🌟YIL OLIYGOHI - 2020🌟 mega loyihasi haqida ishtirokchilarning fikrlari
🌟 Toshkent davlat yuridik universiteti sardori Nodirbek Inoyatov Turnir juda ajoyib o'tdi, o'zim yetakchi bo'lganim uchun bitta loyiha tashkil qilish qanchalik qiyinligi ancha yaxshi bilaman. Loyiha o'tkazib ketgan vaqtingizga rozi bo'lasiz. Biz jamoa bilan mazza qilib birgalikga ishladik. Hamma o'zi uchun kerakli bilimlarni olishga muvaffaq bo'lishdi. Sizga rahmat. Hamma tur ajoyib bo'ldi. Birinchi turda uncha yaxshi nima bo'lganini tushunmadik lekin keyinchalik jamoviy ishlashda ancha yaxshi yutuqlarga erishdik. Faqat bir maslaxat keyingi safar hamma ma'suliyatni bir o'zingizga emas, jamoa tuzib jamaoga bo'lib yuborsangiz, oson o'tadi va turnir o'tqazish bo'yicha ham ancha tajribangiz oshadi. Sizga va jamoaningga turnir uchun rahmat
🌟 Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoa sardori Umid Qobilov
Ассалому алейкум. СамДТИ сардориман. Мусобақа хақида фикрларим жуда илиқ. Талкилотчилардан жуда миннитдорман. Ўзлари айтганларидек мақсадлари бизнинг билмаганларимизни ўргатиш, эсдан чиқарганларимизни такрорлаш га эришишди деб ўйлайман. Яна хақиқий ташкилотчилик қобилиятларини хам тан олишдан бошқа илож йўқ. Апелляция жараёнларида бу нарса яна хам ойдинлашди. Келажакдаги ишларига омад тилайман.
Шу мусобақа натижасида бошқа ОТМ лар талабалари билан танишдик, фикр алмашдик. Хаттоки ўз институтимдан янги истедод сохибларини топдик. Бу жуда ажойиб натижа. Бу нарса учун хам рахмат.
Барча қатнашувчиларнинг ўқиш ва хаёт йўлларида омад тилаб қоламан. Вақти келса офлайн кўринишда хам бу турнир ташкиллаштирилади деган умиддаман. Хаммага Рахмат!
🌟 O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoa sardori Anvar Jumaniyazov Avvalambor barcha tashkilotchilarga O‘zDJTSU jamoasi nomidan tashakkurlarimni bildirib qolaman. “YIL OLIYGOHI-2020” tanlovi yaxshi tashkil etilgan. Tanlov ishtirokchilar uchun xaqiqiy intellektual ring desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa savollarning murakkabligi talaba yoshlarni yana-da ko‘proq izlanishi uchun xizmat qiladi. O‘ylaymanki, bunday tanlovlar davomli bo‘ladi. Tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Barcha jamoalarga omad yor bo‘lsin!
🌟 Наманган мухандислик курилиш институти сардори Рахмонов Умиджон "Йил олийгохи" танловида биз институтимиз шаънини химоя килишдек маъсулиятни хис килган холда, билим ва тафаккуримизни янада мустахкамлаб олябмиз. Узимиз учун янги китобларни кашф килиш баробарида олдин укиган китобларимизни кайтадан укишга ундади. Танлов давомида камчиликлар булди келгусида бундай камчилик ва хатоларга йул куймасликни ургандик. Барча ташкилотчиларга рахмат.
🌟 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali sardori Umid Eshmatov
'Yil oliygohi' tanlovi O'zMu Jizzax filiali talabalari uchun juda ham ma'qul bo‘ldi. Ayniqsa, kitobxonlikka bag‘ishlangan turlar jamoa bo‘lib ishlashni talab etishi o‘zgacha zavq bermoqda. Tunlari bilan guruhdoshlarimiz bilan bellashuvlar pandemiya sharoitida g‘amlarni unutishga juda katta yordam bermoqda. Turlar davomida biz yoshlar harakat qilsak katta-katta marralarni egallashimizni anglab yetmoqdamiz. Sababi bor kuchimizni sarflasak yaxshi natijalar bo‘lishini ko‘rib turibmiz. Shu o‘rinda tanlov tashkilotchilariga alohida rahmat aytmoqchiman. Sababi biz tushunmay qolgan jihatlarni erinmasdan tushuntirib berishmoqda. Vaholanki, ko‘plab tanlovlarda biz bu holatni ko‘rmagan edik. Filialimiz direktori Olimjon To‘raqulovga bizni qo‘llab turayotgani uchun rahmatlar aytamiz. Biz haqiqiy rahbar qo‘lida kamol topayotganimizdan faxrlanamiz. Filialimiz ustozlar jamoasi bizga har kuni aytadigan gaplari bilan olg‘a qadam tashlashda davom etamiz:
'Siz hali bir yoshga ham kirmagan filial talabalari eng nufuzli dargohlar bilan bellashmoqdasiz. Sizlardan filialimizning bir yillik qutlug‘ yoshi kuniga ajoyib natija kutamiz.'
🌟 Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti sardori Charos Avazova
@TalabaYoshlar kanali uchun ''Yil oliygohi-2020'' zakovat intellektual o‘yini talaba yoshlar uchun haqiqiy bilimlar bellashuvi bo‘ldi. Prezidentimizning ''Besh tashabbus'' asosida o‘tkazilayotgan har bir turi orqali bilimlarimizni mustahkamlab, izlanyapmiz. Bu loyiha tom ma'noda yoshlarning oltinga teng vaqtlarini unumli o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Biroq o‘yin ayrim kamchiliklardan mustasno emas:
1. texnik nosozliklarning uchrab qolishi;
2. ba'zi turlarda vaqt reglamentining juda qisqa qilib belgilanganligi;
Umuman olganda, bu loyiha ilmga chanqoq talabalar uchun haqiqiy bellashuv o‘yini bo‘lyapti. Buning uchun loyiha tashkilotchilariga alohida minnatdorlik bildiramiz!
🌟 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoa sardori Qosim Ne'matov
"Talabalikni qaytargan tanlov.......💡"
Uyda o'tirib, talabalik ham yoddan chiqay debdi.......To'g'ri, uyda bo'lsakda o'qishni davom ettirmoqdamiz. Bilim olish va izlanishdan to'xtamaslikga harakat qilyapmiz, lekin nimadir kamdek?! Sababi, biz kursdoshlarimiz, ustozlarimiz va ular bilan fikr almashishni, ayniqsa o'z oliygohimizni va undagi muhitni juda sog'ingan edik!
"Yil oliygohi 2020" tanlovi esa bizga ushbu hissiyotlarni oz bo'lsada qaytargandek bo'ldi. Birgalikda ishlash, bir-biringni to'ldirish, yangi bilimlar, yangi do'stlar, mag'lubiyat va g'alabani birga baham ko'rish hamda eng zo'r tomoni ortingda o'z oliygohing sha'ni turishi, barchasi ajoyib to'g'ri emasmi ?! Buni barchasi bizni talabalikga qaytardi. Buning uchun "Yil oliygohi 2020" tanlovi tashkilotchilariga talabalar jamoasi va institutimiz nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.😊
🌟 O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi ishtirokchisi, Zulfiya mukofoti sohibasi Kamola Rahmonova
Assalomu alaykum tashkilotchilar alohida rahmat aytmoqchiman. Boshlagan va yakunlagan ishlaringiz xayrli bo'lsin. "Yil Oliygohi 2020" ko'rik tanlovini ko'rganimda va universitetim tanlovda ishtirok etishini eshitib juda ham xursand bo'ldim. Jamoa a'zolarim bilan universitet nomini bilimimiz va imkoniyatimiz doirasida ximoya qildik.
"Yil Oliygohi 2020" barcha talabalarni birlashtira oldi. Bu doimiy bo'lishini xohlayman.
💠 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi Marjona Davurova Assalomu alaykum, hurmatli tanlovni tashkillashtirgan mas'ul shaxslar. Avvalo shuni aytmoqchimanki, "Yil Oliygohi 2020" tanlovi ajoyib loyiha bo‘libdi, ayni sessiya, o‘qish tugagan paytda bo‘ldi va 1 hafta vaqtimiz judayam mazmunli, esda qolarli o‘tdi. Bu tanlov ta'til paytida, men uchun rejadan tashqari bo‘ldi, tanlov haqida ustozlar xabar berishgach juda xursand bo‘ldim va unverstitetimizni obro‘si uchun jamoam bilan bor imkoniyatni ishga solib harakat qilaman dedim, harakat ham qildik, ammo biroz omad, tajriba, bilim, ko‘nikma yetishmadi. Natija kutganimizday bo‘lmadi. Lekin - mana shu lekin degan joyi bor, tanlov orqali ko‘p narsa oldik, shaxsan o‘zim bir qancha badiiy, ilmiy kitoblarni o‘qidim. Savvollarni bilmagan holatimda internetdan ma'lumot axtardim, o‘ylab ko‘rsam ancha narsani bilib olibman. Xullas, ketkazgan vaqtimga achinmayman. Bu tanlovda hamma g‘olib, bilimi bor inson g‘olib. Bu biz uchun bir sinov bo‘ldi, jamoaviy ishlashni, boshqalarni fikrini inobatga olib, boshqalarni hurmat qilishni, mas'uliyatni his qilib, shunga yarasha harakat qilish kerakligini o‘rgandim. Albatta, bularning bariga siz - tanlov tashkilotchilari sabab bo‘ldingiz. Tanlov yaxshi tashkil qilingan, kamchiliklar ham bo‘ldi-yu, lekin ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi. Buni zamirida juda katta mehnat, harakat, izlanish yotibdi. Sizlarga oson bo‘lmaganini borgan sari his qilyapman. Qancha vaqt, qancha energiya sarflagansizlar, juda qiyin bo‘lgan, albatta. Faqat baholash tizimi menga unchalik yoqmadi. O‘rniga qarab ball berish, teng bo‘lib qolsa, bo‘lib berish bular unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmadi. E'tibor berib qaralsa, boshqacha baholash mezoni bo‘lganida, boshqacha natijalar bo‘lar edi. Nima bo‘lsa bo‘ldi. Tanlov o‘tdi-ketdi. Mayli-da. Boshida bu tanlovni vazirlik tashkil qilgan deb o‘ylagandim, lekin o‘zimiz qatori talabalar ishlayotganini bilgach, hayratim oshdi. Yashirmayman, shubhalandim ham tanlov sotilgan, korrupsiya bo‘lgan deb. Lekin xatoligini kun sayin, natijalarga qarab his qildim. Bir safar qaysidir oliygoh 10 olsa, boshqa safar 0 ham oldi. Bu meni taxmin, shubhalarimni yo‘qqa chiqardi. Ba'zan asabiylashib, asosli, asosiz tortishdim ham, endi esa bu ishlarimdan xijolatdaman, to‘g‘risi. Yaxshi-yomon gaplar uchun uzr so‘rayman. Gaplarim juda uzayib ketdi. Xullas, tanlov juda zo‘r bo‘ldi. G‘oliblik muhim emas ekan, ayni damda shuni tushunib yetdim. G‘alabadan ham muhim narsalar bor ekan. Hozir xuddi 1-o‘rinni olganday xursandman. Virtual bo‘lsa-da, tanlov zo‘r o‘tdi. Buni maqtash uchun aytayotganim yo‘q. Shunchaki, rosti shunday fikrda bo‘lganim uchun aytayapman. Boshida boshqacha edi, keyin esa fikrim o‘zgardi. Hammaga ko‘pdan ko‘p RAHMAT, ishlaringizga muvaffaqqiyatlar tilayman. Sog‘ va salomat bo‘ling!!! ( Yana shunday loyiha, tanlovlar bo‘lishini judaaa xohlardik)
💠 Toshkent pediatsiya tibbiyot instituti talabasi Muzaffarov Ibrohim Yil oliygohi 2020 final bosqichi juda qiziqarli bo'lib o'tmoqda. Man bu tanlovda birinchi marta qatnashishim. Manga juda yoqdi. Bilmaganlarimni o'rgandim, bilganlarimni takrorladim. Bu tanlovni tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Yana shunday tanlovlar bo'lsa jon deb qatnashaman.
💠 O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Yusupov Abdusalom Assalomu alekum ilm-marifat ahli. Ochigʻi bugungi taxlikali bir kunlarda butun dunyo tushkun kayfiyatda boʻlib turgan vaqtda, ayniqsa talaba yoshlarning bir muncha zerikarli oʻtayotgan kunlarida bunday tashkilotchilik bunday intellektual musobaqani oʻtkazish odamdan katta mas'uliyat yuklaydi. Avvalambor mas'ul kishilarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Ushbu musobaqa menda bir umirga tatigulik zavq berdi desam adashmagan boʻlaman. Koʻzga tashlangulik xech qanday xato boʻlmadi deb oʻylayman. Xammasi mukammal oʻylangan. Yil oliygohi 2020 musobaqasida qatnashgan barcha talaba yoshlarga zavqli raqobat uchun katta raxmat. Xammaga omad yor boʻlsin.
💠 Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi Yusupova Mavjuda Assalomu aleykum bu bilimlar musobasida hamma oliygohlar o'zlarining bilim saviyalarini va qayerda oqsoqlanishlari va bo'shliqlar borligini bilib oldi deb o'ylayman. Bunda eng qizig'i har bir jamoaning taqdiri 1 tur bilan hal bo'lib qolmay, ularda boshqa turlarda imkoniyatga ega bo'lishidir. Bu esa ulardagi ishtiyoqni oshishiga olib keldi. Man shunga ishonch hosil qildimki, inson izlanishdan, yangiliklarni o'rganishdan to'xtamasligi kerakligini ushbu bellashuv orqali bilib oldim. Har bir narsaning albatta kamchiliklari bo'ladi lekin qatnashchilarning olgan bilimlari oldida bu uncha ahamiyat kasb etmasa kerak deb o'ylayman.
💠 O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Nilufar Xurramova Assalom alaykum hurmatli turnir tashkilotchilari ushbu turnirni tashkil etganingiz uchun karantin davrini mazmunli otkazshda o'z hissangizni qoshganingiz uchun tashakkur bildiraman. Turnir haqiqatdan juda ham qiziqarli otdi. Alloh biz talabalar uchun qilgan mehnatingizni hayrilisidan bersin. 🤲 Barcha barchangizga faqat minnotdorlik bildiraman.
💠 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi Sherozjon Karimov
Assalomu Alaykum. Sizlarga Kattakon Rahmat!!! Shuncha Mehnatlaringizga Rozi bo'ling!!!
Buni Tashkilashtirish uni o'tkazish hammaning ham qo'lidan kelmaydi, Tashkillashtirish, o'tkazish uchun ancha vaqt asab ketibdi.
Turnirlarda shunaqa ko'p, asosiz muammolar chiqqani albatta bitta bo'lmasa bittasi odamning ko'nglini xira qiladi. Asossiz, o'zini xatosini shunaqa yo'l bilan o'zicha to'g'irlamoqchi bo'ladi.
Shu sababdan men turnirlar o'tkazishga umuman bunga harakat qilmayman. Mehnatiz qadrlanmasa yomon tegadi. Qatnashishni ham xohlamayman. Chunki buni ketidan albatta nimadir Ko'ngil Xiralik bo'ladi.
Bu turnirga qatnashganimning sababi esa biz endi tashkil etilgan filialimiz. 200 ta talabalar atrofida. Shu sabab filialimiz sha'ni uchun Qatnashdim.
Turnir bosqichlari haqida esa
5 ta bosqich Biz uchun yaxshi o'tdi.
7-bosqich uchun esa ko'p bilim faktlar, ma'lumotlarga ega bo'lishimiz kerak ekan. Ancha keng mavzuda savollar bo'ldi. Shu sababdan Yaxshi natija qayd eta olmay qoldik.
Mehnatiz uchun Rahmat, Qiziqarli o'tdi Men uchun!!!👏👏👏👏👏👏👍👍👍👍👍
O'z Maqsad Orzularingizga Erishing!!! Sog'-Salomat bo'ling Hamisha!!! Rahmat Yana bir bor!!! 😊😊😊😊😊
💠 O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Qaxxorova Shoxsanam
Assalomu alaykum "Yil oliygohi " tanlovi tashkilotchilari va qatnashchilari. Bu tanlov biz talabalar uchun yangiliklarga boy o'zgacha ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Yangi do'stlar, xilma-xil fikrlar egasi bo'ldik.
Chin g'ayrat shijoati zavq-u shavq birla jismi-joni ichra barq urib turgan talabalar o'rtasida bo'lgan bu tanlovdan men o'zim uchun yangi narsalarni kashf qildim desam mubolag'a bo'lmaydi.
Ya'nikim qaysi manoda sportchi talabalar nafaqat jismonan, balki aqlan ham kuchli ekanligimizni isbotlay oldik deb o'ylayman.
Men tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Aynan shu insonlarni jonbozligi tufayli yangi bilimlarni egalladik deb o'ylayman. Savollar ham turli sohalarda juda qiziqarli bo'ldi, o'z o'rnida javoblar ham.
Ishtirokchilar tanlovni tashkil qilishda jonbozlik ko'rsatgan barcha insonlarga yana bir bor raxmat, barchamizni omadimizni bersin!
💠 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi Abdujamilov Saidjahon Avvalambor hammalarizga katta minnatdorchilik bildiraman, bu paxta qo'yishmas😁. Ish bor joyda xato bo'ladi har doim bu bizga ham sizga ham katta tajriba maktabi bo'ldi desam adashmagan bo'laman. To'g'ri qaysidir joyda xato ketgandir, ammo kim xato qilmaydi? Ularni biz ko'rdik va sizlar qo'liladan keganicha tuzattila buni biz ko'rdik. Turnir davomida bizdan yaxshi yomon gaplar o'tgan bo'lsa uzr! Biz ham qizishib kettik bazi joylada. O'zi bomidi shuncha institut universitet talabalari yaxshi yomon gap so'zini eshitish. Shuncha ketgan asabilarga rozi bo'lasizlar degan umiddamiz!! Turnir yaxshi o'tdi vaqtimizga achinmadik. Ayniqsa yoshlarimiz orasida faqat badiiy (afsuski u ham juda kam😞 ) asarlar o'qilar edi. Bu turnirda diniy kitoblardan tuzilgan savollar menga juda yoqdi! Muqaddas Islom dinimizni o'rganishda juda qo'l keladigan asarlar ekan. Sizlardan Alloh rozi bo'lsin albatta u hammasini ko'rib turibti. Sizlarga yana bir bor rahmat. Bizdan biror gap o'tkan bo'lsa yana bir bor kechiringlar.
💠 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi Quvonchbek Ro‘ziyev
Assalomu alaykum yil oliygohi tanlovi tashkilotchilari. Jumladan Izzatxo‘ja Asomiddinov. Man Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti talabasi Quvonchbek Ro‘ziyevman. Meni yozayotganimni ehtimol o‘qimassiz. Lekin baribir yozdim.
Sizga katta raxmat shu ishni tashkillashtirganiz uchun. Juda ko‘p foyda oldik. Ehtimol bu ishlarizni kimdir qadrini bilar kimdir bilmas. Lekin bir narsa aniq siz juda ko‘p savobga qoldiz. Qilgan mehnatlarizni barchasini Alloh ko‘rib turibdi. Man oxirgi gruppa tuzish haqidagi fikrizga qo‘shilaman. Shunaqa respublikamizni iqtidorli talabalari bitta gruppa qilsak zo‘r bo‘lardi. Gapni ham cho‘zib yubordim. Mani tanlov haqidagi fikrlarim juda ajoyib. Nafaqat mani garcha kuchli uchtalikka kirolmagan bo‘lsakda manimcha TPTI dagi barcha ishtirokchilarni fikri ijobiy. Nima bo‘lganda ham man juda xursand bo‘ldim bu tanlovdan. Kattakon raxmat sizlarga
💠 Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Zokirjon Berdiyev
Assalomu alaykum. Xurmatli yil oliygohi tashkilotchilari. Man TTA talabasiman. Turnir juda qiziqarli va baxs-munozaraga boy bo'ldi. Shaxsan manga yoqdi bir narsani taklif qilmoqchi edim. Keyingi yillardaham albatta o'tkazishni va savollar tuzayotganda ortiqcha munozaraga hojat qoldirmasdan, aniq va kankret savol va unga yarasha javob tayyorlashingizni so'rayman. Raxmat hammalaring ga shu ishni boshlaganinggiz un Alloh sizlardan rozi bo'lsin🤲
💠 O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Eshpo'latov Sardor
Assalomu alaykum "Yil Oliygohi" turniri biz talabalar uchun juda ko'tarinki ruhda o'tdi. Bilmaganimizni bilib oldik, bilganlarimizni takrorladik. Biz sportchilar bu turnir orqali nimani isbot qilmoqchi edik?! Bilasizmi...
Ko'pchilikning fikricha sportchilar faqat kuchga e'tibor beradi aqlga esa yo'q deb o'ylashadi. Yo'q shunday o'ylaganlar adashishadi.
Natija e'lon qilingandan keyin ko'rasiz hammasini...
Turnirni tashkilotchilariga alohida raxmat aytib qolmoqchiman. Hech qanday korrupsiya va hech qanday nohaqliklar bo'lgani yo'q!!! Har bir tur juda qiziq bo'ldi. Har sohadan savollar bor. Tashkilotchilarga Yana bir Bor raxmat aytib, ularga omad tilab qolaman.
Qaysidir Donishmand aytgan ekan:
Yutish jasorat, Yutqazishni tan olish mardlik!
Barcha ishtirok etganlarga @Talabayoshlar jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz, o'qish va ishlaringizda omad yor bo'lsin!!!!
Kimningdir yo'llagan fikrlari e'tiborimizdan chetda qolgan bo'lsa uzr.
🎓 @TalabaYoshlar - O'zbekiston talabalari sahifasi
👉O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga ulanish👈