Shovot tumanidagi 53-sonli maktabda “Kasbim – faxrim” mavzusida tadbir oʻtkazildi
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qoʻllab quvvatlash, ularni kelajakda bilimli va oʻz sohasining mutaxassislari boʻlib tarbiyalanishlarida davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodga psixologik jihatdan motivatsiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 53-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Psixologiya fani oyligida doirasida oʻtkazilgan Kasblar oyligi doirasida “Kasbim – faxrim” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda yosh avlodni kasbga yoʻnaltirish maqsadida turli xil kasb egalari va maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida koʻp yillar davomida bank tizimida va taʼlim tizimida koʻp yillar rahbarlik qilgan tajribali insonlar, pedagoglar, fizik, sport ustalari, tadbirkor, arxitektor, shifokor, fermer, hisobchi, hamda ichki ishlar xodimlari ishtirok etishdi. Kasb egalari oʻz kasb yoʻnalishlari, faoliyati va tajribasi boʻyicha oʻquvchilarga soʻzlab berishdi. Shuningdek, kasb tanlashga intilishi va ularni toʻgʻri yoʻnaltirish maqsadida egallamoqchi boʻlgan kasbiga mehr va sadoqatini uygʻotishdi. Tadbir ishtirokchilari oʻquvchilar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.
Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi va davomiy boʻlishi yoshlarni har tomonlama yetuk va bilimli boʻlishida katta rol oʻynaydi. Yoshlarni ruhlantirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tanlagan kasbiga yoʻnaltirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.