Elektr uy ( mistik hikoya ).
#Men_yozgan_hikoyalar.
Elektr uy ( mistik hikoya ).
Hayotdagi bir xillikni turfa xillikka almashtirish uchun kurashadigan qahramonimiz Selon dunyo bo‘ylab piyoda sayohatga chiqqan odamlar tushunmaydigan zamonaviy daydilardan biri edi. U yo‘l yo‘lakay ishlab topgan puli bilan tirikchilik qilardi. U g‘aroyibot, ruhlar anig‘i misr ilaha juda qiziqardi. Shuning uchun Yevropaga qilgan sayohatlarida g‘aroyibotga boy deyilgan joylarga : graf Drakula yashagan qasr joylashgan Transilvaniyaga , Tauer qal'asining arvohlar vestibyuliga ham va boshqa garoyibotlarga boy deb atalgan joylarga bordi. Ammo u yerlarda g‘aroyibot olamidan biron urvoq ham ko‘rmadi, hammasi odamlarning o‘zlari to‘qigan , sayyohlarni o‘zlariga jalb qilish uchun to‘qilgan voqealar bo‘lib chiqdi. Shundan keyin bu hobbisini unutgan edi, ammo o‘sha rivoyat ha o‘sha elektr uy haqidagi rivoyatni eshitgandan keyin ancha vaqt unutilgan hobbisiga qiziqish yanada kuchaydi. Elektr uy rivoyatida aytilishicha Belarrusiyadagi botqoqliklarda odam borishi qiyin bo‘lgan orolchada shunday uy bor ekanki, uning na eshigi na derazasi na tuynugi na tomining kirish tuynugi bor ekan. Ko‘plab odamlar u uyni buzib kirishmoqchi bo‘lgan, ammo tok urib vafot etishgan. Ko‘pchilik tok urib vafot etganidan keyin odamlar u uyni elektr uy deb atashdi. Selon port buxtalarida ishlab anchagina mablag' yiqqanidan keyin o‘sha mashxur orolchani qidirib yo‘lga chiqadi.
Belorussiya davlatiga qadam qo'yganidan keyin esa odamlardan surishtira surishtira o‘sha orolchani qidirib topadi. Ammo unga boradigan yo‘lni hech kim ko‘rsatmaydi. Chunki bedarak yo'qolayotganlarning ko‘pchiligi shu uyni qidirib kelganlar bo‘lgani uchun davlat bu orolchani topuvchilarga yo‘l ko‘rsatgan odamga o‘lim jazosi belgilatgandi. Shu qarordan keyin hech kim bu botqoqlik yonidagi qishloqqa kelmaydigan bo‘ldi. Selon o'z maqsadidan tezda chekinadiganlardan emasdi. Shuning uchun o'zi botqoqlik atrofini atroflicha o'rganib chiqib qayerda odamlar yegan narsalarini axlatlarini tashlab ketgan bo‘lsa o‘sha yo‘l bo‘ylab keta boshladi. U qishloqqa kelganda u yerning do‘konidan o‘ziga kerakli narsalarni , oziq ovqatlarni olib qo‘ygan edi. U qo‘rqinchli botqoqlik oralab ehtiyotkor bilan borar edi. Chunki botqoqlikda tortib ketadigan o'pqonlar ko'p bo‘lishini bilardi. O‘sha o'pqonlardan tirik chiqish uchun yerga o'q otib unga bog'langan apparat bilan tortish mumkin edi. Selon ikki kunlik urinishlar, qiyinchiliklardan keyin o‘sha " elektr uy " nomi bilan mashhur bo‘lgan inshootning oldiga keldi. Uning atrofi odam suyaklariga to'lib ketgandi, men ularni bosmasdan o'tar ekan, odamlarning bu uyga qiziqishi kuchliligidan o‘lim ham ko‘zlariga ko'rinmaganligini idrok etib borardim. Bu uyning elektr toki ulangan hech qanday manbani topib bo‘lmadi, yana uyning devoriga otgan hohlagan narsadan otib ko‘rdi. Ammo elektr toki borligini bildiradigan yolqin borligi sezilmadi. Shunda bu uyning devorlari faqatgina insonning haroratini sezganda o‘zidan elektr tokini chiqarishini tushundi. Selon uyni kunbo‘yi o‘rgandi, ammo uning ichidagi sirni bilish uchun o‘zining qancha vaqti ketishini tasavvur qila olmasdi. Uyni ichiga kirishga bo‘lgan ishtiyoqi shunchalik kuchaydiki, hattoki sabri chidamay devorga tegib olishga juda ko'p urinib ham ko‘rdi. Ammo jon shirin devorga qancha yaqinlashsa , shuncha uzoqlashishi shartligini ongi aytardi...
Oradan qancha kunlar o'tdi. Noma'lum haftaning noma'lum kunida Selon o‘zining doimiy joyida o‘yga berilgan holda sirli uyga kirish yo‘lini qidirardi.
U bu uyni sirini ochishga shunchalik kirishib ketdiki, soch u soqoli o'sib ketganini , anchadan beri ovqat yeganini eslamay qo‘ydi. Xuddi bu sir uning kuch quvvatini so‘rib olayotganday edi. Shunday kunlarning birida uyga kirish yo‘lini topib oldim. Negadir uy haftada bir marta qora rangga bo'yalganday holatga kelar uyning orqa tomonidagi eshikka mos joy oqarib ajralib turardi. Bu hodisani sezganiga ancha kunlar bo‘lgan bo‘lsa-da, uni buzib ko'rishga esa ancha kunlar jur'at qilolmay yurardi. Bir kun baribir tavakkal qilishini tushunar, o‘sha kunni esa qachon bo'lishini belgilolmasdi. Navbatdagi tong otganda esa o‘sha kun bugun ekanligini negadir his qildi. O'zining bu doimiy kunlariga o'zgarishini hohlab kelgan kayfiyatim bugun tavakkal qilishni ma'qul topgan edi. Atrofni titkilab topgan dastasi uzun belkurak bilan belgilab qo‘ygan o‘sha oqaradigan devorni urdi. Ammo elektr toki urmadi, tezda belkurak bilan devorni uchirib , urib ocha boshladi. G'ishtlarni olar ekanman ichkarining sovuq ingan qorung'u zulmat ko‘rinardi. Selon anchadan beri ishlatmay shu kun uchun asrab kelayotgan fonarni olib kerakli narsalarni sumkasiga joylab tezda ichkari tomon yura boshladi. Uyning ichkarisi yer ostiga kirib ketadigan zinalarning boshi edi. Uning pastiga qo‘rquv bilan tushayotgan Selon atrofida qandaydir sharpa yurganday atrofga xadik bilan qarab ketardi. Aylana zinalar bilan pastga yetay deganda zinalarning bir tarafi qandaydir eshikka olib kelardi. Eshikni ochib qorong‘ulikka burkangan xonaga kirgan Selon laboratoriya joylashgan xonaga kirganda sovuq haroratni sezdi. Xonani aylanayotganda devorga yopishtirilgan ma'lumotlarga ko‘zim tushdi: " ... Professor Gallan Morra o‘zining odamning sharpaga aylanish tajribasini namoyish etmoqchi" . " ... Tajriba uchun yasalgan qurilmaga kirgan ixtiyoriy odam mayda mayda suyuqliklarga parchalanib ketdi. Buning natijasida professor qamoqqa hukm qilindi..." . " .... Qamoqdan qochgan professorni hech kim topolmayapti, mish mishlarga qaraganda u sharpaga aylanish orzusiga erishib qayerlardadir yashirinib yurgan deyishardi" .
Selon o‘zini kuzatayotgan sharpani sezdi, u xuddi zulmatga o'xshab bostirib kelar ko‘zi esa insonning tanasiga qo‘rquv olib keladigan darajada burishgan edi. Qo'rquvga berilgan Selon tezda oldidagi kolbadagi suyuqliklarni sharpa tomon uloqtira boshladi. Suyuqliklar orasida sariq ranglisini qo‘liga olganda sharpani ko‘zlarida qo‘rquv ko‘rindi. Selon qo‘lidagi suyuqlikni sharpaning boshini mo‘ljallab uloqtirdi. Sharpaning hammayog‘i yashilrang olovga burkandi. Xonani esa sharpaning chinqirig'i bosib ketdi, Selon tezda xonadan chiqdida orqasidan sharpa quvayotganday juda tez yuqoriga chiqib oldi. Selon qanday qilib qishloqqa borganini bilmaydi, yo‘lda uchragan odamga elektr uyga kirganini aytib borar edi. Odamlar unga suv ichirib o‘ziga keltirishdi, qishloqdagi militsiya vakili bu voqea haqida militsiyaga xabar berdi, qishloqni esa endi sayyohlar umuman kelmaydigan bo‘ldi , Selon hali ham dunyoda sirlilik qidirib yurardi. TAMOM.
P.S. hikoya 2012 yilda qoralama sifatida yozilgan. Yaqin kunlarda original formatda hikoya qo’yiladi.