“WISE” turniri
“WISE” turniri Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida “WISE” klubi
doirasida o'tkaziladi.
Turnir o'quv yili davomida chempionat shaklida, festival doirasida esa bir martalik o'yin shaklida o'tkaziladi.
Chempionat 12 turdan iborat bo'ladi.
Har bir tur 2 ta raundda o'tkaziladi. Har bir raundda 12 ta savol o'ynaladi.
Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafardan iborat tarkibda jamoa shakllantiriladi hamda jamoga nom qo'yilib, ishtirokchilar orasidan sardor tayinlanadi. Jamoa a'zolari ixtiyoriy fakultet talabalaridan iborat bo'lishi mumkin (bu magistratura talabalariga ham to'la ta'luqli). Jamoalar soni cheklanmagan. Jamoa a'zolarini shakllantirilayotganda har bir kurs vakillari bo'lishi tavsiya etiladi.
Tur o'yinlari har oyning so'ngi shanbasi kuni universitet Yoshlik kafesida bo'lib
o'tadi. O'yin so'ngida jamoalar qo'lga kiritgan ballar e'lon qilib boriladi.
O'yin avvaldan tayyorlangan savollardan savol-javob shaklida tashkil qilinadi.
O'ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Javobni belilangan qog'ozlarda yozib taqdim etish uchun esa 10 soniya vaqt beriladi. 10 soniyadan keyin taqdim etilgan javoblar qabul qilinmaydi. O'yin paytida ortiqcha buyumlardan foydalangan jamoa o'yindan chetlashtiriladi hamda mazkur o'yinda to'plagan ballari bekor qilinadi.
Jamoalar har bir turda ball yig'ib boradilar. Eng yuqori ball to'plagan jamoa turnir g'olibi sifatida e'lon qilinadi hamda pul mablag'lari bilan rag'batlantiriladi.