Kitobxon nigohidagi Kanal - @Bookvamper
#kitobxon_nigohidagi_kanal.
Kanal nomi: Bookvamper (Kitobsimuruvchi)
Kanal tashkil qilingan vaqt: 2019 – yil 7 noyabr.
Kanal ta’sischi va asosiy admini: Samandar Erkinjonov
Kanal haqida ilk taasurot: Kanalni ochib boshidan o’qir ekanman, oddiy kitobxonning o’z fikrlari va qiziqishini boshqalarga tavsiya qilayotganini sezdim. She’rlar, taqriz, kitob o’qish davomidagi o’z fikrlari va eng muhimi mumtoz adabiyot haqidagi va ulardan namunalar keltirilgan. Faqat boshida kerakli ma’lumotlarni saqlash vazifasida bo’lmagani xursand qildi. Ilk taasurotim yana media (rasm, videova shu turdagilar) bilan ishlashning kuchli ekanligidadir, buni men ham orzu qilib qoldim.
Kanalga qo’yiladigan postlar kunlik umumiy normasi: kanal ochilganda- 1-2ta hozirda esa 2-4ta post.Mayning oxiridan avgust oyigacha postlar qo’yilmagan.
Taqrizlar haqidagi umumiy xulosa:Taqrizlar ko’plar o’qigan va bilgan kitoblardan yozilgan. Taqrizlari haqida qisqacha shuni ayta olamanki, har bir asar bo’yicha ukam Samandar izlanishi doimo bilinib turadi. Chunki har bir taqrizga mos epigraf, mos kirish so’zi va o’z fikrlarini tizimlab joylashtirib borgan. Ba’zi kamciliklarini aytmasa, ajoyib taqrizlar. Taqrizlarni bu darajada yozolmayman, ammo unda murakkablashish zarur emas deb bilaman. Ba’zi taqrizlarida murakkablashganida asosiy goya sedan chiqqan. Ammo bunday postlari juda kam. Ba’zilarida ramzlarga e’tibor berilgan, voqealarni asarga bog’lashga harakat qilingan, ammo buni kitobiga mos qo’llash kerak. Bularning hammasi o’z fikrim, agar xafa qilgan bo’lsam uzr, agar yana qo’shimcha fikrlar bo’lsa gaplashamiz. Eng muhimi hikoya targ’ibotchiligining borligi meni quvontiradigan hol. Taniganlarim orasida Samandar ukam ko’p hikoyalarni tavsiya qiladi.
Kanalda eng ko’p bir xil post: bunday postlarni yo’q desa ham bo’ladi, chunki har bir post o’zgacha, chunki bir xillikka e’tibor berilmagan. Taqriz. Undan keyin esa o’qiyotgan kitoblaridan parchalar, fikrlar, faktlar qo’yilgan. Yana ajoyib ma’lumotnoma va elektron kutubxona ham shakllantirilgan.
Kanal nomi haqida fikrim: Kanal nomi kitob simuruvchi mos qo’yilgan. Agar adashmagan bo’lsam o’zining “ Hayot charog’boni” guruhida loyiha nomi bo’lgan edi, yosh kitobxonga tayyorlanuvchilar uchun loyha nomi edi. Keyinchalik uning kitobxonlardagi etaloniga aylnadi, ammo uni Instagramda sezardik.
Kanalda kutilmagan post: kitobxonlik haqida, undagi ko’plab kitobxonlar bilmaydigan jihatlardagi postlari. Yana faktlar ham ajoyib, menga juda yoqdi. To’g’risini aytsam ba’zilari haqida bilmayman ham. Yana kitobni futbol bilan birga tavsiya qiladigan ukamiz-da ayniqsa men uchun kutilmagan post – bu adekvatlik haqidagisi bo’lgan edi.
Kanal uchun taklif qilingan noan’anaviy loyiha: kanalda hikoya va kitoblar va hikoyalar triosi ajoyib. Ammo guruhda nomiga biroz mos Vampirlar haqidagi faktlar va kitoblari haqida postlar joylansa har holda mistika va fantastikaga qiziquvchilar ko’payar.
Kanalning boshqa kanallardan farqi : To’g’risi unchalik sezilmadi, chunki Bookvampirning o’z uslubi shakllanmagan, buni ustida ishlashini hohlayman. Chunki boshqa kanallardek taqriz va ajoyib gaplar bor. Farqi sifatida bilmagan va eshitmagan kitob haqidagi faktlarni aytish mumkin. Ukamga maslahat sifatida o’z usubini ishlab chiqish maslahat beraman. Bu shunchaki aka sifatidagi taklifim. Eng yaqqol ayniqsa avgustdagi ukamni qayta qaytishidan keyin sezgan farqim kunora yoki haftasiga kitoblar, kitobxonlik borasidagi so’rovnomalarning o’tkazilishi yaqqol farq bo’ldi. Bu endi endi sezila boshlanayapti, yanada ustida ishlasa ajoyib kanallardan biriga aylanadi.
Kanalning ko’zga tashlangan kichik kamchiliklari: kamchiliklar oxirgi paytlarda postlar soni kamaygan, maslahatim kunlik norma ishlab chiqish kerak va kuniga 2 tadan 4tagacha post qo’ygan maqul. Bundan boshqa kamchilikni ko’rmadim, qo’shimcha mavzudagi postlar yo’q, menimcha bo’lish kerak. Eng muhimi kuchli kanalllardagidek o’z fonini yaratish kerak, bu hammasida kanalning fonida ham, qo’yiladigan rasmlarida ham bo’lsa ajoyib bo’ladi. Chunki men ham shuni harakatidaman.
Kanalni hurmat qilib yakuniy xulosam: tepada ba’zi joylarda o’rinsiz tanqid qilgan bo’lsam uzr so’rayman. Shunchaki guruhdan tanigan va qadrdon ukamga aylangan Samandarning kanali menga yoqdi. Juda ham, ammo kitobxon sifatida kamchiliklarini aytmoqchi bo’ldim. Kanalni doim kuzataman, postlarni Facebook, Instagram va telegramda ulashishiyaxshi, ammo o’z guruhini biriktirsa, unda kitobxonlarni fikrini kanal a’zolari ham kuzatsa baribir kamchiliklarini bilish va tuzatishga muhim o’rin hisoblanadi deb o’ylayman. Kanal ba’zi kanallardan ko’ra yaxshi, chunki kanaldan bilim va ma’lumot olish eng muhim jihatdir. Bookvamper kanalini o’qib ma’lumot ham tavsiya ham, hatto bilim ham olishingiz mumkin. Kanalni bilmaganlarga tavsiya qilaman, bilganlarga esa bilmaganlarga tavsiya qilishni. Ilk loyiha, ilk fikrlar bo’lgani uchun kamchiliklar bo’lsa uzr so’rayman. Yangi savollar va xususiyatlar bo’lsa, kament yoki Samandar ukamning kanalidagi botga murojaat qilishingiz mumkin.
Kamentda o’z fikrlaringizni bildiring, yana qanday jihatlarni hisobga olishimiz haqida takliflaringiz bildiring, sizlardan bo’lgan takliflarga mos o’zgartirishlar qilamiz.
Kanalga a’zo bo’lmoqchi yoki kuzatmoqchi bo’lganlar uchun manzil: https://t.me/Bookvamper.
Loyihaning o’tkaziladigan kanal manzili: https://t.me/Tav_uz
P.S. loyihada kuzatilishni hohlovchi kanallarning egalari bo’lsa @Tavsiyauzmuloqot_bot ga yoki @ElHamrayev ga murojaat qilishingiz mumkin. Unutmang kanalingiz haqidagi fikringiz oddiy kitobxon sifatida, kanali bor, aqllilik qilgisi kelgan inson sifatida. Sizda borini aytaman, o’zimdan qo’shmayman, chunki men ham sizdek oddiy odamman.