November 30, 2022

“Ustozlarni ulug'lagan yurtning kelajagi buyukdir”

Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan faxriy ustozlarimiz respublikada chet tillarning o’qitish metodikasi bo’yicha olim, professor 1998- 2013 yillar Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan marhum Sattarov Tojimat Qodirovichning 75 yilligi hamda Xorijiy tillar kafedrasining mehribon, yuqori malakali ustoz Azizova Zamira Xayretdinova 70 yillik yubileylariga bag'ishlab “USTOZLARNI ULUG’LAGAN YURTNING KELAJAGI BUYUKDIR” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirga TDYU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori - A.Xashimxonov, TDYU Faxriylar kengashi raisi H.Boboev, Marhum ustoz T.Q.Sattarovning turmush o’rtog’i F.Sattarova qizi Saodat Sattarova va nabiralari, shuningdek, 70 yoshni qarshilagan Azizova Zamira Hayretdinovna,TDIU professori A.Qo’chqorov, faxriy ustoz Raxima Muhammadjonova, TDQU kata o’qituvchisi F.Egamberdiev TDYU Kasaba uyushma raisi M.O’razaliev, Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi mudiri K.Xakimov tashrif buyurdilar.

Tadbirda Sattarov xotirasiga bagishlangan kafedra tomonidan tayorlangan videorolik va Tojikiston Ho’jand davlat universiteti f.f.doktori. professor Azimova Matluba Nuritdinovna tomonidan T. Sattarov xotirasiga bag'ishlangan video tabrigi ko'rsatildi.

Tadbir qiziqarli va xotiralarga boy bo’ldi.