March 8, 2021

APPLE YARATILISH TARIXI

Apple.

Kaliforniyada Steve Jobs va Steve Wozniak tomonidan asos solingan. 1970 yilning oʻrtalarida ular “Motorola 6502” prosessori bazasida birinchi shaxsiy kompyuterni ishlab chiqishadi. Oʻnlab shunday kompyuterlarni sotib, yosh tadbirkorlar moliyaviy daramod olishdi va 1-aprel 1976-yilda Kompaniyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishgan.1976 yilda ishlab chiqilgan “Apple I” birinchi dasturlashtiruvchi mikrokompyuter boʻlmagan. Birinchilik “Alʻtair 8800” kompyuteriga tegishli, 1974 yilda yaratilgan va kataloglardan tarqatilgan. Ammo, “Alʻtair” texnik tomondan “shaxsiy kompyuter” sifatida kvalifikatsiyalanman bo’lgan, chunki yigʻish imkoniyatiga ega boʻlmagan va dastur yordamida maʻlumotlarni chaqirish imkoniga ega boʻlmagan. Yillar davomida kompaniya “Motorola” prosessorli, firma tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimli oʻzining “Macintosh” kompyuterlarini ishlab chiqarib kelgan .

Apple INC

1980-yil noyabr oyida kompaniya kompyuterlarini bozorga chiqara boshlaydi va barcha kamchiliklar oʻzini namoyon eta boshlaydi. 1981 yil mart oyiga kelib etkazib berilgan kompyuterlarning 20 % i nosoz holda etkazilayotgani aniqlandi. Qolganlari esa yoqilishi bilan bir soat oʻtar oʻtmas boʻzilar edi, chunki Jobs ventilyator qoʻyishga ruxsat bermagan edi va mikrosxemalar temperatura oshishiga dosh bermas edi. 1981 yilning mart oyida Wozniak aftohalokatga uchraydi va vaqtinchalik ishlay olmaydi. “Apple III” ni sotish bilan bogʻliq muammolar shunga olib keldiki, Jobs oʻzning 40 ta ishchisini bo’shatishga majbur bo’ladi. 1985 yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan texnik progressni rivojlantirgani uchun Jobs va Wozniakga medal topshiradi.

Kompaniya oʻzining bir qism mahsulotlarini oʻziga tegishli doʻkonlar tizimi orqali koʻtara sotadi. (AQSH, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya da 147 ta doʻkoniga ega). “Apple” 2005 yil 24 sentyabr moliyaviy yil yakunlariga koʻra oʻz doʻkonlaridan $2.35 mlrd daromad olgan, bu uning yillik savdo hajmining 17% ni tashkil etadi.

Apple haqida batafsil :

Vedio UzFakt You Tube kanalidan olindi .

Bizning kanal: TARIXI QIZIQ

Do'stlarga Yuborish