TDYUda Navro'z...
Toshkent davlat yuridik universitetida 21-mart Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Assalom, Navro'z - yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi" bayram dasturi bo'lib o'tdi.
Bayram dasturi universitet xodimlarining osh chempionati bilan boshlanib, 11 ta qozonda bir-biridan mazali pishirilgan osh universitet jamoasi tomonidan baholandi.
Bayram dasturidan joy olgan ko'ngilochar dasturlar, go'zal raqs va kuy-qo'shiqlar, milly urf-odatlar asosida tayyorlangan bayram dasturxoni hamda musobaqalar yig'ilganlar ko'ngliga bahoriy xush kayfiyat, birlik va ahillik tuyg'ularini jo qildi.
Tadbir davomida bayram munosabati bilan o'tkazilgan sport turlari bo'yicha spartakiada g'oliblari, osh chempionati g'oliblari, milliy urf-odatlarni eng yaxshi tarannum etgan hamda milliy liboslarni taqdim etgan xodimlar va bayram munosabati bilan o'tkazilgan tanlov g'oliblari munosib rag'batlantirildi.