October 7, 2023

Besh tashabbus olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023-yil mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishga bagʻishlangan yigʻilishning 22-son bayoni (№05-21/1-771 31.03.2023y.) ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida “Besh tashabbus olimpiadasining” doirasida ommaviy sport va Intellektual olimpiadaning universitet talabalari o’rtasida o’tkazish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari va Intellektual olimpiada tanlovlarining universitet bosqichi o'tkazildi. Olimpiada doirasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennis, stritbol, yengil atletika turlari bo’yicha musobaqa va intellektual olimpiada bo’yicha “Zakovat intellektual turniri, shashka va shaxmat bo’yicha musobaqa, Quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovining universitet bosqichlari o'tkazildi.

Toshkent davlat yuridik universitetida o’tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” da universitetning 1000 nafarga yaqin talabalari tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, o’z iqtidorlarini namoyon etdi.

Joriy yil 6-oktabr kuni poytaxtdagi "Yoshlar ijod saroyida mazkur tanlov va musobaqalarning universitet bosqichida ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Quyidagi jamoalar va talabalar taqdirlandi:

Mini futbol
1-o'rin -Xususiy huquq fakulteti jamoasi;
2-o'rin - Ommaviy huquq fakulteti jamoasi;
3-o'rin - Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi qo'lga kiritdi

Shaxmat
1-o'rin Sharipov Shahriyor Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi;
2-o'rin Bozorov Mingboy Ommaviy huquq fakulteti talabasi;
3-o'rin Xamidullayev Shoxrux Xususiy huquq fakulteti talabasi

Qizlar o'rtasida:
1-o'rin Ibodova Gulsanam;
2-o'rin Ummatova Iqboloy

Shashka
O'g'il bollar :
1-o'rin - Axmatov Doston Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi;
2-o'rin - Xudoyberdiyev Javlonbek Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi;
3-o'rin - Payzillayev Zafarbek Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi.

Qizlar :
1-o'rin -Ergasheva Gulhayo Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi;
2-o'rin - Shukurjonova Mushtariybegim Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi;
3-o'rinni - Turabova Zilola Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi.

Voleybol sport musobaqasi
O'g'il bollar jamoasi:
1-o'rin -Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti jamoasi;
2-o'rin - Ommaviy huquq fakulteti jamoasi;
3-o'rinni - Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi qo'lga kiritdi.

Qizlar jamoasi:
1-o'rin -Xususiy huquq fakulteti jamoasi;
2-o'rin - Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi;
3-o'rinni - Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti jamoasi qo'lga kiritdi.

Stol tennis
1-o'rin Egamberdiyev Umid
2-o'rin Umarov Diyor
3-o'rin Eshmanov Sardor

Qizlar o'rtasida:
1-o'rin Asadova Maftuna
2-o'rin Maxmudova Feruza
3-o'rin Jadegerova Lola

Stritbol musobaqasi
1-o'rin Ommaviy huquq fakulteti jamoasi
2-o'rin Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti jamoasi
3-o'rin Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi

Zakovat intellektual turniri
1-o'rin Satisfaction jamoasi
2-o'rin Iceberg jamoasi
3-o'rin La ca de papel jamoasi

Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovi:

1-o'rin Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi;

2-o'rin Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti jamoasi

3-Ommaviy huquq fakulteti jamoasi

Jarayon fotolavhalari