November 30, 2021

Konstitutsiya bilimdoniman

Tanlov 2021-yil 7-dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Tanlovda ishtirokchilarning Konstitutsiya moddalarini yoddan bilishlari sinovdan o'tkaziladi.

Ishtirok etish uchun konstitutsiya moddalarini yod olish talab etiladi.

Ishtirokchilar tasodifiy raqamlar genaratori orqali tushgan raqam bo'yicha konstitutsiya moddalarini so'zma-so'z yddan aytib berishi lozim. Javob bera olmagan hamda 10 soniyadan ortiq to'xtalish qilgan ishtirokchi o'yinni tark etadi. Ishtirokchilarning Konstitutsiya moddalarini yodlaganini hakamlar hay'ati tomonidan kuzatib boriladi.

Shu ketma ketlikda g'oliblar aniqlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Ishtirok etish istagida bo'lganlar 2021-yil 4-dekabr soat 17.00 ga qadar ro'yxatdan o'tish lozim.

Ro'yxatdan ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish mukin.
Tanlov 2021-yil 7-dekabr kuni 16.00 da 3-bino katta majlislar zalida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilar belgilan vaqtda kelishlari lozim.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun @juraboyevkomil telegram manziliga murojaat qilish mumkin.