October 22, 2020

Millioner va pul qadri.

#Motivasion_maqola.

Biz mashhurlar va mikkiarderlar to’g’risida ko’p eshitganmiz, ular haqida o’qiganmiz. Bundaylarga havas qiladiganlar talaygina. Ular bosib o’tgan yo’ldan biz ham yurishni orzu qilamiz. Ehtimol, o’sha kishilar aytgan so’zlar orzumizga erishishga oz bo’lsa-da, ko’mak berar.

Kornelius Vanderbilt:

-         Men butun umr pullarni deb aqldan ozganman. Yanada ko’proq pul ishlab topish fikri kaminani hech qachon tinch qo’ymagan. Hatto ma’lumotli bo’lishga ham vaqt qoldirmagan.

Jon D. Rokfeller:

-         Kimki butun kun davomida tinim bilmas ekan, u hech qachon boy bo’lolmaydi.

Genri Ford:

-         Dunyodagi eng qiyin yumush o’z kallang bilan fikr qilishdir. Shu bois ham bu ish bilan juda kam sonli kishilar shug’ullanishadi.

Bernard Shou, yozuvchi :

-         Kamdan – kam odamlargina yiliga bir yoki ikki marta o’yga toladilar. Men dunyoda haftasiga bir yoki ikki marta o’ylaganim bois mashhur bo’ldim, deb o’ylayman.

Aristotel Onassis :

-         Dunyodagi eng asosiy narsa puldir. Ularga egalik qiluvchilar esa hozirgi zamonimizning qirollaridir.

-         Biznesdagi eng qiyin vazifa ilk 5000 dollarni ishlab topishdir. Keyinchalik birinchi millionlarni ham.

-         Siz pullar to’g’risida kecha-yu Kunduz o’ylashingiz lozim. Xuddi mening singari pullar, hatto tushlaringizga ham kirib chiqishi kerak.

-         Agar pullaringiz bo’lmasa, qarz oling. Hech qachon kam miqdorda ko’rmang. Birdaniga katta miqdorda qarz olib va tezda qutuling.

-         Kam uxlashga harakat qiling. Agar har kuniga 3 soat uxlasangiz, u holda yiliga butun bir haftani iqtisod qilgan bo’lasiz.

Robert Kiyosaki :

-         Modomiki, pul siz uchun birinchi o’rinda emas ekan, u hech qachon qo’lingizga ham tushmaydi. Demak, qo’lingizda pul bo’lmas ekan, u holda pul ham , puldor kishilar ham sizdan yiroqroq yurishga harakat qilishadi.

Jozef Kennedi:

-         Millionlarni ishlab topish uchun qo’pol, ayyor, qahri qattiq bo’lishingiz lozim. Buning ustiga, itdek ter to’kishingizga to’g’ri keladi.

-         Hayotda kim bo’lishing meni, umuman, qiziqtirmaydi. Asosiysi, birinchi bo’lishingdir. Ikkinchi bo’lish yomon. Eng asosiysi, g’alaba qozonish. Ikkinchi, uchinchi bo’lma, faqat yutish, yutish va yana yutishni o’yla.

Stavros Niarxos :

-         Millionerlar pul qadrini yaxshi bilishadi. Shu bois, ularning etagidan mahkam tutishgan. Hamma millionerlar xasisidirlar. Xasislik esa ular hayotining bir bo’lagidir. Masalan, Pol Getti uyiga mehmonlar kelganida, uning shaxsiy telefonidan foydalanmasliklari uchun pulli Avtomat – telefon o’rnatgan. Arisstotel Onassis esa faqat o’zining aviayo’nalishlarida uchgan. Shaxsan men mehmonxonaga xarajat qilmaslik uchun shaxsiy yaxtamda tunayman.

Pol Getti:

-         Katta miqdorda pul ishlab topishning yagona yo’li avvalo o’z ishini ochishdir. Kimgadir tobe bo’lib ishlagan chog’ingizda hech qachon katta o’ljadan umid qilmang. O’z yo’lingizni izlang. Odamlar sotib ololmaydigan yoki katta qiyinchiliklar bilan topib, sotib olishi mumkin bo’lgan mahsulot ishlab chiqaring.

-         Yuz kishining mehnati va say – harakatlari bilan bir foizlik daromad olsam-da, bu o’z kuchim va mehnatim evaziga keladigan yuz foizlik foydadan yaxshiroq.

-         Milliarder bo’lish uchun avvaloomad, bilim, mehnatga layoqat, eng asosiysi, milliarder xalqiga xos bo’lgan xislatlarni o’zingizda mujassam etishingiz kerak. Ushbu xislatlarga maqsad sari intilish uchun zarur bo’lgan barcha fazilatlar kiradi. Bular sizni o’zgartira oladi.

Uyen Xayzenga:

-         Shartnoma, go’yo qizlar ortidan yurishdir. Qo’lga kiritmaguncha, unga ergashaverish va yetishishga zo’r berib harakat qilishdir. Qiz senga rozilik beradi-yu, g’oyib bo’ladi. Ayon bo’ladiki, ortiqcha urinib yuborgansan. Shartnomalarga ham haddan ziyod urinma. Aks holda ularni barbod etishi mumkin.

Napoleon Xill:

-         Eh, pulga ham qiz kabi yalinasan, yolvorasan.

Garoldson Lafayet Xant:

-         Butun hayotim davomida yuzdan ortiq kompaniyalarga asos soldim va ularni boshqardim. Bugun kamina kuniga 4 million dollar ishlab topmoqdaman. Umrim davomida to’plagan tajribamdan kelib chiqib aytamanki, maqsadga erishish uchun to’rt xususiyat zarur. Birinchisi, nimani hohlayotganingizni aniqlab oling. Ko’pgina kishilar bu ishni amalga oshirmaydilar. Ikkinchisi, siz sarf etadigan mablag’ni belgilab oling. Uchinchisi, bu pullarni to’play olishingizga o’zingizni ruhan tayyorlab boring. To’rtinchisi, aniq bo’lgan mablag’ni to’plab ishga kirishing. Ko’pgina kishilar o’z maqsadlariga yetishishi uchun lozim bo’ladigan mablag’ni to’plamay yarim yo’lda qolib ketadilar.