November 30, 2021

Konstitutsiya bilimdoni onlayn test tanlovi

Onlayn test tanlovi
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga munosabati bilan o‘tkaziladi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashdan iboratdir.

Tanlov distant.tsul.uz platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tanlov 6-dekabr kuni 19:00 dan 21:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida bo'lib o'tadi.

Tanlovning har bir ishtirokchilariga platforma orqali 30 tadan savol test tarzida taqdim etiladi. Har bir ishtirokchiga 10 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Tanlov natijalari aniqlashda taqdim etilgan javoblarning soni va tezkorligiga ahamiyat beriladi.

Tanlovda faqat Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar platformani kuzatib borishi kerak.

Tanlov natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchilar aniqlab olinadi.
G'oliblar diplom va pul mablag'lari bilan taqdirlanadi.

Ushbu link orqali platformaga kirishingiz mumkin bo'ladi:
http://distant.tsul.uz/course/view.php?id=427&section=1

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Qo'shimcha ma'lumot uchun @QamarbekMusayev