Eng yaxshi dasturiy ilova
Eng yaxshi dasturiy ilova
Tanlovda faol ishtirok eting
O‘zbek tili alifbosi, imlo qoidalari va asosiy qonuniyatlarni qamrab olgan dasturiy ilovalar yaratish bo‘yicha tanlov
Bunda ishtirokchi O‘zbek tili alifbosi, imlo qoidalari va asosiy qonuniyatlarni qamrab olgan, hamma uchun foydali bo’lgan hamda foydalanish qulay bo’lgan istalgan dasturiy ilova yaratishi talab etiladi.
Dasturiy ilova fuqarolarimiz hamda o’zbek tilini o’rganish istagidagi boshqa fuqarolar uchun o’zbek tili qoidalarini mukammal bilishi, yozishi va so’zlasha olishlari uchun imkon yaratishiga ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq.
Dasturiy ilovalar maqsad va vazifalarini o'z ichiga olgan taqdimot bilan birgalikda rar fayl qilib @juraboyevkomil telegram manziliga yuborish lozim
Dasturiy ishlar joriy yil 27-oktabr soat 17.00 ga qadar yuborish lozim
Ma'lumot uchun @juraboyevkomil telegram manziliga murojaat qilish mumkin