O’zingizni o’qishdan to’xtata olmaydigan 11 ta zamonaviy detektiv romanlar.
#Tavsiya.uz_kitoblar_ro’yxati.
Detektiv qisqacha tarixi: Detektiv - nisbatan yosh janr hisoblanadi. U 19-asrning o'rtalarida Realizm va gotikaga bo'lgan muhabbat mevasi sifatida paydo bo'ldi, keyin juda mashhur bo'lib ketdi va o'sha paytdan beri o'z pozitsiyasida qat’iy turibdi. Yaponiya sirli detektivi, Amerikaning ekzistensial triller va Skandinaviyadagi kuchli ijtimoiy psixologik trillerning paydo bo'lishi va ingliz jumboq detektivlarining davom etayotgan an'analari detektiv hikoyalar va uslublari jihatidan qanchalik xilma-xilligini buni aniq ko'rsatib turibdi.
Biz 2000 - yillarda nashr etilgan o'n bir detektiv asarni tanladik, ular "Poezddagi qiz" yoki "Yo’qolgan qiz" singari kitob xitlaridan hech qanday kam emas va zamonaviy janr ustalari Dennis Lixeyn, Yu Nesbyo, Xenning Mankell va Robert Galbrayt gegemonligini yo’q qila oladi deb o’ylaymiz.
1. Joel Dikker “Garri Kvebert ishi to'g'risidagi haqiqat” (“Правда о деле Гарри Квеберта”) – Bu kitob zamonaviy syujetlarga mos bo’lgan detektiv asar. Unda psixologik triller asarlari bor.
2. Jon Verdon “Raqamni taxmin qiling” (“Загадай число”) – detektiv Deyv Gurni bir do’stiga begonalardan kelayotgan tahdidli xatlarni izini qidirib boshidan kechirgan sirli voqealar yoritilgan.
3. Gillian Flinn “ O’tkir narsalar” ( “Острые предметы”) - bu asar Chikagoda yashaydigan o’ziga zarar yetkazish va alkogollikdan qutulish yo’lini izlayotgan og’ir psixologik muammolarga duch kelgan journalist qizning o’ldirilishi va yo’qolib qolishi siri haqidagi asar.
4. Robert Makkammon “ Tungi qushlar ovozi” ( “Голос ночной птицы”) - asar voqealari 1699 – yilda Karolina shtatida bo’lib o’tgan voqea haqida. U yerda bir ayol o’z erini o’ldirish va shayton bilan aloqa qilganlikda ayblangan ayolni qutqarish uchun ulg’aygan o’spirin Metyu Korbett detektivga aylanadi. Asarda sarguzashtlar,romantikalar, sirlar va fitnalarga boy asar.
5. Kurt Aust “ Qiyomat kuni” ( “Судный день”) - asar voqealari Norvegiyaning sovuq joylarida bo’ladi. Bir necha kishi 1699- yilning yangi yil bayram arafasida qulflangan mehmonxonadan son – sanoqsiz murdalar topiladi. Uning sirlari ochilishi qiyin sarguzashtlarini boshdan kechirdi.
6. Keyt Atkinson “ O’tmishdagi jinoyatlar” ( “Преступления прошлого”) – bu asar uchta oilaning fojeasi yoritilgan asar edi. Juda ham g’amgin va fojeali asar hisoblanadi.
7. Jess Uolter “ Qabristonlar ustidan” (“Над осевшими могилами”) - shaharda qotil paydo bo’lib, u foxishalarni aldab olib kelib qo’rqinchli tarzda tikka qo’yib o’ldiradi. Buni ochishhda esa sirlar va chalkashliklar bo’ladi.
8. Parker Bilal “ Oltin tarozilar” ( “Золотые весы”) – asarning qahramoni Makana ismli sudanlik qochqini haqida. U Qohirada xususiy detektivlik bilan shug’ullanadi, puldan qiynalgani uchun har qanday ishni qilishga majbur bo’ladi. Unga boy odamning taklifidan qiziqarli sarguzashtlar boshlanadi.
9. Elli Griffits “ Kesib o’tish” ( “Переправа”) - bu asar yozuvchining mashhur qilgan asarlardan biri. Bunda marosimdagi qotilliklar, g’amgin va kulguli Rut jozibasi va hayratlanadigan ingliz manzaralari jamlangan ajoyib asar.
10. Deon Meyer “ O’n uch soat” (“Тринадцать часов”) - bu afrika detektivida katta burilish qilgan asar. Bu asar qahramoni xalqlararo nizolarni oldini oluvchi inspector Grissel haqida. U o’zining faoliyati bilan JARdagi nizolarni hal qilishi bilan davlatdagi manzarani ko’rish mumkin.
11. Ferdinand fon Shirax “ Kollini ishi” - bu romanda yozuvchi jazo va adolat o’rtasidagi farq masalasini noziklik va bosiqlik bilan ko’taradi.
@tavsiya.uz