September 1, 2020

Mixail Bulgakovning " Ityurak" asariga taqrizim.

868.   Mixail Bulgakov “ Ityurak” – mashhur rus yozuvchisi Mixail Bulgakovning bu qissasi menga juda yoqadi. Chunki unda sovet davri, uning birdan kambag’allar uchun amalga oshirgan islohotlarining oqibatlarini ko’rsatib berilgan. . Bu asarning o’ziga xosligi, oddiylik, o’sha zamonning yangiligi bo’lganligidir. Bu asarda uchta janrning jamlanmasi desak bo’ladi. Bular: ilmiy fantastika, falsafiy va ularning orasiga yashiringan satirik asar.

Bu asar juda ham ham havotir bilan qabul qilingan. Buni 1925 – yilda yozilgan bo’lsa-da, 1987 – yildagina nashr qilinganligi ham isbot hisoblanadi. Asar asosida 1988 yilda qayta qurish davrida demokratiya olib kirayapsiz shiori sababli kinosi ham suratga olindi.

Asarning bosh qahramoni bu “ Sharik” laqabli kuchuk. Unda atrofdagi voqealarni baholash qudrati bor. U it holida hayvonlardek qorni bilan odamlarni baholar va faqat “ Sharik”laqabi unga mosmasligini aytardi. Yana olim Preobrajenskiy o’zining tadqiqiti uchun uni tanlaydi. Bu tadqiqiot insonning gipofoz bezini itga ko’chirib o’tqazish orqali insonga aylanishini tahlil qilinadi. Bu tajriba ilmiy fantastika jihatidan kutilmagan tadqiqotdek ko’rinsa, falsafa tomonidan esa u oddiy emas, balkim sovetcha mafkura natijasida yaratilgan mahluqsifat “dohiylar”ni ko’rsatmoqchi bo’lgandek. O’z huquqlari uchun kurashuvchi Sharikovning kimlarnidir fikri bilan isyon qilishi esa kommumizmning maqsadi bo’lgan bir xil jamiyatdagi bir xil fikrlovchi odamlarni yaratganiga satirik jihatdan kulganday. Buni ko’plab adabiyotshunoslarning Preobrajenskiyning Lenin deb qarashi va uning tarbiyasini olgan va hatto Leninni ham yo’q qilishni ham hohlagan “ Sharikov” – Stalin bo’lganligi aytiladi. Chunki Stalin inson qilishi mumkin bo’lmagan qatag’onlar, dushmanlariga qarshi qattiq terror va xalqini qo’rquvda turuib turgani ham isbot. Ammo yozuvchi asarda Stalinni o’zini qanchalik yaxshi ko’rsatmoqchi bo’lsa-da, baribir hayvonligiga boruvchibir mahluqdek tasvirlaydi. Masalan, oddiy kavush yechadigan joyning inqilobdagi holati bilan o’zining huquqini sharaflagan ammo kambag’allardan jirkangan Lenin obrazini ham ko’rsatgandek.

Mushuklardan qo’rquvchi Sharikov obrazi esa Stalin qo’rqqan o’zgacha fikrlovchilarni mushuk orqali ko’rsatgandek. Bu asar o’zi kitob holatida 137 bet, ammo xuddi Jorj Oruelning “ Molxona”asaridek katta ma’nolarni o’ziga jo qilgan asar. Bulgakovni tushunmoqchi bo’lgan kitobxon avval hikoyalaridan, keyin “ Ityurak” va oxirida hamma tushunishga qiynaladigan “ Usta va Margarita”ni tushunishiga harakat qilishi mumkin. “ Ityurak “ asarida qalbida itdek tabiat saqlanadigan odamlarga oyna ham tutadi. Sharikovning tubanlashishida Filip Filipovich inson tanasi egasining alkash va quruq vadalarni targ’ibotchisi bo’lganligida ham ko’rsatgandek bo’ladi.

Asarning deyarli 62 yil nashrini kutishi ham asarning qanchalik muhim ahamiyatli asarligini ko’rsatib beradi.

Asardagi diqqatimni tortgan iqtiboslar:

-        Har qanday bemor uchun eng muhimi – bir burdagina bo’lsa-da, nimadir yeb olish;

-        Ammo ko’zlar … bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham o’zgarmaydi, adashtira olmaysan. Xuddi barometrga o’xshaydi ular. Ko’zga qarab, odamning qalbida nimalar kechayotganini bilish mumkin, hammasini payqasa bo’ladi: kimning qalbi Sahroyi Kabir singari bo’m – bo’sh, kimdir hech nima yo’q, etigi bilan qovurg’angga nuqib qoladi, ba’zi birovlar esa o’zlaridan o’zlari “pirr’ etgan narsadan qo’rqib yurishadi.

-        Ko’rinib turibdi, hali o’lishimga ancha bor, ruhan taslim bo’lish esa – g’irt gunoh.

-        Odam hech qayoqqa shoshilmasa, hamma narsaga ulguradi.

-        Insonga va hayvonga faqat ishontirish yo’li bilan ta’sir o’tkazish mumkin.

-        Xo’sh, ozodlik deganlari nima o’zi? tutun, sarob, sharpa… Baxtiqaro demokratlarning alahsirashi bu!”

-        Xullas, gipofiz — bu u yoki bu insonning haqiqiy basharasini aks ettiruvchi yopiq kamera!

-        Hujjat — bu dunyoda eng muhim narsa.

-        Agar ovqat hazm qilish tarmoqlaringiz yaxshi ishlab turishini xohlasangiz, ovqat ustida bolshevizm va tibbiyot haqida gaplasha ko’rmang. Ovqat oldidan sovet gazetalarini o’qishdan esa sizni xudoning o’zi asrasin!

P.S. asarning elektronini Tavsiya.uz kanalidan yuklab olishingiz yoki Book.uzga buyurtma berishingiz mumkin.