“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqichidan fotolavhalar
“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 280 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.
Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 1-o‘rin 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.