November 9, 2021

“Kitobxon yoshlar” tanlovi

“Kitobxon yoshlar” tanlovini tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida

Tanlovning maqsad va vazifalari

Tanlovni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad –yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda shu sohada jonbozlik ko’rsatayotgan yoshlarni rag’batlantirishdan iborat.

Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi.

Kitobxonlik tanlovini uzluksiz o’tkazish orqali talaba yoshlar o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish;

Tanlov orqali kitobxonlik sifatini va unumdorligini oshirish,ular o’rtasida o’zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini yaratish

Tanlovda talabalar yakka tartibda ishtirok etadi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:

1,2,3-o’rin bilan bir qatorda boshqa kitobxonlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida quyidagi nominatsiyalar orqali ular rag’batlantiriladi.

“Eng yaxshi kitobxon”

“Eng yaxshi ijodkor kitobxon”

“Zukko kitobxon”

Tanlovga tavsiya etilgan kitoblar ro’yxati qo'shimcha e'lon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat;

1-shart tavsiya etilgan kitoblarni sharhlash. Bu shart orqali biz kitobxonlarning og’izdagi nutq qobiliyatlarini yuksaltirish va boshqa kitobxonlarga ham shu kitobni targ’ib etishdan iborat.

2-shart tezkor savol-javob. Bu shartda biz kitobda berilgan ma’lumotlarga asoslanib, kitob muallifi haqida, kitobdagi ma’lumotlarga tayangan holda kitobxonning bilim saviyasini sinovdan o’tkazamiz.

3-shart kitobdan olingan bilimlarimizga tayanib yoki kitobdagi biron-bir voqeaga asoslanib,chiqish qilish sharti. Bu shart orqali biz yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bilan bir qatorda ularning yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, jamoa bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishiga ko’maklashgan bo’lamiz.

Tanlov g’oliblari va nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topilganlarga esdalik sovg’alari va maxsus diplom topshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun: Hamroyeva Komila @Komila_HamroyevaTDYU