September 26, 2020

"Nima bo'lgandayam" kanaliga kuzatuvimlarim haqidagi so'zlarim

Kanal nomi: Nima bo’lgandayam

Kanal tashkil qilingan vaqt: 2020 – yil 19 - aprel

Kanal ta’sischi va asosiy admini: Jahona Xayitboyeva

Kanal haqida ilk taasurot: Kanal ilk ochilganidan o’qib kelarkanman, kanal shunchaki o’ziga yoqqan rasmlar, qo’shiqlar va fikrlar yoziladigan kanal ekanligini ko’rdim. To’g’risini aytganda bunday kanallar son – sanoqsiz deb o’yladim va oxirigacha o’qiy-chi, balkim yangicha fikrlar paydo bo’lar deb o’yladim. Ammo rasmlar tanlash bo’yicha didi ajoyib. Ammo o’zgalik kam.

Kanalga qo’yiladigan postlar kunlik umumiy normasi: kanal ochilganda- 4-7ta(rasmlar, chiroyli fikrlarni hisobga olganda) hozirda esa 5-8ta post. Kanal ochilganidan beri postlar uzluksiz qo’yib borilgan va bu kanalni faolligini ko’rsatgan.

Postlar haqidagi umumiy xulosa: Kanalda kitobxonning taqrizlarini umuman yo’q desa bo’ladi. Ammo o’z fikrlari chiroyli parchalar berib boriladi. Menga qo’yilgan kanalning biosi juda yoqdi: “Ba'zan siz xohlaganizni, ba'zan men xohlaganimni topasiz”. Kanaldagi postlarda rasm, video va so’zlarning tanlanish didi juda yaxshi sezilib turiladi. Yana kuniga o’ziga yoqqan ajoyib taronalar sizga ham yoqadi deb o’ylayman.

Kanalda eng ko’p bir xil post: bir xil postlar juda ko’p oddiy rasmlardan tortib qizning o’z dunyosiga mos kartinkalari ham. Menimcha o’zgachalikni qilish vaqti kelgan. Yana fikrlarning qo’yiladigan matn shrift va bezalishida o’zgacha fantaziyalarni qilish kerak deb bilaman.

Kanal nomi haqida fikrim: Kanal nomi “Nima bo’lgandayam” deb nomlanib o’zgartirish kerak deb bilaman. Shunday nom tanlash kerakki, u kirgan odamni maftun yoki diqqatini tortishi kerak. Sizga tavsiya qiladigan nomlar:

1. Sendagi menim

2. Qalbimdan to’kkanlarim.

3. Sitamgar qaydlar

4. Halovatimdagi tashvishlar.

Yana ko’p nomlardan birini tanlash mumkin.

Kanalda kutilmagan post: bu 2015-yilgi Jahon chempioni: "So'zlar kuchi" Eng yaxshi nutq sohibi Muhammad Qahtonining nutqini o'zbekchaga tarjima qilingan video juda yoqdi. Yana o’zimga kerak bo’lgan ancha kutilmagan rasmlar va videolarni oldim.

Kanalning boshqa kanallardan farqi : To’g’risi unchalik sezilmadi, chunki Kanalning o’z uslubi shakllanmagan, buni ustida ishlashini hohlayman. Tepada aytganimdek bunday o’z fikrlari, o’ziga yoqqan rasmlarni qo’yadigan kanalalr son – sanoqsiz. Shuning uchun o’z uslubini hozirdan boshlanishini maqullardim.

Kanalning ko’zga tashlangan kichik kamchiliklari: Kanalda bir xil postlar juda ko’p, 130dan ortiq uchastnikingiz uchun yangicha o’zgarishlar qilish vaqti keldi deb hisoblayman. Tarjimonlik qobiliyatingizni sezgan holda yanada qiziqarli postlar qilishingiz maslahat beraman. To’g’risi aka sifatida aytaman endi dangasalik qilishni yig’ishtirshni va shu yo’lni tanladingizmi oxirigacha boring deyman. Eng muhimi faqat sizning kanalingizda topsa bo’ladigan ruknlar yarating. Kichik parchalaringizni yanada ko’paytiring. Kanalda o’z aytar so’zingiz sezilmagan, to’g’risi o’z uslub va holatingizni shakllantiring va kichik qiziqarli loyihalar ham qilib turing.

Kanal uchun no’ananaviy taklif: mendan sizga shuday taklif borki, siz avval oddiy rasm va fikrlarni e’lon qiladigan kanal qilasizmi? Yoki o’z uslubingizdagi ajoyib postlar qilasizmi? Menimcha yaxshilab o’ylab olish kerak? Yana kitobxonligingiz hisobga olib kitob o’qigandagi tuyg’u va kechinmalaringizni, o’z munosabatingizni ham bildirsangiz ajoyib bo’ladi.

Kanalni hurmat qilib yakuniy xulosam: Kanalning postlari ajoyib, ba’zi postlarda imlo xatolarni ham kuzatishimiz mumkin. Men kanalda ajoyib pozitiv qizning kitobblogini kuzataman. Uni saqlagan holda yangicha o’zgarishalar qilishingizga ishonamanMen sizga oddiy kuzatuvchi sifatida fikrlarimni bildirdim. Taqriz yozishga harakat qilishdan to’xtamang va taqriz yozish bo’yicha tajribangizni mustahkamlang. Sizga yakuniy xulosam shulardan iborat.

Sizga yuborilgan savollar: negadir loyiha bo’yicha savollar kelmayapti, o’zimdan kelgan ikkita savol bor xolos. Iltimos kanalni kuzatib o’z savollaringizni yuboring. Kanalga yuborilgan savolga javoblarni Admin kamentida javobini yozib yuborishlari yoki audioformatda ham yuborishlari mumkin.

1 savol. Siz bu kanalni nima maqsadda ochgansiz?

2 – savol. Sir bo’lmasa rasmlarni tanlashda nimalarga yoki qaysi jihatlarga e’tibor berasiz?

Kamentda loyihamiz bo’yicha o’z fikrlaringizni bildiring, yana qanday jihatlarni hisobga olishimiz haqida takliflaringiz bildiring, sizlardan bo’lgan takliflarga mos o’zgartirishlar qilamiz.

Kanalga a’zo bo’lmoqchi yoki kuzatmoqchi bo’lganlar uchun manzil:

https://t.me/halovatim_js

Loyihaning o’tkaziladigan kanal manzili: https://t.me/Tav_uz

P.S. loyihada kuzatilishni hohlovchi kanallarning egalari bo’lsa @Tavsiyauzmuloqot_bot ga yoki @ElHamrayev ga murojaat qilishingiz mumkin. Unutmang kanalingiz haqidagi fikringiz oddiy kitobxon sifatida, kanali bor, aqllilik qilgisi kelgan inson sifatida emas. Sizda borini aytaman, o’zimdan qo’shmayman, chunki men ham sizdek oddiy odamman.