March 2, 2022

"Miss yurist" ko'rik-tanlovi ishtirokchilari pazandalik mahorati sinovdan o'tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti talaba-qizlari o'rtasida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Miss yurist" ko'rik-tanlovining 3-sharti o'tkazildi. Mazkur shartda 8 nafar ishtirokchilarning pazandalik mahorati sinovdan o'tkazildi. Ishtirokchilar o'zlarining osh tayyorlash mahoratini namoyon etdi. Ushbu bahor faslining ilk kunida o'tkazilgan tadbir juda qiziqarli, o'yin-kulgularga boy tarzda bo'lib o'tdi.


Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan osh hayat a'zolari hamda universitet rahbariyati tomonidan xolisona baholandi.

Eslatib o'tamiz, tanlovning qolgan shartlari 3-mart kuni bo'lib o'tadi hamda shu kuni tanlovning 3-shartida ishtirokchilar olgan baholar e'lon qilinadi