October 20, 2021

"Ona tilim - millatim, g'ururim-faxrim"

Tanlovda faol ishtirok eting

"Eng yaxshi she'r" ijodiy tanlovi

Bunda ishtirokchilar o'zbek tilini madh etib, uning jozibasi va o'rni haqida ijodiy yondashishlari lozim.

Taqdim etilgan ijodiy ish ta’sirchan va hamma uchun tushunarli, O’zbek tilini keng targ’ib qilish, davlat tiliga nisbatan muhabbatni oshirishga e’tibor qaratilishi zarur.

O’zbek tili qoidalariga rioya etgan holda, orfografik va gramatik xatolarsiz bayon etilishi zarur. Mavzu esa ixtiyoriy tanlanishi mumkin.

She'r matni (A4 o’lchamdagi varaqda va 14 shirfda) 10 kupletdan oshmasligi zarur.

Ijodiy ishlar 2021 yil 27-oktabr soat 16.00 ga qadar @TDYUorganizator telegram manziliga yuborish lozim (soat 9.00 dan 16.00 vaqt oralig'ida yuborilishi lozim).

Batafsil ma'lumot uchun @juraboyevkomil telegram manziliga murojaat qilish mumkin.