November 30, 2022

Biznes ombudsman va talabalar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi hamda “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Biznes-ombudsmanning Toshkent davlat yuridik universiteti mutasaddilari va Xususiy huquq fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov so‘zga chiqdi. Vakil talaba-yoshlarni bayram bilan qutlab, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Biznes-ombudsman instituti faoliyatiga atroflicha to‘xtaldi.
Shuningdek uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Ahrorxon Hoshimxonov ham so‘zga chiqib, tadbirkorlarga yaratilayotgan yangidan-yangi imkoniyatlar, ularning faoliyatini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.
Tadbirda universitet ilmiy xodimlari tomonidan bildirilgan takliflar, g‘ayrat va shijoatga to‘la talaba yoshlarning savollari tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir so‘ngida Biznes huquqi bo‘yicha maxsus tashkil etilgan tanlov g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanishdi.