Zukko kitobxon tanlovi
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarida kitob o'qishga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilib kelinayotgan “Zukko kitobxon” tanlovining 1- semestrdagi turniriga start beriladi..
👆Turnir doirasidagi tur o'yinlari har oyda bir marotaba o'tkaziladi va jamoalarga o'qish uchun 3 ta tildagi 7 dona adabiyotlar taqdim etiladi.
1-tur o'yinlari
🗓 2022-yil 22-oktabr
⏰ 11:00 da
📍Yoshlik kafesida bo'lib o'tadi.
✅Mazkur o'yinda sizni ajoyib yangiliklar kutmoqda.
Murojaat uchun loyiha koordinatori @kh_umarova
Turnirda ishtirok etish uchun:
1) 6 nafardan iborat tarkibda jamoa shakllantiring hamda jamoaga nom qo'ying.
Jamoa a'zolari bir fakultet talabalaridan bo'lish shart emas, ammo agar mazkur jamoa g'olib bo'lsa, faqat bitta fakultet nomi diplomda qayd etiladi.
Jamoa a'zolari bir xil kursdan bo'lishi bo'yicha ta'qiq mavjud emas.
Jamoalar soni cheklanmagan. Jamoa a'zolarini shakllantirilayotganda taqdim etilayotgan adabiyotlar tiliga ahamiyat berish maqsadga muvofiq.
2) ishtirokchilar orasidan jamoa sardorini tayinlang;
3) jamoa va fakultet nomi, ishtirokchilar ro'yxati loyiha koordinatori @kh_umarova ga yozib yuboring.
1-tur uchun kitoblar ro'yxati:
O'zbek tilida:
1. O'Genri - Ishbilarmon kishilar
2. Nizomulmulk - "Siyosatnoma" (Siyar ul-muluk)
3. Jorj Oruell - Molxona
4. Ismoil Gasprali - Dorur-rohat musulmonlari
Rus tilida:
1. Артур Конан Дойл - Шерлок Холмс
Этюд в Багровых тонах
Собака Баскервилей
2. Джек Лондон - Мартин Иден
Ingliz tilida:
1.Agatha Christie - Sleeping murder
"Zukko kitobxon" turnirini o'tkazish tartibi
“Zukko kitobxon” turniri Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida “Zukko kitobxon” klubi doirasida o'tkaziladi.
Turnir bir semestr davomida har oyda bir marotaba o'tkaziladi. Har bir turnir davomida 3 ta tur o'yinlari o'tkaziladi.
Turnir o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Har bir turda 7 ta katta va kichik adabiyotlar jamoalarga o'qish uchun taqdim etiladi.
Adabiyotlarning 4 tasi o'zbek tilida, 2 tasi rus tilida hamda 1 tasi ingliz tilida tanlanib ishtirokchilarga taqdim etiladi.
Jamoalarga adabiyotlar bir oy oldin e'lon qilinadi. Tur o'yinlari har oy tanlangan
shanba kuni universitet Yoshlik kafesida bo'lib o'tadi.
1-tur o'yinlari so'ngida keyingi tur uchun o'ynaladigan adabiyotlar ro'yxati e'lon qilib boriladi. O'yin e'lon qilingan adabiyotlar ichidan tayyorlangan savollardan savol-javob shaklida tashkil qilinadi.
O'yin maydoni markazi joylashgan baraban atrofida adabiyotlar joylashtiriladi hamda baraban ko'rsatkichi qaysi adabiyotni tanlasa shu adabiyotdan savollar o'qib eshittiriladi.
O'ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Javobni belgilangan qog'ozlarda yozib taqdim etish uchun esa 10 soniya vaqt beriladi.
10 soniyadan keyin taqdim etilgan javoblar qabul qilinmaydi.
Jamoalarning xolislikka rioya qilayotganliklari nazoratchilar tomonidan nazorat qilinadi. O'yin paytida ortiqcha buyumlardan foydalangan jamoa o'yindan chetlashtiriladi hamda mazkur o'yinda to'plagan ballari bekor qilinadi.
3-turning so'nggiga qadar eng yuqori ball to'plagan jamoa turnir g'olibi sifatida e'lon qilinadi hamda universitetning maxsus sovg'asi bilan rag'batlantiriladi.
Shu bilan birga 2 va 3 o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar ham rag'batlantiriladi.