March 18, 2022

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedralari tomonidan Yunusobod tumanidagi mahallalardagi amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida fotolavha

TDYU Mehnat huquqi kafedrasi va Yunusobod tumani Hokim yordamchisi Xojiakbar Egamberdiyev, Yoshlar yetakchisi Jahongir Xamidov, MFY Raisi Miraziz Djalolov bilan hamkorlikda Mahalla yoshlari bilan ishlash bo'yicha chora-tadbidlar rejasi tasdiqlandi. Mahallada TDYU tomonidan tashkil qilingan kutubxonaga kitob, o'quv qo'llanma, risolalar taqdim qilindi.

_____________

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan TDYUda 4-mart kuni bo`lib o`tadigan bayram tadbiri haqidagi ma`lumotlar Qashqar MFY a`zolariga yetkazildi. Bundan tashqari, chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda Milliy gvardiya xodimlari bilan ham hamkorlik yo`lga qo`yildi.

__________________________

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi va Firdavsiy MFY Yoshlar yetakchisi bilan yoshlar bilan ishlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Takliflar ishlab chiqildi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi


________________

Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi kafedra mudiri S.Yusupov va o'qituvchilari Yunusobod tumani "Husniobod" MFY ga tashrif buyirishdi. Tashrif davomida MFY raisi Sh.Shamsiyeva, Mahalla yoshlar yetakchisi E.Achilov va MFY ga biriktirilgan Hokim yordamchisi S.To'xtaxo'jayevlar bilan birgalikda Universitet bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilinib takliflar rejaga solinib taraflar tomonidan imzolandi. Kelajakda kutilayotgan ishlar va ularning natijalari kelishib olindi. Tashrif vaqtida fuqarolarga huquqiy maslahat ham berildi.

_____________________

Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchilari "Astrobod" MFYga tashrif buyurib, MFY, yoshlar yetakchisi va fuqarolik kafedrasi o'rtasida tuzilgan chora-tadbirlar dasturi doirasida ishlar davom ettirilib, keyingi harakatlar haqida kelishib olindi

___________________

Yunusobod tumani “Buyuk Turon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 43-sonli maktabda 17-mart kuni Mehnat huquqi kafedrasi o’qituvchilari D.Murodullayev va N.Yusupovlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Maktab kutubxonasi uchun kitob, o’quv qo’llanma va risolalar taqdim qilindi.

__________________________

2022-yil 17-mart kuni Yunusobod tumani "Firdavsiy" MFYda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti va Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi hamkorlikda shuningdek, tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, madaniyat hodimlari ishtirokida "Navro'z-umumxalq" bayrami keng nishonlandi.

____________________

Yunusobod tumanidagi "Turkqo'rg'on" MFY da Yoshlar bilan ishlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida mahalladagi muammosi bor yoshlarning manzilli ro'yxatini shakllantirish va ularni "Yoshlar daftari" ga kiritish masalasi mahalla raisi va yoshlar yetakchisi ishtirokida ko'rib chiqilib hal etildi. Shuningdek, mahalladagi kam ta'minlangan oilalar vakillari bilan suhbat uyushtirilib, ularni moddiy ta'minlash va ijtimoiy himoyalash yuzasidan mazkur masalaga qonuniy yechim berish yuzasidan mahalla faollariga tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, mahalladagi ishsiz yoshlarni ro'yxatga olish va ularni ish bilan ta'minlash masalasi kelishib olindi.