Doctor's mind kanali haqidagi fikrlarim.
#kitobxon_nigohidagi_kanal.
Kanal nomi: Doctor”s mind (Doktorning fikrlari, o’y - hayollari )
Kanal tashkil qilingan vaqt: 2020 – yil 1 - fevral.
Kanal ta’sischi va asosiy admini: Dildora Karimova
Kanal haqida ilk taasurot: Kanal ilk ochilganidan o’qib kelarkanman, o’qigan kitoblaridan iqtibos, parchalar qo’yilgan oddiy kanalardan biri bo’lib rivojanganini ko’rdim. Keyinchalik esa o’zidagi qiziqarli electron kitoblarni ulasha boshladi. Keyinchalik o’z fikrlarini ulasha boshlashi bilan o’zining yo
Lini topa borgan. Kanal ochilganidan boshlab faqat kitoblar bilan tanishtirish fikri borligi sezilgan Media bilan ishlash salohiyati zo’r.
Kanalga qo’yiladigan postlar kunlik umumiy normasi: kanal ochilganda- 2-3ta hozirda esa 3-4ta post. Kanal ochilganidan beri postlar uzluksiz qo’yib borilgan va bu kanalni faolligini ko’rsatgan.
Taqrizlar haqidagi umumiy xulosa: Kanalda deyarli taqrizlar yo’q, asosan o’qish davomidagi kino haqidagi fikrlarini ulashib borgan. Shunda ham asarning ma’lum bir qismidagi uyg’ongan o’zining fikrlarini yoritgan. Bu esa kanal nomiga mos fdoltorning fikrlari ekanligini tushunishga imkon beradi. 29 – apreldan boshlab o’qigan kitoblari bo’yicha taqrizlar qo’ya boshlagan. Bularni taqriz deyish unchalik to’g’ri emas, chunki unda o’z fikrlari juda kam bo’lib, ko’proq kitob haqidagi ma’lumot beradigan taqrizga o’xshab qolgan. “ Qahva “ hikoyasiga yozilgan taqriz esa yaxshi taasurot qoldirdi. Yana shunday postlar qo’yilganki, o’qigan kitobi bo’yicha ma’lumotlar ham berib borgan. Kanalning yoqqan jihati rasmlarning kitoblar bilan ajoyib uyg’unligi. Fikrlarni o’qib boorish davomida fikrlari kaligi ham sezilgan. Men kanal adminiga shuni tavsiya qilgan bo’lardimki, professional darajadagi taqrizlarni ko’paytirish va o’z fikrini ko’proq ulashishni. Bu esa kanalning saviyasini yanada kuchaytiradi. Yana kanalda fikrlarning umumiy skeletini ko’rish imkonini beradi. Menimcha bitta kitob haqidagi umumiy fikrlar fikrlarning ajoyib yig’indisi bo’lgan bo’lardi. Kanalda boshqa guruh va kanallardan olingan taqriz va postlar ko’p.
Kanalda eng ko’p bir xil post: bunday postlarni yo’q desa ham bo’ladi, ammo mediadagi bir xillik biroz o’ng’aysizlik uyg’otadi. Masalan, biron kitob haqidagi netdan olingan rasmlar turfa xilligi biroz yetishmayapti. Kitoblar haqidagi fikrlarda kreativlik ya’ni o’zgacha munosabbatlar qilish vaqti keldi deb bilaman.
Kanal nomi haqida fikrim: Kanal nomi Doktor fikrlari deb nomlanib uning postlarga mos ekanligini bilishimiz mumkin. Menimcha shifokor emas, balkim hayot haqidagi fikrlari juda ko’p. shuning uchun shifokrolarning kitobxonlarning fiziologik holati haqidagi ajoyib fikrlar bo’lsa yaxshi bo’lardi. Doktorning fikrlari yetishmayotgandek.
Kanalda kutilmagan post: kitobxonlik haqidagi chiroyli rasmlarni kutilmagan deyishim mumkin. Ammo kutilmagan postlar soni juda kam. 15 iyundan 20 iyungacha faqat reklama qo’yilishini minus tomonga kutilmagan post deyish mumkin. Yana shifokor yozuvchining kitobidan parcha ham menga yoqdi. Shunday postlarni ko’paytirish kerak.
Kanalning boshqa kanallardan farqi : To’g’risi unchalik sezilmadi, chunki Kanalning o’z uslubi shakllanmagan, buni ustida ishlashini hohlayman. Deyarli men bilgan kitobxonlik kanalalridan deyarli farq qilmaydi. Menimcha yanada qiziqarli ruknlar hosil qilish kerak. Boshqalarda bo’lmagan farq “ 100 asosiy kitoblar” to’plamidan keltirilgan parchalardir. Yana ba’zi fikrlar va shaxsiy tavsiyalari bilan biroz boshqa kanalardan farq qilib turgan edi. Yana ko’plab kitoblardan ko’p parcha keltirilgan, o’z fikrlarini ko’paytirishi kerak deb hisoblayman.
Kanalning ko’zga tashlangan kichik kamchiliklari: Kanalda bir xil postlar juda ko’p, 500dan ortiq uchastnikingiz uchun yangicha o’zgarishlar qilish vaqti keldi deb hisoblayman. Tarjimonlik qobiliyatingizni sezgan holda yanada qiziqarli postlar qilishingiz maslahat beraman. To’g’risi aka sifatida aytaman endi dangasalik qilishni yig’ishtirshni va shu yo’lni tanladingizmi oxirigacha boring deyman. Yana bayram haqidagi oddiy ko’chirilgan postlarni ham kamaytirish tarafdoriman. Kanalda o’z aytar so’zingiz sezilmagan, to’g’risi o’z uslub va holatingizni shakllantiring va kichik qiziqarli loyihalar ham qilib turing.
Kanal uchun no’ananaviy taklif: Shifokorlar haqidagi kitoblarni ham ulashishni maslahat beraman, unday kitoblar juda ham ko’p kitoblar bor. Yana shifokorcha median yaratsa, o’zining media brendini yaratsa kanalning obro’si yanada ko’tariladi. Yana ajoyib bir rukn – “Sizningcha qaysi asarda doktorlar aytilgan” qilishni amalga oshirsangiz ajoyib bo’ladi.
Kanalni hurmat qilib yakuniy xulosam: Kanalning postlari ajoyib, ba’zi postlarda imlo xatolarni ham kuzatishimiz mumkin. Men kanalda ajoyib pozitiv qizning kitobblogini kuzataman. Uni saqlagan holda yangicha o’zgarishalar qilishingizga ishonaman. Kanal uchun logo yarating, va uning turfa xilini postlarda ham ulashib boring. Men sizga oddiy kuzatuvchi kitobxon sifatida fikrlarimni bildirdim. Taqriz qo’yishdan to’xtamang va taqriz yozish bo’yicha tajribangizni mustahkamlang. Sizga yakuniy xulosam shulardan iborat.
Sizga yuborilgan savollar: negadir oyiha bo’yicha savollar kelmayapti, tanishlarimdan kelgan ikkita savol bor xolos. Iltimos kanalni kuzatib o’z savollaringizni yuboring. Kanalga yuborilgan savolga javoblarni Admin kamentda javobini yozib yuborishlari yoki audioformatda ham yuborishlari mumkin.
1 savol. Siz shifokormisiz, qaysi sohadagi shifokorsiz?
2 – savol. Siz hozirgacha qaysi kitobni kech o’qiganingizdan afsuslangansiz?
Kamentda loyihamiz bo’yicha o’z fikrlaringizni bildiring, yana qanday jihatlarni hisobga olishimiz haqida takliflaringiz bildiring, sizlardan bo’lgan takliflarga mos o’zgartirishlar qilamiz.
Kanalga a’zo bo’lmoqchi yoki kuzatmoqchi bo’lganlar uchun manzil:
Loyihaning o’tkaziladigan kanal manzili: https://t.me/Tav_uz
P.S. loyihada kuzatilishni hohlovchi kanallarning egalari bo’lsa @Tavsiyauzmuloqot_bot ga yoki @ElHamrayev ga murojaat qilishingiz mumkin. Unutmang kanalingiz haqidagi fikringiz oddiy kitobxon sifatida, kanali bor, aqllilik qilgisi kelgan inson sifatida emas. Sizda borini aytaman, o’zimdan qo’shmayman, chunki men ham sizdek oddiy odamman.