January 21, 2022

Qisqa muddatli ta’til davomida talabalar o’rtasida o’tkazilgan Munozara debat turniri final bosqichi g'oliblari aniqlandi

Turnir 2 ta bosqichda fakultet va universitet bosqichlari o’tkazildi. Turnir 12-21-yanvar kunlari oralig’ida tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatlarini oshirish hamda bilim darajalari, dunyoqarashlarini kengaytirishni maqsad qilgan.

Turnir doirasida o’yinlarda talabalar jamoaviy (jamoa a’zolari 3 kishidan iborat) tarzda ishtirok etdilar hamda belgilangan mavzu doirasida “tasdiq” va “inkor” pozitsiyalarida o’z fikrlarini himoya qiladilar.

Fakultetlar bosqichlarida 40 dan ortiq jamoalar ishtirok etib, o’z bilim va salohiyatini sinovdan o’tkazishdi.

Turnir o’zbek va rus tillarida bo’lib o’tdi.

Turnirning fakultet bosqichidan 1 va 2 o’rinni qo’lga kiritgan 16 ta jamoa (o’zbek va rus guruhlarida) universitet bosqichida ishtirok etdi.

Universitet bosqichi 19-21-yanvar kunlari bo’lib o’tdi.

Turnir davomida jamoalar quyidagi mavzular doirasida o’z pozitsiyalarini himoya qildilar.

O’zbek guruhlar

“Ilmiy tadqiqotlarda hayvonlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas”

“Elektron kitoblar qog‘ozli kitoblardan yaxshiroq”

“Saylovlarda qatnashish majburiy bo'lishi fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi”

“Nikoh shartnomasi oilalarni saqlab qolinishiga yordam beradi”

“Imtiyozlar berilishi jamiyatda adolatsizlikni buzadi kabi mavzularda o'z pozitsiyalarini himoya qildi.

Rus guruhlar

“Более строгие приговоры снизят уровень преступности”

“Преступное поведение биологически предопределено”

“Книги, спектакли, фильмы должны подвергаться цензуре”

“Oбязательная служба в армии должна быть отменена”

“Bысшее образование должно быть бесплатным”

Final bosqichida o’zbek guruhlari o’rtasida Oqsaroy va Temur avlodlari jamoalari “Romano-germanhuquqtizimianglo-saksonhuquqtizimidanafzal” mavzusida, rus guruhlari o’rtasida OymurodSama va Paradox jamoalari “Молодёжную политику должна делать/вести молодёжь” mavzusida o‘z pozitsiyalarini himoya qildi.

Turnir natijalariga ko'ra jamoalar quyidagi o'rinlarni egalladi:

O'zbek guruhlar o'rtasida:

Rus guruhlar o'rtasida: