiy fan magistratura uchun taalluqli emas;
⚜️ 3+2 koʼrinishdagi ushbu tartib bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qoʼllanadi;
⚜️ Majburiy blokda ona tili (oʼzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Аdabiyot fanidan test savollari boʼlmaydi;
⚜️ Majburiy blokda Oʼzbekiston tarixi fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari boʼlmaydi;
⚜️ Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun joriy yilgi test sinovlarida qoʼllangan fanlar dastlabki 2 ta fan olinmoqda. Masalan, tibbiyot yoʼnalishlari uchun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yoʼnalishlari uchun matematika va chet tili. Va h.k;
⚜️ Hozircha test savollari tuziladigan darsliklar roʼyxati ham rasman eʼlon qilinmadi.

🎓 @TalabaYoshlar -O'zbekiston talabalari sahifasi 👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEeANMrRw1QyxjCUCQ