November 2, 2021

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida o'tkaziladigan “Talabalik oltin davrim!” shiori ostida o'tkaziladigan kvest “STEP BY STEP” tanlov Nizomi

Ushbu tanlov Toshkent davlat yuridik universitetida ta'lim olayotgan talabalar orasida
o'tkaziladi.

Umumiy jamoalar soni 10 tani tashkil etadi.

Xar bir jamoada 8 nafardan ishtirokchi ishtirok etadi. Bunda jamoalar o'zlarining topqirliklari, bilim va ko'nikmalari, uddaburonliklarini ishga soladilar. Ulardan mantiq, ona tili, adabiyot, IT, arifmetika, ingliz tili, rus tili, tarix, geografiya, ommaviy huquq, jinoiy huquq, kriminalistikava va san'atshunoslik yo'nalishlari bo'yicha bilimlarga ega bo'lishlari talab qilinadi.


Savollar va belgilangan shartli manzillar 12 tani tashkil etadi. Har bir manzilga universitetning pedogok-xodimlari biriktiriladi va kelgan jamoaga xarita bo'lagida yozilgan kelasi manzilga yo'l olishlari uchun savol va topshiriqlar beriladi. Toki berilgan vazifani bajarmaguncha jamoalarga kelasi shartli manzil nomi yashiringan mantiqiy xarita (yo'llanma) berilmaydi.

Jamoa sardorlari belgilangan ketma-ketlikda haritalar bo'lagini yig'ib boradi. Shartli manzil xaritalarini vazifa bajargan manzilda qoldirib ketish mumkin emas.

Savollarda ko'rsatilgan manzillarni to'g'ri topgan jamoa xaritada belgilangan manzilga yo'l oladi. Qaysi jamoa so'nggi shartli manzilga kelib birinchilardan bo'lib xaritani butun xoliga keltirsa shu jamoa g'olib xisoblanadi.

Belgilangan makonda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga javob bera olmagan
jamoalar 2 marotaba jamoa a'zolaridan birini tashlab ketish huquqiga ega.

Tanlov davomida talabalar qo'l telefonlaridan, transport vositalaridan foydalanishlari
taqiqlanadi.