🔊Tsul vokal va cholg'u to'garagidan yangi loyiha! TSUL COVER
🎙Siz bo'sh vaqtingizni maroqli o'tkazish va tanlovda ishtirok etishni xoxlaysizmi. Demak TsulCover loyihasi aynan siz uchun! Kuylashga qiziqadigan talabalar uchun yangi imkoniyat. Barcha san'at ixlosmandlarini mazkur tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Tanlov shartlari va ishtirok etish tartibi:
Tanlov uch bosqichda o'tkaziladi.
Birinchi bosqichda, talabgorlar istalgan qo'shiqni o'zgacha talqinda kuylab audio ko'rinishida @DilmurodToshmurodov telegram manziliga yuborishi lozim.
Saralash bosqichidan o'tganlar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniga ega bo'ladi va to'liq sozandalar bilan ta'minlanadi.
Ikkinchi bosqichda, ishtirokchilar estrada xonandalari ismi yashirilgan konvertni tanlaydi va ular ijodidagi bitta qo'shiqni tanlab, cover ko'rinishida ijro etadi. Ushbu bosqichda eng yuqori ball olgan ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etadi.
Uchinchi bosqichda, retro filmlarda ijro etilgan qo'shiq va ashullalardan erkin tanlab olib bittasini cover qilib ijro etadi.
Eslatib o'tamiz, barcha tanlangan qo'shiqlar cover bo'lishi lozim!
Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish istagida bo'lganlar qo'shiqni cover ko'rinishida ijro qilib, audio (mp3) formatda @DilmurodToshmurodov telegram manziliga 24-mart 21:00 gacha yuborishlari lozim.