February 18, 2022

📢 Munozara turniri yangi formatda

#Munozara
#Debate
#klublarfaoliyati

⚡️⚡️⚡️Munozara turniri yangicha formatda...

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida o'tkazilib kelinayotgan Munozara turniri yangi tartibda bo'lib o'tadi.

👍Munozara turniri endi har bir akademik guruhlar o'rtasida bo'lib o'tadi.

3️⃣Turnir 3 ta bosqichda o'tkaziladi.
⏺Birinchi (guruhlararo) bosqichi. Mazkur bosqich har yili oktyabr–dekabr oylari davomida o‘tkaziladi. Mazkur bosqichda kurslar kesimida barcha akademik guruhlar ishtirok etadi. Har bir guruhdan bittadan jamoa shakllantiriladi.

↪️Dastavval fakultetlarda mavjud kurslardagi akademik guruhlar jamoalari o‘rtasida saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichlarida natijalariga ko‘ra har bir kursdan 1 tadan go‘lib bo‘lgan jamoalar tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

⏺Ikkinchi (fakultet) bosqichi. Ushbu bosqich turnirning kurs bosqichlaridagi saralash o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.2-bosqichi fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar turnirning universitet bosqichida ishtirok etadi.

⏺Uchinchi (Universitet) bosqichi. Bunda fakultet bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa ishtirok etadi. Turnirning universitet bosqichi har yili mart oyi davomida bo‘lib o‘tadi.

↪️Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari fakultet dekanlari mas’ulligi ostida dekanatlar tomonidan o‘tkaziladi hamda mazkur bosqichlarni o‘tkazish uchun fakultet ishchi guruhlari, hakamlar hay’ati tarkibi, saralash o‘yinlari jadvali shakllantiriladi va fakultet dekanlari tomonidan tasdiqlanadi.

✅Jamoa a’zolari uch nafar notiqdan iborat bo‘ladi. Jamoa a’zolarining barchasi bitta akademik guruhda tahsil olishi talab etiladi.

📝Jamoaga shartli nom tanlanadi va unga jamoa a’zolaridan biri sardorlik qiladi.

🔄Turnir bosqichlarida jamoa a’zolari zaruratga ko‘ra aynan shu guruhda tahsil oladigan talabalalar bilan almashtirilishi mumkin

🎉Turnirda (o‘zbek va rus guruhlarida alohida-alohida) 1, 2 va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar darajali diplomlar bilan hamda quyidagicha tartibda moddiy rag‘batlantiriladi:
🏆-o‘rin 3 000 000 so‘m;
🥈-o‘rin 2 500 000 so‘m;
🥉-o‘rin 2 000 000 so‘m;

Turnirning saralash bosqichi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun biriktirilgan tyutorlarga murojaat qilish mumkin.

Quyida turnir nizomi bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi