"Zukko Yurist" tanlovi
#yangi o'zgacha loyiha
#5 muhim tashabbus
🗣 Zukko va kitobxon yurist talabalar diqqatiga!!!
🔎 Siz kutgan yangi loyiha boshlanmoqda.
"Zukko Yurist" tanlovi "Talabalar festivali" doirasida tashkil etilganini malum qilamiz.
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan “Zukko Yurist” tanlovi o'tkaziladi.
"Zukko Yurist" loyihasi 3 shartdan iborat:
▪️1-Shart
Sizning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidan qay darajada xabardor ekanligingizni bilish uchun Asosiy qomusimiz Konstitutsiyamizdan 10 ta savol har bir savol uchun bir balldan jami 10 ball beriladi.
Mantiqiy fikrlash tarzingizni aniqlash uchun 10 ta mantiqiy savol 10 ball beriladi.
Dunyoqarashingiz kengaytirish uchun 3 ta badiiy kitobdan 5 tadan savol beriladi, jami 15 ball bo'ladi.
📖 Adabiyotlar ro'yxati:
1. “Otamdan qolgan dalalar”- Tog'ay Murod
2. “Molxona”- Jorj Ourell
3. “Odam bolish qiyin”- O'lmas Umarbekov
3 ta shart bo'yicha jami to'planadigan ball: 35 ball
⏳ Tanlov Talabalar festivali doirasida 2021-yil 19-noyabrda o'tkaziladi.
Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafardan iborat jamoa shakllantiring va nom tanlab loyiha koordinatori @shohjahon_yurist ga yozib yuboring.
Agar siz turnirda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz, biror jamoa shakllantirishga qiynalayotgan bo'lsangiz, batafsil ma`lumot olish uchun maxsus guruhimiz https://t.me/zukko_yurist ga qo'shiling.
🥇💰🏆 Tanlov g'oliblari festival so'ngida munosib taqdirlanadi.
"Unutmang! Ilmdan o'zga najot yo'q!"
"Zukko Yurist" intellektual loyihasi bo'yicha batafsil ma'lumotlar https://t.me/TDYU_Manaviyat kanali orqali berib boriladi.
📲 Ma'lumot uchun loyiha koordinatori Abdusattorov Shohjahon @shohjahon_yurist