December 9, 2024

RISOLATXON HAYDAROVA

1. Adib hayoti haqida. 1966-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Toshkentdagi 99-maktabni bitirgan. Birinchi hikoyasi 8-sinfda oʻqigan paytlarida (1981-yilda) hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida chop etilgan. Oilali, 2 nafar farzandning onasi. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi.

2. Adibning faoliyati haqida.1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini, keyinroq ushbu universitetning aspiranturasini televidenie va radiojurnalistika yoʻnalishida tamomlagan. Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasida, “Poytaxt” mustaqil radiosi, “Region.uz”, “Uzreport” axborot internet-portallari, “Biznes-vestnik Vostoka”, “Qishloq hayoti”, “Diyor” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallarida turli vazifalarda ishlagan. 2018-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib boradi.

3. Adib ijodi haqida. 14 yoshidan ijod qiladi. Ijodi nasr yoʻnalishida. Adabiyotshunoslik yoʻnalishida ham asarlari mavjud. “Magʻrura”, “Javzo”, “Gʻurgʻurtepada saraton”, “Sebzor” nomli kitoblari nashr etilgan.

4. Adibning eng sara va mashhur asarlari roʻyxati:“Uchinchi bashorat”, “Qurbon hayiti”, “Daraxt meva tukkanda hikoyalari, “Magʻrura”, “Karantin” qissalari, “Javzo” tarixiy romani mashhur.

5. Adibning film (serial, hujjatli film) boʻlgan asarlari: Adibaning ssenariysi asosida MTRK “Yoshlar” telekanalida “Yashashdan bezima!” nomli qisqa metrajli badiiy videofilm, “Umr daftari” seriyasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin hayoti va ijodiga bagʻishlangan 2 qismli hujjatli videofilm suratga olingan.

6. Adibning qanday mukofotlari mavjud: 2021-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

7. Adibning soʻnggi chop etilgan kitobi (asari): “Sebzor” nasriy toʻplami, 20

8. Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari: “Magʻrura” va “Karantin” qissalari rus, qator hikoyalari rus, belorus, qozoq, bolgar tillariga tarjima qilingan.

9. Adib tarjima qilgan asarlar: Rossiya yozuvchilari Ivan Buninning “Xilvat xiyobonlar” hikoyalar turkumi, Aleksandr Soljenitsinning “Ivan Denisovichning bir kuni” qissasi, Belarus yozuvchilari Vladimir Korotkevichning “Koʻhna afsona”, Ales Karlyukevichning “Shuburshun va uning doʻstlari” qissalari, Larisa Rublyovskaya, Oleg Jdan, Ales Badak, Yelena Maslo, Tatyana Dashkevich hikoyalari, Serbiya yozuvchisi Ivo Andrichning “Drina koʻprigi” tarixiy romani, toshkentlik yozuvchi Galina Dolgayaning “Yugurik suvlar qoʻshigʻi” tarixiy romani va “Yerqurgʻon osmonidagi lochin” tarixiy hikoyasi, xorvat yozuvchisi Ranko Marinkovich hikoyalari, shuningdek, ispan, sloven adabiyoti vakillarining qator hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

10. Adib hayoti va ijodi haqidagi kitob va ilmiy asarlar: Adabiyotshunoslar Abdugʻafur Rasulovning “Yoshlarimizda jurʼat bor”, Toʻlqin Eshbekning “Satrlarda Toshkent nafasi” adabiy-tanqidiy maqolalari, Nigora Ashurovaning “Tarixiy asarlarda ayollar obrazi (“Javzo” romani asosida)” nomzodlik dissertatsiyalari eʼlon qilingan.