November 17, 2021

Talabalar festivalida QUEST STEP by STEP tanlovi o'tkazildi

Navbatdagi Festival ham talaba yoshlarning sevimli bayrami 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan 2021-yil 15-19 noyabr kunlari Talabalar hayotida 5 muhim tashabbus shiori ostida bo'lib o'tmoqda.

Festival doirasida 11 ta loyiha va tanlovlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mana bugun festivalning 3-kuni. Talabalarimiz Toshkent hayvonot bog'ida. Bu yerda Toshkent hayvonot bog'i hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida barcha talabalar orziqib kutadigan ajoyib loyiha Quest step by step intellektual-sarguzashtli va sog'lamlashtiruvchi tanlovi bo'lib o'tmoqda.

Hayvonot bog'i hamda universitet mas'ullari talabalar uchun bir-biridan ajoyib sarguzashtlar hozirlab qo'ygan edilar. Bu gal ularga hayvonot bog'idagi bir-biridan ajoyib jonzodlar hamrohlik qilishdi.

Hayvonot bog'i bo'ylab 12 ta yo'nalishga xaritaning sirli kalitlari joylashtirilgan. 8 nafardan a'zoga ega 10 ta jamoaning topqir yigit va qizlari sinovli jarayonlarga dosh berib bilim va tayyorgarliklarini sinovdan o'tkazishadi. Ularni tarix, huquq, geografiya, biologiya, mantiq, axborot texnologiyalari, chet tili va boshqa yo'nalishlar bo'yicha sinovli vaziyatlar kutib turibti.

Ular hattoki hayvonolar bilan ham til topishlariga to'g'ri kelmoqda.

Nima ham deymiz, barcha jamoalarga astoydil harakat qilishdi!

QUEST G'oliblari

QUEST STEP BY STEP tanlovida 1-o'rinni qo'lga kiritgan FENIKS jamoasi
QUEST STEP BY STEP tanlovida 2-o'rinni qo'lga kiritgan EXTREME jamoasi
QUEST STEP BY STEP tanlovida 3-o'rinni qo'lga kiritgan GENTELMEN jamoasi