December 9, 2024

DILSHODA ERGASHEVA

1. Adib hayoti haqida.1990-yil 17-oktabrda Fargʻona viloyati Oltariq tumani Chordara qishlogʻida oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan. Qishloqdagi 28-maktabni bitirgan. 1-sheʼri 4-sinfda oʻqigan paytlarida “Davr ovozi” gazetasida chop etilgan. Oilali, 3 nafar farzandning onasi. Hozirda Fargʻona shahrida yashaydi.

2. Adibning faoliyati haqida. 2012-yilda Fargʻona davlat universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. Maktabda, akademik litseyda oʻquvchilarga ona tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 2023-yildan- Yozuvchilar uyushmasining Fargʻona viloyat boʻlimi rahbari lavozimida faoliyat olib boradi.

3. Adib ijodi haqida. 8 yoshidan ijod qiladi. Ijodining asosiy qismi nazmda. Nasr va badiiy publitsistika yoʻnalishida ham asarlari mavjud. “Umid farishtalari”, “Vatan sendan rizo, oʻgʻlim”, “Yurak tortmasi” kitoblari chop etilgan.

4. Adibning eng sara va mashhur asarlari roʻyxati:“Jasoratning qadoq qoʻllari”, “Elning murodi”, “Ulugʻlik xazinasi” badiiy publitsistik maqolalari, “Dada”, “Yoʻllar”, “Singillarimga”, “Onajon” sheʼrlari mashhur.

5. Adibning film (serial, hujjatli film) boʻlgan asarlari: -

6. Adibning qoʻshiq boʻlgan asarlari: - “Onajon” sheʼri isteʼdodli sanʼatkor Farruh NabIYEV tomonidan ijro etilgan.

7. Adibning qanday mukofotlari mavjud: 2008-yil “Kelajak ovozi” Respublika yosh ijodkorlar tanlovida gʻolib boʻlib, oliy oʻquv yurtiga imtixonsiz, grant asosida oʻqishga qabul qilingan. 2021-yilda “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovida gʻolib boʻlgan.2022-yilda Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

8. Adibning soʻnggi chop etilgan kitobi (asari): “Yurak tortmasi” sheʼriy toʻplami

9. Adibning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: “Dilshoda Ergashova” telegram sahifasi

10. Adib hayoti va ijodi haqidagi kitob va ilmiy asarlar: Adabiyotshunoslar Goʻzal Muhammadjonovaning “Dil tarjimoni”, Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning “Isteʼdod mevasi” kabi ilmiy maqolalari matbuotda eʼlon qilingan.