August 17, 2020

#men_sevgan_asar. Marta Gudmanning " Rejali ishq " dan 4 parcha.

Miriam Kamillani kuzatib, jahldan titrab turganida xonaga Tomas kirib keladi. Qiz u bilan gaplashar ekan, agar Jonni uchun o‘zini qurbon qilib Jeremi turmushga chiqmaganida mana shu odam bilan bajonidil oila qurishi mumkinligini o‘ylaydi. Xuddi shu payt kirib kelgan Jeremi Tomasning xotinidan ko‘z uzmay termulib turganini ko‘radi. Xizmatkor ketgach, ular Kamilla xususida janjallashib qoladilar. SHundan keyin Jeremi qizni bo‘salarga ko‘mib tashlaydi. O‘z sevgisini tan olishni istamagan qiz kun bo‘yi yugur – yugurdan bo‘shamaydi. Kechki soat o‘n birlarda ham u oshxonada osig‘liq turgan chiroqni yuvayotgandi. SHunda u kimningdir nazarini his qilardi. Bu – Jeremi edi.

-Menga? Yo‘lni? Hozir-a? - ishonqiramay so‘radi Miriam. -Axir, kech bo‘ldi.

- Men xaritani nazarda tutyapman, - quruqqina javob berdi Jeremi.

Miriami hech nima tushunmaganligini yashirish uchun indamasdan chiroq artishga tutindi.

- Men hozir bo‘shayman, - dedi u.

- SHoshilmasang ham bo‘laveradi, - Jeremi loqayd bosh irg‘adi.

Miriamga qolsa ishini davom ettiraversa, lekin erining sinchkov nigohidan qochib qutulolmay pastga tushdi. Issiq va jimlikdan u o‘zini lohas sezdi. Boshi aylanib yiqilayotganida kuchli qo‘llar uni tutib qoldi.

- Men o‘zimni yaxshi his qilyapman, - dedi u erining kuchog‘idan chiqishga urinib.

- Albatta, - Jeremi miyig‘ida kuldi. Uning og‘ushida Miriam battar bo‘g‘ildi.

- Buning hammasi issiq havodan, - ishontirishga urindi Miriam.

- Agar sen bevaqt go‘rga kirging yoki o‘zingni butunlay holdan toydirmoqchi bo‘lsang, o‘zing bilasan. YAna shu ruhda davom ettirishing mumkin. Lekin men senga fermaga qanday borish yo‘llarini tushuntiraman, chunki sen ish qilmagan ferma qoldi, xolos.

Miriam uning ko‘zlarida zarracha achinish hissini ko‘rmadi, aksincha, o‘ziga nisbatan biror iliqlik sezmaganidan xafa bo‘lib ketdi. Mana shunisiga chidash qiyin edi. Birdan hammasiga chidayotgani esiga tushib, toqati toq bo‘ldi.

Miriam indamay uning ortidan ergashib kabinetga kirdi. Ish vaqtigacha bu xonani tozalash uchungina kirib turardi. Unga erining e’tiborsizligi ta’sir qilardi. Kutganidan ziyod xo‘rlik diliga azob bera boshladi. Jeremi, hatto uni uxlashga ham taklif etmadi.

Jeremi haq: u o‘zini ishga chalg‘itib bekor qilyapti. Bu bilan nimani isbotlamoqchi?

Eri uni cho‘ri hisoblasa, ertadan kechgacha ishlashi shartmi? Jonni uchun kim qayg‘uradi?

Miriam yotoqxonaga kirganida Jeremi joyida yotardi. U Miriamga beparvo qarab qo‘ydi-da, narigi yoniga ag‘darildi. Qiz yuvinib chiqib, ichko‘ylagini kiyib joyiga cho‘zildi. U yotganida Jeremi qimirlab ham qo‘ymadi. Miriamning ko‘zlariga yosh qalqidi, lekin horg‘inlik o‘z kuchini ko‘rsatdi, ko‘zi uyquga ketdi...

Hammayoq saranjom-sarishta edi, shuning uchun Miriam uy yig‘ishtirishga tushmadi.

Jeremi o‘z odatiga ko‘ra unga poda yig‘iladigan joyni ko‘rsatmoqchiligini yana bir karra eslatdi. Hammasi oddiy - nimaga u kechqurun bu ilmoqli gapni tushuntirmaganiga hayron bo‘ldi.

Ertalab Jonni uyda edi. Miriam osmonga oftob yoyilguniga qadar jiyani bilan birga bo‘ldi. U ancha mustaqil bo‘lib qolgan, Miriam xotirjam dam olishi mumkin edi. U bolaning o‘yinlarini kuzatib o‘tirardi.

Bugun nonushta qilishga ham unamadi. Jeremi Driffild uqtirgandek, o‘zini ish qilishga astoydil chog‘lamadi. Miriamning o‘zi ham unga nimani isbotlamoqchi ekanini aniq

bilmasdi.

Jonni Rozalindnikiga olib ketilgan, yaxna pivo qutisi bilan mashina o‘rindig‘iga joylashtirilgandi.

Kun yarmida quyosh tikkaga kelgan, atrofni qizdirardi. Miriam qoyalar orasidagi tuproq ko‘chada mashinani chang - to‘zon ko‘tarmaslik uchun sekin haydab borardi. SHoshib nima ham qiladi, u yo‘l-yo‘lakay anvoyi gullaru qalin o‘rmon yashilligiga mahliyo bo‘lib borar, ko‘pgina gullarni umrida ilk marotaba ko‘rib turishi edi. Ular orasida eng jozibalisi lian gullari bo‘lib, o‘tkir hidi kishini sarmast qilardi.

Gullar uzra kattakon kapalaklar uchib-qo‘nar, asalarilar qo‘ng‘illab, qushlar sayrardi. Toshlar olmos tus olganidek yarkirab turibdi. Jeremining qo‘rasiga olib boradigan yo‘lga chiqqanida, Miriam sharqirab oqayotgan suv tovushini eshitdi. Toshlar oralab oqayotan suv behad tiniq edi...

Lekin birozdan so‘ng bu tovush o‘rnini poda ovozi egalladi. U atrofi qo‘rg‘onlangan qo‘ralarga etib kelgan edi.

Mashinadan tusharkan, jazirama issiqdan, ter, go‘ng va allaqanday dorilar hididan Miriamning ko‘ngli behuzur bo‘lib ketdi. Qo‘raga yaqinlashib, bu erda ish qizg‘in borayotganini ko‘rdi. Ishchilar chorva bilan mashgul. Atrofdan anqib turgan qo‘lansa hidga ham ahamiyat bermay, u hammasini qiziqib kuzatardi.

Ko‘zini qo‘li bilan quyosh nuridan to‘sarkan, ishlayotganlarga tikilib qoldi. Uning devor ortidan qarayotganini ko‘pchilik ko‘rdi, ammo e’tibor bermasdan ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Hamma ishchilar bir xil kiyimda, to‘q ko‘k ishtonlar, ko‘ylak va keng shlyapalarda, chang to‘zondan ranglari qorayib ketgandi.

Miriam ularning orasidan garchi changga belangan bo‘lsada, Jeremini darhol tanidi. Atrofidagilardan ko‘ra u tetikrok edi. Jeremi mingan ot ham tetik va kuchli ko‘rinardi.

Miriam, u ot ustida hammasini besh qo‘lday ko‘rib turganini his etdi.

Jeremini kuzatib turgan Miriam yoniga otliq kelib qolganini ham sezmay qoldi. Kutilmaganda orqasiga tisarildi va o‘ziga mehr bilan tikilib turgan Tomasga ko‘zi tushdi.

-                 Ishimizga qanday baho berasiz? - so‘radi u. - Jazirama oftob tig‘i, shovqin va jazavaga tushgan hayvonlar... Nima ham qilardik, ishimiz shunaqa. Kimga shikoyat qilishni ham bilmaysan, kishi.

- Ehtimol, ko‘kka shikoyat qilish kerakdir? - kulib otliqqa qaradi Miriam, ko‘zlari oftobda qisilib.

- Bunday oftobda shlyapa kiyish kerak, - uning uchun qayg‘urdi Tomas.

Miriam bog‘da kiygan sun’iy gullar bilan bezatilgan shlyapasini esladi. Bu erda u asqotarmidi?

- Haqiqatan, men bu haqda o‘ylamabman, - chuqur i xo‘rsindi u. - Og‘ir ish qanday bo‘ladi?

Tomas yoyilib kuldi.

- Bu erda biz mollarni ko‘rikdan o‘tkazamiz, kasallarini davolaymiz. YOshlarini bichib, buqalarni sotish uchun boqamiz. Bu erda hech qanday romantika yo‘q.

- Endi ko‘ryapman, dedi Miriam qo‘llari bilan podadan ko‘tarilgan changni qoqarkan.

- Pivo mashinada, olib kelaymi?

Jeremi ularga yaqinlashdi. Boshqaruvchi ishchilar ishlayotgan tomonga boshini burdi.

- Nima deysan, Jeremi, tushlik e’lon qilaymi yoki?..

U o‘ylanib ham o‘tirmay javob qaytardi:

- SHu partiyani tugatgach, yangi podani yig‘amiz. Hayvonlar tinchlangunicha ishchilar tushlik qilib olishar?

Miriam uning avvaldan hamma ishni rejalashtirishini bilardi. U qizga qayrilib ham qaramadi. .

- Bunga qancha vakt ketadi? - so‘radi u erining e’tiborini tortish uchun.

Odatdagidek Jeremi unga qaramasdan javob qaytardi:

- YArim soat yoki undan ko‘proq. .

- Sizlarni kutib turaymi? - so‘radi Miriam. - Tushlikka issiq ovqat pishirishim kerak, ungacha Annabell ham maktabdan qaytadi,

Nihoyat, Jeremi unga sovuqqina nigoh tashladi va begonalarday dedi:

- O‘zing bilasan, istasang, qol, istamasang, ketaver.

Miriam Kualununardagi bayramda Jeremining o‘rniga Tomasni uchratib qolganida, balki hammasi boshqacha bo‘larmidi? Javobi aniq edi, lekin u bunday bo‘lishini ko‘z oldiga keltirolmadi. Uning oldida boshqa savol ko‘ndalang turardi: Nima uchun o‘zi bilmagan, sinamagan Jeremiga turmushga chiqishga qaror qildi?

Jonni ot minishni o‘rganish uchun quyosh chiqmasidan o‘rnidan turdi. Miriam uning Jeremi bilan uchrashuvga oshiqayotganini his etdi. U ham ot minishni deyarli unutganligidan bu mashg‘ulotni amalda davom ettirgisi kelardi. Jonni Annabellni o‘zi bilan borishga ko‘ndirdi. Qizaloq Miriam bilan yonma-yon borardi. Jonni esa ularning oldiga tushib olgan.

Otxonaga yaqinlashishgach, Jonni darvozadan yugurib ichkariga kirdi.

Qaysi biri meniki? - entikib so‘radi u ikkita egarlangan otga qarab.

- CHapdagi kulrang ot, - javob berdi Jeremi.

- Uning oti nima? - hamon entikib so‘radi Jonni. Otni birinchi marta yaqindan ko‘rib

turar ekan, egarga o‘tirishga , endi shoshilmasdi.

- Meggi, - dedi Jeremi.

- Meggi? - bolaning yuzida norozilik alomati paydo bo‘ldi. - Ismi chiroyli emas ekan. Men uni chaqmoq deb chaqiraman.

Miriam otlarga jimgina qarab turardi. Unga har ikkala ot Jonni uchun kattalik qiladigandek tuyuldi. U Jeremi jiyaniga minishni o‘rganishi uchun toychoq beradi, deb o‘ylagandi.

- Jonni ot minishga hali yoshlik qiladi, - qayg‘urib gapirdi u. .

- Toychoqni boshqarish otdan ko‘ra qiyinroq, - uning nimaga ishora qilayotganini tushundi.

Jeremi, - Meggi - unga kerakli ot. U agar yonida bomba portlasa ham hurkmaydi.

- Uning oti CHaqmoq, -to‘g‘riladi Jonni. - Maylimi, minsam?

- Otga yaqinlashib, bo‘ynidan bog‘la va buyoqqa olib kel, - buyurdi Jeremi. - CHap yonidan – yursang, u seni ko‘rib turadi.

Jonni otga qarab chopdi. Miriam qo‘rqib uni to‘xtatmoqchi bo‘lgandi, Jeremi qo‘lidan tutib qoldi.

- Xalal berma, - ovozi keskin chiqdi. - U mustaqillikka o‘rganishi kerak.

- Axir u hali yosh, - g‘udrandi Miriam va erining kinoyali kulib turgan ko‘ziga qaramaslik uchun boshini burdi.

U yonida bosiq Tomasning yo‘qligiga achindi. Jeremi unga faqat g‘urbat olib keladi.

- Biror nag‘ma ko‘rsatmoqchi bo‘lsang, hoziroq uyga qaytib ket, - zaharxanda qildi u.

Miriam uning achchiq so‘zini takror eshitmaslik va ko‘rqayotganini bildirmaslik uchun labini qattiq tishlab indamadi. UJonnini qanday qilib egarga o‘tqazishgani, oyog‘ini yuganga qo‘yganlarini kuzatib turardi.

Birinchi darsdayoq Jeremi qattiqqo‘lligini ko‘rsatdi. Miriam bolaga ustozining o‘gitini tushuntirishga chog‘lanmoqchi bo‘ldi, ammo Jonnining o‘zi hammasini qoyilmaqom uddalardi.

Bola bilan shug‘ullanib bo‘lgach, Jeremi Miriam uchun mo‘ljallangan otga uning minishini taklif qildi. Miriam avvaliga o‘ng‘aysizlandi, ammo ikki-uch qadam yurgach, o‘zini tutib oldi. Faqat, Jeremining sinovchan boqishi uni hayajonlantirardi. Ot ustida o‘zini engil his etdi.

Ularni jim kuzatayotgan Annabell birdan otasiga qo‘l cho‘zib dedi:

- Miriamga ayting, tovonlarini pastga tushirsin.

Jeremi Miriamga qizi payqagan kamchilikni tuzatishini aytdi. Miriam hayratda edi. Birinchidan, Annabell Otda yurish mashqini yaxshigina o‘zlashtirgani ko‘rinib turibdi. Ikkinchidan, Jeremi qiziga u o‘ylaganchalik befarq emas ekan.

Otlarni o‘tlatishga olib ketishgach, to‘rtovlon uyga piyoda jo‘nashdi. Jonni Annabellga ot minganini maqtanib ketarkan, Miriam Jeremiga ular uchun vaqt ajratganidan minnatdorligini bildirdi. U bu mashg‘ulotlar hali davom etishini bilardi. Jeremi uning nimaga sha’ma qilayotganini tushunib dedi:

- Mening vaqtim ziqligini aytyapsan-da! Sizlar bilan Tom shug‘ullanishini xohlaysanmi?

Miriam ajablanib unga tikildi.

- Yo‘q, men Jonniga bergan va’dangizning ustidan chiqayotganingiz uchun tashakkur aytmoqchi edim.

- Sen meni va’dasida turmaydi, deb o‘ylovmiding?

- Yo‘q, unday demoqchimasman, lekin... -

- Sen boshqa birov o‘rgatadi, deb o‘ylagansan, - uning so‘zini bo‘ldi Jeremi masxaramuz kulib.

- Siz, Tom bilan vaqtichog‘lik qiladi, deb o‘ylasangiz, yanglishasiz, - Miriamning ovozi titrab chiqdi.

- Men bunday demadim, - Jeremi uni inkor qildi. - Sen o‘zing aytyapsan bu gapni.

Jeremi uni qo‘llaridan ushlab o‘ziga qaratdi. Enoqlarini silayotganida, Miriam ko‘k-yashil ko‘zlarining sirli boqishi va nigohlari uning lablarini izlayotganini sezib titradi,

- Bilasanmi, hozir nima haqida o‘ylayapman? - qisqagina so‘radi Jeremi.

Miriamning oyoqlari bo‘shashdi, uni ushlab qoldi, ammo shu zahotiyoq tok urgandek o‘zini orqaga tortdi. U nima qilishini bilmas, bu yaqinlikdan qochib qutulolmasdi.

- Bolalar bor, - shivirladi Miriam.

Lekin u qizni quchib, mahkam bag‘riga tortarkan, Miriam indamadi. Uning qo‘llari mayin ko‘kraklari osha nozik badanini silashga tushdi. Miriam iliqlikni sezdi, bir soniyadan so‘ng ularning lablari tutashdi. Kutilmaganda u bo‘salarga taslim bo‘ldi...

Bu harakat atigi bir soniya davom etdi. Jeremi tezda o‘zini tortdi. Miriamning yiqilib ketishiga bir bahya qoldi. Lekin kuchli qo‘llar uni tutib turardi. Miriam lahzalik ehtirosdan o‘ziga kelolmay qoldi. U o‘z ustidan hukmronlikni hazm qilolmasdi. Nahotki Miriam erining qo‘lida o‘yinchoq bo‘lsa? Istagan vaqtida u bilan istagan ishini qiladi.

Jeremi unga qaramasdi.

- Jonni, nima gap? - xotirjam so‘radi u.

Miriam ularning yonida turgan bolaga tashvish bilan qaradi, Jonni Jeremiga boqib peshanasini artdi.

- Nahotki, siz o‘pishishni yoqtirsangiz?-so‘radi bola beg‘uborlik bilan.

- Obbo, ayg‘oqchi-ey, buni katta bo‘lganingda bilasan, - kuldi Jeremi.

- A-a, - bosh irg‘ali Jonni va javobdan qoniqib Miriamga qaradi: - Milli, siz sut bilan pechene beraman, degandingiz,

- Ketdik, - Jeremining quchog‘idan qutulgan Miriam oldinga yurdi.

Jiyani bilan qadam-baqadam yurarkan, orqasidan Jeremining kelayotganini sezib borardi... ..

Butun hafta davomida Jeremi Jonni bilan Miriamni otda yurishga o‘rgatdi. Mashg‘ulotlar kun tikkaga kelgunicha davom etardi. Jonnining oti o‘z nomiga nomunosib edi, lekin jonivor sezgir va hushyor, egasining yo‘rigidan chiqmasdi. Miriamga u yoqib qoldi.

Miriamning yutuqlari o‘qituvchisini qoniqtirardi,

- Bugun nonushtadan so‘ng toqqa chiqamiz, - dedi Jeremi. - Ko‘ramiz, nimaga qodirligingni!

Miriam uning ortiqcha gapini eshitgisi kelmaganidan indamay qo‘ya qoldi. Nonushtadan keyin idishlarni yuvib, bolalarni maktabga kuzatgach, uning ozgina sayr qilgisi, tinchlangisi keldi. Miriam o‘zini g‘olib sezardi.

Yo‘lda daraxt soyasida to‘xtab tin olarkan, keng novdalarga termulib qoldi. U xayolan o‘zini otda ko‘rdi, sochlari havoda to‘zg‘ib borayotganini ko‘z oldiga keltirdi.

Engil nafas olib, otxona tomon yurdi. Dabdurustdan rangi oqarib to‘xtab qotib qoldi.

Uning oti Jeremining oti bilan yonma-yon bog‘lanib, otlar bir-biriga suykalishardi.

Miriamning xush kayfiyati birdan buzildi. Uning ko‘zi mag‘rur, chiroyli kiyingan otliq Kamilla Vistlingga tushdi. Boshida egnidagi kostyumiga monand keng ayvonli shlyapa bor edi. SHlyapa malla sochlarini yashirib turardi. Ruhan cho‘kkan Miriamga uning ko‘zi tushib, yanada tantanavor qad rostladi, yashil ko‘zlari mag‘rur bokdi.

- Mana, bizning Miriam! - shodon hayqirdi Kamilla, - Jeremi u tomonga beparvo nigoh tashladi. - Biz Jeremi bilan sizni kutyapmiz.

Miriam Kamillani eriga yaqinligini ko‘rsatayotganidan ensasi qotdi. U xam mag‘rur boshini ko‘tarib, ularning o‘zi oldiga kelishini kutdi.

- Sizning shu erdaligingizni bilmabman, Vistling xonim. Aks holda, barvaqtroq kelardim, - dedi u quruqqina.

Mallasoch go‘zal beo‘xshov qah-qah otdi, bundan Miriam battar achchiqlandi. U eriga norozi qaradi, Jeremi indamadi. Keyin ma’noli kulimsirab, Miriamga Kamilla qachon xohlasa shunda kelishini nigohi bilan yana bir karra ta’kidladi.

Miriam shu haqda o‘ylab qizardi, lekin indamadi.

- Men shu yaqin o‘rtadan o‘tib borayotib, sizlarni ko‘rib kelmoqchi bo‘ldim, - dedi Kamilla, - Jeremi sizning birinchi marta toqqa chiqayotganingizni aytganida birga borishga qaror qildim. Umid qilamanki, qarshilik ko‘rsatmaysiz.

- Albatta, yo‘q, - Fijinib javob berdi Miriam.

- Ot minishni o‘rganish mengayam nasib etmaganiga shukur, - u Jeremiga qaradi, ko‘zlari tubida ehtiros uchqunladi. - Jeremi bilan men egarda tug‘ilganmiz, desam ham bo‘ladi.

Miriam muzlab ketdi. U bu kibor ayolning oldida qanday qilib ot minishi mumkin? Bir laxzada manovi dimog‘dorning ko‘z oldida ot minolmasligini ilg‘adi. Kamilla uning titrayotganini payqamadi ham.

-          SHlyapangni kiyishni unutibsan? – quruqqina gapirdi Jeremi.

-          SHlyapa? Men shlyapa kiymayman, - tushuntirdi Miriam.

-          Ertalabga kerak bo‘lmas, ammo kunduzi shlyapasiz yurib bo‘lmaydi, - qat’iy gapirdi u. Miriam o‘zining sun’iy gullar bilan bezatilgan, uniqqan shlyapasini eslab o‘ng‘aysizlandi.

-          Menga shlyapa kerakmas.

U endi otra minmoqchi bo‘lgan ida, Jeremi qo‘lidan tortdi:

- Men senga aytyapman, uyga kirib shlyapangni kiyib chiq!

U Jeremining sovuq yiltiragan ko‘zlari,gapirishining qat’iy ohangidan seskandi. Kamilla ularni mamnun kuzatib turardi. Miriam bir so‘z demay uyga qarab ketdi.

“Qiziq, ular mening qaytishimni yana qancha muddat kutisharkan?” - g‘azablandi Miriam. U bu kibor odamlar ichida eski shlyapada yurishni xayoliga ham keltirolmasdi.

-          Fazabini bosish uchun Miriam oshxonaga o‘tdi. Nima bilandir chalg‘imoqchi bo‘ldi. Bo‘sh chelakka issiq suv, sola solib pol artishga tushdi. Oshxona polining yarmini artib bo‘lganida, eshik ochilib Jeremi kirib keldi va uni chaqirdi. Miriam indamay ishini davom ettiraverdi, eriga hatto qaramadi ham.

-          Men seni shlyapaga jo‘natuvdim, shekilli? - arang o‘zini tutib so‘radi u.

-          Men bandman, - Miriam uning so‘zini bo‘ldi va pol artishda davom etdi. . . .

-          Sen biz bilan borasan, - har bir so‘zga alohida urg‘u berib gapirdi Jeremi.

-          Ishonamanki, siz mallasoch do‘stingiz bilan mensiz yanayam YAxshiroq kuningizni o‘tkazasiz, - javob berdi Miriam.

U o‘rnidan turib, stullarni o‘rnidan qo‘zg‘atarkan, erining sovuq ko‘zlaridan nigohini olib qochdi.

-          Hammasini boshidan boshlaymizmi, a? - jahl qildi Jeremi. Miriam sassiz ishida davom etdi. - Sen shlyapangni olib kelasanmi yoki men boraymi?

-          Olsangiz oling, lekin men sizlar bilan borolmayman.

-          Kamillani debmi? - qiziqsindi Jeremi.

U tutaqib eriga tik qaradi

-          Men anovi ayolning ustimdan kulishiga yo‘l qo‘yolmayman Men bilan nima qilsangiz qiling, ammo bu ahmoqona shlyapani kiyolmayman.

Jeremi taajjublanib uning gapini qaytardi:

-          Ahmoqona shlyapani?

-          Ha, siz yaxshi bilasiz, bisotimda bittagina shlyapam bor edi.

Uning qattiq kulgidan yo‘tali tutdi.

-          Gapim sirayam kulgili emas! - Miriamning jahli chiqdi. .

Ammo Jeremi kulishda davom etdi. SHunda Miriam darg‘azab bo‘lganidan oldida turgan chelakni ko‘tarib, ichidagi ko‘pik suvni erining oyog‘i ostiga to‘kib yubordi. U qochishga ulgurdi, ammo baribir bir necha tomchi suv kiyimiga tegdi. Oshxonada qo‘rqinchli sukunat kezindi. Miriam qilgan ishidan o‘zi qo‘rqib ketdi. Ayniqsa, erining sovuq nigohi uni seskantirib yubordi.

Lekin kech bo‘lgandi. Jeremi uning yo‘lini to‘sdi.