Yurist loyihasi haqida
Barcha kerakli modullar, normativ-huquqiy hujjatlar takrorlab olinadi. Bunda yuqori kurslar takrorlab olishsa, quyi kurslar nimadir yangilik o‘rganishadi. Ular bir guruhda vazifa qilib berilgan mavzularni birga muhokama qilishadi, tushunmagan mavzularni bir-biriga tushuntirishadi.
Savollar qanday shakllantiriladi?
Javob: 1-2- va 3-kurslarga o‘tiladigan 2 tadan modul tanlanadi. Demak, umumiy 6 ta modul. Har bir moduldan 3-4 tadan savol tuziladi. Savollar soni 20 ta. Savollar aniq, asosli va mantiqiy bo‘lishi mumkin. Bunday savollarga guruh bo‘lib yozma javob berish uchun 1,2 yoki 3 daqiqa vaqt beriladi. Shuningdek, test ko‘rinishidagi savollar ham mavjud. Bunda bitta savolning o‘zida har 6 ta modul birlashitirilgan. Masalan:
Test. Noto‘g‘ri variantni toping.
A.Jinoyat huquqi.Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazo o‘rniga tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hollarda, uning sudlanganligini keltirib chiqarmaydi.
B.Konstitutsiyaviy huquq.Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 7 ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari.
C.Fuqarolik huquqi.Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi ko‘rsatilmasdan tuzilishi mumkin.
D.Davlat va huquq nazariyasi.Huquqni tushunishda tarixiy yondashuv nazariyasi vakillari huquqning butun tizimi, zinapoya tuzilishiga ega bo‘lib, bu zinapoyaning boshida asosiy huquq normasi turadi va quyi pog‘onasidagi normalar yuqoridagi suveren normadan kelib chiqadi deb hisoblaydilar.
E.Iqtisodiy protsessual huquq.Sud buyrug‘i u berilganidan so‘ng 10 kunlik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
F.Ma’muriy sud ish yurituvi.Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining 1/10 qismidan oshmasligi kerak.
Javob: D. Bu normativlik nazariyasi. (Tarixiy yondashuv nazariyasi xato)
Bunday o‘ziga xos testlar 4-5 ta bo‘lishi mumkin. Shunindek, savollarning shakli, tuzilish uslubi, soni, qiyinlik darajasi va boshqalar o‘zgarib turadi. Qaysi modullar va ularning aynan qaysi mavzulariga, qaysi normativ huquqiy hujjatlarga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi har bir turdan 1 hafta oldin berib qo‘yiladi. Demak, jamoa bo‘lib tayyorgarlik ko‘rish uchun sizda 1 hafta vaqt bo‘ladi.
Jamoalar qanday shakllantiriladi?
2) jamoada 1-2-3-kurslar bo‘lishi kerak. (4-kurslar ham ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin. 4-kurslar jamoa shakllantirayotganda quyi kurslardan ham o‘z jamoalariga talaba jalb qilishga e’tibor berishsin.) Aynan har bir kursdan 2 tadan talaba bo‘lishi shart emas. Muhimi uchala kursdan talaba bo‘lishi kerak.
3)jamoani faqat 3-kurslardan, faqat 2-kurslardan yoki faqat 1-kurslardan iborat qilib shakllantirish mumkin emas.
4) jamoani shakllantirishda Yurist loyihasi guruhi orqali yordam beramiz.
! Yurist loyihasi har ikki haftada bir marta universitet axborot resurs markazida o‘tkaziladi, davomiyligi o‘rtacha 1,5 soat. Har bir turda jamoalarga ball berib boriladi. Turnir o‘quv yili oxirigacha davom etadi. O‘quv yili oxirida eng yuqori ball to‘plagan 3 jamoa aniqlanadi va ular diplom va boshqa munosib sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
ESLATMA: Ushbu loyihaga istalgan o‘zgartirish istalgan vaqtda Yurist loyihasi koordinatori tomonidan kiritilishi mumkin!
Yurist loyihasi guruhida ushbu loyihaga oid barcha muhim xabarlar, har bir turning o‘tkazilish vaqtlari, turnir davomidagi qoidalar, natijalarning qanday hisoblanishi, loyiha savollari va javoblari, testlar, natijalar va boshqalar berib boriladi. Ushbu rasmiy telegram guruh linki: https://t.me/joinchat/Udsx1DdAoSoXZpyX
Yurist loyihasi davomidagi qoidalar:
1) Telefondan foydalanish mumkin emas ❌ ( 40 minutdan so‘ng 5 minut tanaffus beriladi. Shunda bemalol telefondan foydalanib olish mumkin);
2) Kitob, normativ hujjat va shunga o‘xshash istalgan turdagi ma’lumotlardan foydalanish ❌ mumkin emas;
3) Daftardagi ma’lumotlardan foydalanish ❌mumkin emas;
4) qoralama (черновик) dan foydalanish mumkin✅
Eslatma❗️Yuqoridagi qoidalardan hech bo‘lmasa bittasiga amal qilmagan jamoa (yoki jamoadan faqat 1 talaba bo‘lsa ham! ) ning ballari hisoblanib borilmaydi va ularning bergan javoblari tekshirilmasdan, umumiy 0 ball qo‘yiladi.
Savollar soni 20 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball – 20. Har bir savolga 1 yoki 0,5 ball qo‘yiladi.
1) savolga 100 % to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa;
2) ba’zi savollar o‘qilganda ularga qachon 1 ball qo‘yilishi o‘zi aytib ketilgan bo‘lsa.
0,5 ball qo‘yish asosi: ba’zi savollar o‘qilganda ularga qachon 0,5 ball qo‘yilishi o‘zi aytib ketilgan bo‘lsa. Demak, faqat ayrim savollarda 0,5 ball olish imkoni bor.
Shuningdek, istisno holatlar savollar o‘qilganda barchaga ma’lum qilinadi.