“Huquqiy savodxonlikka oid qisqa rolik (vayn)lar tanlovi”
Tanlovda faolishtirok eting
Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari – talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ'ibotni yanada kuchaytirishdan iborat.
Videorolik kreativ, mazmundor va ta’sirchan, e’tiborni o’zida jalb eta oladigan shaklda tayyorlanishi kerak.
Vaynlar turli huquqiy jarayonlarni aks ettirilishi kerak. Internetda mavjud videoroliklarni taqdim etgan ishtirokchilarning ishlari qabul qilinmaydi.
Vaynlarni tayyorlashda ishtirokchi o’zining intellektual salohiyatidan foydalanishi, videorolikda ovozlar yoki sahnaviy chiqishlardan foydalansa albatta o’zining ijrosi ham bo’lishi talab etiladi.
Vayn davomiyligi 2 daqiqadan va hajmi 50 mb dan oshmasligi zarur
Vaynlarni @iammirjalolavazbekovich telegram manziliga yuborish lozim
Vaynlar ishlar 13.05.2022-yil soat 17.00 ga qadar yuborish talab etiladi
Batafsil ma'umot uchun: @iammirjalolavazbekovich telegram manziliga murojaat qilish mumkin