Tandir "boyidi"
Janglar bizga (yana) nima beradi?
Balldan tashqari endi janglar davomida boshqa narsa ham olishingiz mumkin. U xuddi balldek ko'rinadi, ammo uni qimmatbaho buyumlarga ayirboshlashingiz mumkin (pul?)
Tandirdagi profil oynangizga kiring, uni ko'rasiz:
Ayirboshlash maydonchasi
Tugmani bosish sizni yangi oyna - ayirboshlash maydonchasiga eltadi. U yerda sizni bir nechta xonalar kutadi.
Eliksirlar
Janglar doim ham kutganimizdek natija bermaydi. Ba'zan g'alaba, ba'zan aksi. Lekin, g'alabalarni endi muhimroq, foydaliroq qilishingiz uchun bizda eliksirlar bor!
2X - bir marta yutib, 2 ta g'alabaning ballini olishingizga yordam beradi
Izohlar - jangdan keyin savollarga izoh va yechimlarni ko'rishingizni ta'minlaydi (ayrim savollarda izoh mavjud bo'lmasligi mumkin).
Reaksiyalar
Odatiy reaksiyalar sizga yetarli bo'lmasa, antiqa usuldagi yangi reaksiyalarni shu yerdan topasiz!
Ulovlar
Har bir jangda Tandir sizni F1 ulovi bilan ta'minlaydi. Biroq, bu endi yagona variant emas. Turli xildagi ulovlarni o'zingiz uchun band qiling va janglarda o'z ulovingiz bilan harakatlaning!
Qanday olamiz bu (pul?)ni?
Har kuni 1-marta jang qilganingizda 5 ta, ma'lum miqdordagi g'alabalarga erishganingizda esa yana 5 ta olasiz.
Bundan tashqari har bir yutuq endi turli miqdordagi qiymatlar bilan keladi. Ularni yutuqlar oynasiga kirib yig'ib oling.
Yagona hisob, bir nechta usulda
Tandir hisobingizga endi bir nechta Google va Apple hisoblarni bog'lab, ularning barchasi orqali Tandir hisobingizga kirishingiz mumkin.
Sozlamalar oynasida sizni yangi qism kutmoqda.
Davom etamiz
Ayrim kamchiliklarni tuzatdik, ba'zi narsalarni yaxshiladik.
Biz allaqachon keyingi versiya ustida ishlarni boshlaganmiz, ungacha ayirboshlash maydonchamizda sizni kutamiz!