Tom Monagen - “ Domino Pissa” trans milliy korporasiyasi asoschisi.
#Dunyo_boylari_tarixidan.
Bugundan sizga dunyoga mashur bo’lgan boylarning boyiguncha bosib o’tgan taqdiri, sinovlari bilan ulashib boramiz. .
Tom Monagen - “ Domino Pissa” trans milliy korporasiyasi asoschisi. U 6ta doktorlik unvoni hamda 1984- yilning ishbilarmoni maqomiga ega. Monagen o’z hayoti mobaynida doimo faylasuf Makiavellining “ O’ldir, bo’lmasa, seni o’ldirishadi” shioriga amal qilib kelgan…
Orzular ortidan.
U o’ziga, boshqalarga, Xudoga va issiq, mazali, tezda uyga yetkaziluvchi pissagagina ishonadi. Orzular ortidan tin olmay chopgani bois chinakam ishbilarmon va islohotchiga aylandi.
Monagen shaxsiy hayotidagi va biznesidagi muvaffaqiyatsizlikni tezda yuragiga oladi. U bir necha bor yiqildi va o’rnidan tura olishga o’zida kuch topdi. “ Domino” ilk ish boshlagan vaqtlari dahshatli yong’inni boshidan kechirgan. Yong’in do’kon va unga tegishli hujjatlarni yo’q qildi. Uch bor inqiroz botqog’iga botdi. Besh yil davom etgan sud jarayonlari, uch hamkorining kompaniyani tortib olish maqsadida qilgan xiyonatini ko’rdi. Monagen bu qiyinchiliklarni bartaraf qildi va “pizza qiroli” sifatida muvaffaqiyat cho’qqisini zabt etdi. Milliarder bunga baxtsiz bolaligi, moliyaviy manbalarsiz, qariyb ma’lumotsiz erishdi.
U ishni boshlashdan avval xaridorlar taklifi bilan qiziqdi. Garchi raqobatchilari bu loyiha moliyaviy jihatdan arzimasligini va ortiqcha harakat qilish o’rinsizligini aytgan bo’lsa-da, u oxir – oqibat, xonadonlarga issiq, mazali pizza yetkazib berish fikriga kelib to’xtadi. Tom Monagenning asosiy fikri pizzani 30 daqiqa ichida yetkazib berish kafolati edi. U kechikkan pizza uchun xaridorga taomni arzonroq berishini ham va’da qilgan.
Shaxsiy hayoti.
Tom Monagen 1937 – yil 25 – martda Michigan shtatida dunyoga kelgan. Oradan to’rt yil o’tgach, bolakay otasidan judo bo’ldi. Endi yetimxona uning doimiy uyiga aylandi. Maktabgacha turli xil tarbiyalanuvchilar uylarida yashab yurdi.
1960 – yil 23 yoshni qarshi olganida, akasi 900 dollar qarz evaziga shtatdagi “Dominik” do’konini sotib oldi. Do’kon pizzalar bilan savdo qilardi. Akasiga Folksvagen avtomashinasini bir yil davomida haydab yurishi mumkinligini aytgach, bu ish bilan shug’ullanishga rozi bo’ldi. 1965 – yili do’kon nomini “ Domino”ga o’zgartirdi va o’quv yurtlari atrofida uchta do’kon sotib oldi. Bu anchayin ta’siri kuchli taklif edi. Talabalar uchun universitet qoshida issiq, to’yimli uy taomlari tushdek bir gap.To’g’ri, pizza uy ovqati o’rnini to’liq bosa olmasa-da, ammo bir qator imkoniyatlarga ega edi.
Qiyinchiliklarni yengib.
Bo’lajak magnat do’konda sovigani uchun qolib ketayotgan pizzalar ustida bosh qotira boshladi. Shunday qilish kerakki, xaridorlar tezda issiq taomni olishlari va do’konda birortayam ortiqcha pizza tayyorlanmasligi lozim. Shunda mahsulotlarni xaridorning taklifi bilan uylariga eltib berish fikri paydo bo’ldi. Bu loyiha Tomga millardlar keltirgan bo’lsa, boshqalarga bir qator qilaylik va yangi – yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Bu vaqtga kelib ikki raqobatchisi bilan kurashishga ham to’g’ri keldi. Inqiroz 1966 – yilda hamkorlaridan biri uni anchagina qarz girdobida qoldirib ketgach boshlandi. Shundan so’ng Tom ishni o’z qo’liga olishga qaror qildi.
1968 – yilda bo’lib o’tgan yong’in inqirozlar ketma – ketligini keltirib chiqara boshladi. Undan boshqa odam bo’lganida allaqachon ishni tashlab ketardi. Monagen esa 1969 – yilda bankdan olingan qarz evaziga 32ta do’kon ochdi. Bular uning loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlarning debochasi edi. Ammo kompaniya shu bilan inqirozdan qutulmadi. Aksincha, 1970 – yilda “ Domino”ni moliyalashtirayotgan bank kompaniyani o’z tasarrufiga o’tkazdi. Tomni esa uning prezidenti sifatida qoldirishdi. Chunki u kompaniya kelajagi uchun qayg’uruvchi va kuniga 15 soatgacha ishlaydigan yagona kishi edi. 1971 – yilda bank kompaniyaning kelajagidan umidini uzib, Tomga uni qayta sotib olishni taklif qildi. Ikki o’rtada sotib olish yuzasidan shartnoma imzolandi. 1977 – yilga kelibgina Tom bankdan olgan qarzidan qutula olgan.
18 soatlik ish.
“ Dominik”ni “ Pizza Tayger” nomiga almashtirgach, Monagen o’ziga bir yilda uch marta dam olish kunini belgiladi. Dastlabki o’n yil mobaynida ertalabki soat o’ndan keying kunning to’rtigacha ishlardi.
Monagen uyga pizza yetkazib berish bo’yicha dunyodagi eng yirik kompaniyaga asos soldi. Bunda oddiylik va foydalilik tamoyillariga amal qildi. U xot – dog yoki boshqa mahsulotni tanlamadi. Pizzani yarim soat ichida tayyorlash va asosiysi, uyga yetkazib berish har kimning ham qo’lidan kelavermasligini inobatga olib, shu ishga qo’l urdi. 1989 – yildagi raqamlar Amerikada pizzalarning yarmini “ Domino” ishlab chiqarishini ko’rsatdi. 1993 – yilda kompaniyaning 6000dan ortiq do’koni bo’lib, uning yillik daromadi 33 milliard dollarni tashkil etgandi.