Olibsotarlikdan boshlangan biznes.
# Dunyoboylaritarixi.
Olibsotarlikdan boshlangan biznes.
36 yoshli Andrey Derevyanchenko o’zini – o’zi kashf qilgan ostidagi maishiy texnikalar unga tegishli. Bir necha yil muqaddam Derevyanchenko Lujkov bozorida elektronika oldi – sotdisi bilan shug’ullangan. Endi esa LG va SAMSUNG kabi magnatlar bilan basma – bas raqobatlashmoqda. 2004- yilda uning “ Golder elektroniks” kompaniyasining yillik daromadi 100 million dollarni tashkil etgandi.
Sobiq qo’riqchi, 1991 – yili iste’foga chiqqan 21 yoshli leytenant Andrey endi nima ish bilan shug’ullanishi to’g’risida bosh qotira boshladi. Oxir – oqibat, qo’riqlash agentligiga ishga kirdi. U uch kunda bir marta navbatchilik qilar, qolgan paytlarda bekorchi edi. Bo’lajak magnat o’z tijoratini “ Pepsi – kola”ni besh rublga olib, o’n rublga sotishdan boshlagan.
Tez orada yangi hamkor topildi. U sinfdosh do’sti Oleg Golubin edi. 1993 – yilda tijorat ishlari ko’p vaqt talab etgani bois ishni tashlab, o’zini butunlay qahva bilan savdo qiladigan do’konga baxsh etdi. Do’konning oylik aylanmasi 5 ming dollarni tashkil etardi. Keyinchalik oyoq kiyimi savdosi bilan shug’ullanib, markazda o’z ofislarini ochishdi. Tez orada poyabzal bilan savdo qilish jonga tekkach, endigi nishon elektronika asboblariga qaratildi.
Kunlarning birida Derevyanchenkoning do’stlaridan biri ayni kunlarda televizor va videomagnitofoniga talab katta ekanligini aytib qoldi. Ishbilarmonning tanishi adashmagan edi. Aynan 1993 – 1994 yillarda maishiy texnika bozorida “ M. Video”, “ Eldorado”, “ Mir” va “ Texnosila” kabi kompaniyalar paydo bo’ldi. Barchasining ish uslubi bir xil. Masalan, mazkur kompaniya sohiblarini – maishiy texnikalarni chakana tarzda yetkazib beruvchi Columbia Int. firmasi oldida navbatga turganida ko’rish mumkin edi.
1993 – yil yoz oylarida Derevyanchenko hamkori bilan Columbiadan 10 ming dollarga maishiy texnika vositalarini sotib oldi. Keyin undan yirikroq shartnomalar ham bo’ldi. Ishbilarmonlar o’zlarining ilk savdolarini shunday eslaydilar:
- Mahsulotlar hali peshtaxtalarga qo’yilib ulgurmay sotib bo’linganini ko’rib ajablanardik.
Pullar oqib kelayotgan edi. Hamkorlar bilan yangi – yangi rejalar tuzildi. 1994 – yilga kelib Gorbushka nomli savdo markazini ochdilar.
1994 – yili firmaga o’g’ri tushdi. O’sha voqeadan so’ng hamkorlar inkassator va qo’riqchi yollashdi.
- O’shanda biznesni tashkil etish uchun bilimimiz yetmagan. O’g’irlikdan so’ngina boshqaruvchilik to’g’risidagi kitoblarni o’qiy boshladik.
O’sha vaqtda “ Golder elektroniks” mustaqil tarzda Gamburg va Venadan mahsulot sotib olib kelib, import bilan shug’ullana boshladi. Endi biznesini davom ettirish uchun ikki yo’l qolgan edi. Birinchisi – turli kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, ulardan mahsulot sotib olishni davom ettirish, ikkinchisi – o’z savdo belgisini yaratish. Ular ikkincchisini tanlashdi. Ammo tegishli hujjatlar tayyor bo’lish arafasida inqiroz yuz berdi. Aniq bo’ldiki, oxirgi oylarda foyda o’rniga zarar ko’rishayotgan ekan. Bu voqea ikki o’rtada janjal chiqishiga sabab bo’ldi. Olegning kompaniyadagi ulushini sotib olgan Andrey kompaniya tizginini bir o’zi qo’lga oldi. U Vitek loyihasini amalga oshirishga kirishdi.
- Oldinda muammo va qiyinchiliklar kutib turardi. Ammo men yangi loyiha bilan mustaqil hayot boshlagan edim, go’yo, - deydi ishbilarmon.
Yevropada ishlab chiqarilgan Vitek Austria savdo markasi 1999 – yili ro’yxatga olindi. 2000- yili esa ilk bor shu nom ostidagi mahsulotlar Rossiya bozorlariga kirib keldi.
Ishbilarmonning Avstriyani tanlagani bejiz emas edi. Birinchidan, mazkur mamlakatda Derevyanchenkoning loyihasini moliyalashtirgan yangi hamkori istiqomat qilardi. Ikkinchidan, ishbilarmon bu bilan uning mahsuloti Yevropa mahsulotlari singari sifatga ega ekanligini qayd etmoqchi bo’lgan. Choynak, dazmol, magnitofon, toster, kichik televizor, kofe qaynatgich, fen va shunga o’xshash mayda texnikalarni ishlab chiqarish rejalashtirildi. Dastlabki buyurtmalari uchun arzon narx taklif qilgan Xitoy zavodini tanladi. Ammo keyinchalik bundan afsuslandi.
- Shunday holler bo’lardiki, sifatsiz mahsulotlarni yana qaytarib Xitoyga yuborardik. Shu bois, tez orada bunga chek qo’ydim. To’g’ri, Xitoyda mahsulot ishlab chiqarish arzon. Ammo men qimmat bo’lsa-da, sifatli mol ishlab chiqarishni maqsad qilgandim.
Raqiblar, aksincha, uning bu uslubini to’g’ri deb baholashmoqda. Ana shu arzon narxi tufayli Vitek ommalashib ketdi, deyishmoqda ular.
Ishbilarmon zavodni Avstriyadan izlab topgach, reklamaga zo’r berdi. 2002 – yilda buning uchun 900 000 dollardan 1 million dollargacha mablag’ sarf etildi. 2003 – yili mahsulotning Avstriya farzandi ekanligi to’g’risidagi yorliq olib tashlandi. Ammo hali – beri unda “ Rossiyada ishlab chiqarilgan” degan yozuvni o’qish niyati yo’qligini aytib o’tdi.
- Agar hozir Rossiya, deb yozsak, mahsulotlarimiz biz kutgan natijani bermaydi. Chunki mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xalqda salbiy fikr uyg’otadi. Shu bois, tavakkal qilmagan ma’qul, menimcha.
Yangi cho’qqilarni zabt etib, 2005 – yil hisobotlariga ko’ra, Vitek mamlakat magnitola bozorining 45 foizini tashkil etdi. Derevyanchenkoning bundan keying maqsadi yanada yuksakroq.
- Samsung va LG kabi yirik kompaniyalarning Rossiya bozorlaridagi ulushini tortib olmoqchiman, - deydi u. – Endigi maqsad pul ishlab topish emas, balki o’sib – ulg’ayib, bundan ham balandroq cho’qqilarni zabt etishdir. Sotuv hajmini zabt etishdir. Sotuv hajmini ko’zdan kechirgan paytlarim joyimizda qotib turganga o’xshaymiz va bu meni g’azablantirdi.
Raqamlarga qarasak, buning aksini ko’ramiz. 2004 – yilda kompaniyaning yillik daromadi 100 million dollarni tashkil qilgan. Demak, hozircha Derevyanchenkoning tashvishlanishiga hojat yo’q.