November 26, 2020

Uzun tilli milliarder.

#Dunyo_boylari_tarixi.

Uzun tilli milliarder.

Sun Microsystems rahbari Skott Mak Nili – biznesda boshqaruv ishining ustasi. Shuningdek, u bugungi bozor talablarini yaxshi tushunishi bilan ham bo’yicha dunyo miqyosida yetakchilaridan biriga aylandi. Uning yillik savdo hajmi 14 milliard dollarni tashkil etadi. Mak Nili ishni qanday boshqarish lozimligini erta tushunib yetgan. Kompyuter sohasida u qadar kurashchi odam topilmasa kerak. Mak Nili Imb Oracle Netscare Apple kabi yirik armiyaga tayanib ish ko’radi. Ular javara ishonib, uni kompyuter tilini tushunuvchi sifatida tan oladilar. Navbatdagi vazifa Windowsni“ sindirish”, hech bo’lmaganda uning ta’sirini kamaytirishdan iboratdir. Java tili endi barcha kompyuterlar tiliga aylanishi kerak…

Skott Mak nili 1954 – yili 13 – noyabrda Kolumbus shahrida dunyoga kelgan. U Detroyt shahrida ulg’aydi. Bill Geyts kabi Skott ham eng yaxshi xususiy maktabda ta’lim oldi. Bo’lajak magnat sportga ko’proq qiziqar, “ ikkichi” degan nomni olmaslik uchungina zo’r – bazo’r o’qirdi.

O’rta maktabda tehsil olib yurgan kezlarida matematika fanidan besh baho olganidan so’nggina o’zgardi. U Xarvard universitetiga kirish uchun tayyor edi. 1972 – yili ana shu ilmgohning iqtisodiyot fakultetiga o’qishga kirdi (Bill Geyts Xarvard universitetiga Mak Nilidan bir yil keyin o’qishga kirgan, ammo ikkisi ham u yerda uchrashganini eslay olmaydi).

Mak Nili kirish imtihonining ijodiy ishida 1950 – yillarda avtobus ishlab chiqarishni nazorat qilib bo’lmasligini bayon qilgan edi. U hukumatning bu ishini qoralab, ishlab chiqarishni nazorat qilib bo’lmasligini qayd etgandi.

1975 – yili Mak Nili o’qishni tamomlagach, o’z baxtini izlab yo’lga tushdi. U motosikllar uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi kompaniyaga ishga kirdi. Bo’sh vaqtlarida motosikl yukxonasi uchun plastic chizg’ich yaratib, kompaniya daromadini bir necha baravar oshirishga erishdi. O’sha vaqtlarda Mak Nili Stenford biznes maktabiga hujjatlarini topshirar, ammo ikki safardan buyon unga rad javobini berib kelishayotgandi. 1978 – yildagina u biznes maktabida o’qishga loyiq, deb topildi. Kurdoshlari raqamli texnologiyalarda o’z omadini sinab ko’rayotgan bir paytda u yana avvalgi ishiga qaytishni o’ylardi.

Maktabni tamomlagach, o’qituvchisi Raduel undan yordam so’rab murojaat etmagunicha o’zini bir qancha ishda sinab ko’rdi. O’qituvchisining Opux nomli kompyuter sohasiga asoslangan firmasi bo’lib, u ishlab chiqarish bo’yicha boshqaruvchiga ehtiyoj sezayotgan edi. Ushbu hodisani Mak Nili keyinchalik xuddi shunday eslaydi:

-         Men kompyuter haqida mutlaqo tushunchaga ega emasdim. Ammo bu ish unchalik murakkab emasligini ich – ichimdan his qilganman.

Xuddi o’sha yili kursdoshi Vinad Xolms qo’ng’iroq qilib, uni o’zaro hamkorlikda kompaniya tuzishga chaqirdi. Shu tariqa Sun Microsystems kompaniyasi dunyo yuzini ko’rdi. Kompaniya dunyo yuzini ko’rdi. Kompaniya kompyuterlar uchun stansiyalar ishlab chiqarishga mo’ljallangan edi. Avvaliga Mak Nili vitse – president lavozimini egalladi. U yaqin vaqt ichida rahbarlik kursisiga o’tirishini xayoliga ham keltirmasdi.

Sun Microsystems faoliyatini boshlagan yangi firmalar kabi gullab – yashnadi. 1992 – yili kompaniyaning yillik aylanmasi 3 milliard dollarga yetdi. 27 – yoshida Mak Nili kompyuter biznesida kurashchi sifatida namoyon bo’ldi. 1995 – yili uning dastur tili bo’lmish Javaci Windows va Intel hukmronligiga barham berdi. Kompaniya daromadi ayni paytda internet va koorporativ tarmoqlar uchun serverlar sotish hisobiga ham oshmoqda.

1999 – yili Sun Microsystems sotuv hajmi 13 mlrd. Dollarni tashkil etgan edi. Oxirgi ikki yil ichida kompaniya aksiyalari 9 martaga oshdi. Umumiy mablag’ 170 mlrd. Dollarga yetdi. Mak Nili boshqaruvi ostida Sun veb brauzerlardan tortib mahsulot saqlashgacha o’z biznesini kengaytirdi. 2000 – yili kompaniya elektron savdo uchun o’z dasturini taklif etdi. Uzun til va qaltis harakatlar Mak Nili boshqaruvining asosi bo’lgan/ shu bilan birga u ishchilar qo’llariga suv purkovchi o’yinchoq to’pponcha olib, otishmani boshlab yuborishardi. 1 – aprel kuni bu yerda nimalar bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.

Skott Mak Nili qulay vaziyat bo’lishi bilan Bill Geyts sha’niga luqma tashlashni xush ko’radi. “ Dunyoga Geytsdan nima naf ?” Bu – uning birinchi raqamli milliarder to’g’risida bildirgan fikrlaridan biri. Fortunera bergan intervyusida esa shunday degan:

-         Men zavodni sevaman. U yerda biznesimning asosi yotadi. Ya’ni, ishlab chiqarish. Odamlarni kompyuterlar qanday tuzilgani emas, balki ularni kim yasagani ko’proq qiziqtiraradi.

Sun Microsystems sobiq xizmatchisi u haqida shunday deydi:

-         Uni aqlli deb bo’lmaydi. U faqat harakatchan. Ba’zida miyani ishlatib o’tirishdan ko’ra, ishni yaxshi bajargan ma’qul, deb hisoblaydi. Men ham uning uslublaridan nusxa ko’chirishga harakat qilaman.

Ayni paytda Mak Nilining 13 milliard dollarlik mablag’i bor(2006).